4 kazus toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan O. Maxkamova tuman xokimiyatiga murojaat qilib, 2022 yilda davlat budjetiga mablag‘lar
Davlat krediti turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 153.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Moliya oraliq nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Davlat krediti va bank krediti o‘rtasidagi o‘zaro farqlarni taxlil qiling.
2. Davlat krediti turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Davlat krediti bir necha belgilarga qarab tasniflanadi: Emitentlar bo’yicha: 1. markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashtirilgan qarzlar; 2. hududiy boshqaruv organilar tomonidan joylashtirilgan qarzlar; Joylashtirilish joyiga qarab: 1. ichki qarzlar; 2. tashqi qarzlar; Bozorda muomila qilishiga ya’ni aylanishiga qarab: 1. bozorli qarzlar; 2. nobozor qarzlar. Mablag’larni jalb qilish muddatiga ko’ra: 1. qisqa muddatli ( bir yilgacha qaytarish muddati bilan); 2. o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha); 3. uzoq muddatli (besh yil va undan yuqori) Qarziy majburiyatlarning ta’minlanganligiga qarab: 1. garovli; 2. garovsiz; To’lanadigan daromadning xarakteri bo’yicha: 1. yutuqli qarziy majburiyatlar; 2. foizli qarziy majburiyatlar; 4 3. nol kuponli qarziy majburiyatlar hisoblanadi. Davlat krediti joylashtirgan joyi bo’yicha yuqorida aytganimizdek ikkiga: ichki qarzlar va tashqi qarzlarga bo’linadi. Davlatning qarzlari ko’paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida munosabatlarda ishtirok etadi. Natijada ichki va tashqi qarzlarga ehtiyoj seziladi. Ichki qarzlar aholiga davlat zayomlari, obligatsiyalarini sotish bilan jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz olish natijasida yuzaga kelsa, chet davlatlardan olingan kreditlar hisobidan esa tashqi davlat qarzi paydo boʻladi. 3. Davlat krediti va bank krediti o‘rtasidagi o‘zaro farqlarni taxlil qiling. Ushbu savolga to`xtalib o`tishdan avval, bank krediti nima degan savolni aniqlashtirib olmoqchiman.. Bank krediti - banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun kapital berishi hisoblanadi. Banklar qaytarishlik, bank foiz toʻlovi va muddatlilik shartlarida oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlar hisobidan kreditlar beradi. 5 Bank kreditining davlat kreditidan bir qancha jihatlarda farqlash mumkin. Davlat krediti bo’yicha munosabatlarda, davlat yuqoriroq o’rinda turadi va ushbu munosabatlarda qarz oluvchi sifatida qatnashib, kredit shartlarini bir tomonlama belgilaydi. Bir so’z bilan aytganda ushbu munosabatlarda tomonlarda tenglik yo’q. Bank huquqida esa tomonlar teng huquqli va ularning munosabatlari bank krediti shartnomasi orqali tartibga solinadi. Shuningdek, davlat krediti va bank krediti o’rtasida quyidagi farqlar ham mavjud: Subyektlarga ko’ra: Davlat kreditida – davlat, tijorat banklari, xo’jalik yurituvchi subyektlar, aholi Bank kreditida- tijorat banklari, xo’jalik yurituvchi subyektlar, aholi. Foydalanish maqsadiga ko’ra: Davlat kreditida- davlat tomonidan kredit yordamida olingan pul mablag’lari maxsus maqsad uchun belgilanmagan bo’lib, xalq xo’jaligining umumiy ehtiyojlari 4 Olimjonov. O.O, Malikov. T.S. Moliya Darslik “iqtisod Moliya”, 2019. 5 https://uz.wikipedia.org/wiki/Bank_krediti va ijtimoiy- madaniy chora-tadbirlar uchun foydalaniladi yoki byudjet taqchilligi mavjud bo’lgan holda, davlat xarajatlarini o’z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlaydi. Bank kreditida- xo’jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxlar tomonidan turli maqsadlarda olinishi mumkin. Kredit foizining asosiy manbalari bo’yicha: Davlat kreditida- Byudjetning daromadlari va mablag’lari Bank kreditida- xo’jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslar foydasi. Xulosa qilib aytganda, davlat krediti davlatga mablag’ zarur bo’lganda va byudjet taqchilligi yuz berganda yuridik va jismoniy shaxslardan olinsa, bank krediti yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zarur bo’lgan paytda banklardan olinadi. Download 153.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling