4 kazus toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan O. Maxkamova tuman xokimiyatiga murojaat qilib, 2022 yilda davlat budjetiga mablag‘lar


 Mazkur muammoli vaziyatdan kelib chiqib davlat obligatsiyalarini


Download 153.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi153.34 Kb.
#1605114
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliya oraliq nazorat

4. Mazkur muammoli vaziyatdan kelib chiqib davlat obligatsiyalarini
jismoniy shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishini taxlil qiling.
Ushbu savolga to’xtalishdan avval, obligatsiya nima ekanligini aniqlashtirib
olmoqchiman. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 96- moddasida
qimmatli qog’oz sifatida obligatsiya ham sanab o’tilgan. “Qimmatli qog’ozlar
bozori to’g’risida”gi qonunining 3- moddasida obligatsiya tushunchasiga ta’rif
berilgan. Unga ko’ra, obligatsiya — obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning
nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan
shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning
nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa
mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, obligatsiyani saqlovchi shaxs uni chiqargan shaxsdan
obligatsiyani belgilangan muddatda va qiymatda olish huquqini tasdiqlovchi
qimmatli qog’oz hisoblanadi. Markaziy bank obligatsiyalari pul-kredit siyosati
instrumenti bo‘lib, foiz stavkalarini tartibga solish va tijorat banklarida mavjud
ortiqcha likvidlilikni nisbatan uzoqroq muddatga jalb etish maqsadida chiqariladi.
6
Endi ushbu obligatsiyalar jismoniy shaxlar tomonidan realizatsiya qilinishi
mumkin yoki yo’qligi haqida so`z yuritsak. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining 2002- yil 16- maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan obligatsiyalarini chiqarilishi va
muomalasi to‘g‘risida”gi qarorida aynan jismoniy shaxslar tomonidan
6
https://cbu.uz/uz/press_center/expert-explanation/121590/


obligatsiyalarni realizatsiya qilish haqida gap borgan. Ushbu qaror nizomining 3-
bob (17-23-bandlari)da obligatsiyalarni realizatsiya qilish tartibi keltirilgan. Unga
ko’ra obligatsiyalarni sotishda bank-agent xodimi mijozdan qanday qiymatdagi
obligatsiyalarni sotib olmoqchi ekanligini aniqlaydi va obligatsiyani belgilangan
tartibda rasmiylashtiradi. Obligatsiyaning tegishli qismi va uning koreshogidagi
rekvizitlarni to‘ldiradi. Shundan keyin, bank-agent xodimi obligatsiyalarni sotish
vedomostida sotilgan obligatsiyalar qiymatini yozadi va rasmiylashtirilgan
obligatsiyani hisobchiga topshiradi. Hisobchi esa rasmiylashtirilgan obligatsiyani
olib mijozdan pullarni qabul qilib oladi, obligatsiyaning koreshogiga shtamp
bosadi, koreshokni yirtadi va obligatsiyani mijozga beradi. Sotilgan kundan keyin
uch ish kunida bank-agent obligatsiyani sotishdan tushgan pullarni Markaziy bank
hisobiga o‘tkazadi. Jismoniy shaxslar tomonidan obligatsiyalarni realizatsiya qilish
tartibi yuqoridagi ko’rinishda amalga oshiriladi. Ammo, kazusdagi voqealar 2022 –
yilda bo’lmoqda. Yuqorida ko’rib o’tgan qarorimiz esa 2020- yil 16- sentabrda o’z
kuchini yo’qotgan. Agar voqealar 2020- yildan oldin yuz berganida
obligatsiyalarni realizatsiya qilish tartibi yuqoridagi asoslar bo’yicha amalga
oshirilgan bo’lar edi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirda obligatsiyalar realizatsiyasini tartibga
soluvchi yangi normativ- huquqiy hujjat kuchga kirmagan. Agar kazusdagi
voqealar 2020- yildan oldin yuz berganida realizatsiya qilish tartibi yuqoridagi
nizom asosida amalga oshirilgan bo’lar edi.

Download 153.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling