4-kurs 719-guruh 8-simestir Fan oqituvchisi Tuzuvchi: D. Suvonov


Download 392.21 Kb.
bet5/17
Sana30.04.2023
Hajmi392.21 Kb.
#1405565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdulla Qodiriy

Said Ahmad
Oʻzbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad (Husanxoʻjayev) 1920 yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. 1939 yili oʻrta maktabni, 1941 yili esa oliy oʻquv yurtini tugatdi.
Said Ahmad dastlab “Mushtum” jurnalida, Oʻzbekiston radiokomitetida (1942–1943), hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida (1942–1947), “Sharq yulduzi” jurnalida (1948–1950) ishlagan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami “Tortiq” 1940 yilda nashr etiladi. Urush va urushdan keyingi yillarda Said Ahmad koʻplab felyeton, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning “Er yurak” (1942), “Fargʻona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi toʻplamlari nashr etilgan. U “Xazina”, “Hayqiriq”, “Rahmat, azizlarim” kabi hikoyalarida Ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulugʻlaydi. Adib hikoyalardan asta-sekin yirik polotnolar yaratishga oʻtdi. 1949 yilda chop etilgan “Qadrdon dalalar” va “Hukm” (1958) qissalaridan keyin yaratgan “Ufq” (1964) trilogiyasida urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida bahs yuritadi. “Jimjitlik” (1988) romanida turgʻunlik davri illatlari fosh etiladi. Soʻnggi yillarda u Oybek, Gʻ. Gʻulom, A. Qahhor, M. Shayxzoda, Shuhrat, Mirtemir va S. Zunnunovalar haqida xotira-yodnomalar yozdi.
Said Ahmad dramaturg sifatida ham tanilgan. U “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Kuyov” kabi sahna asarlarining muallifidir.
Said Ahmad ham 50-yillarda kechgan qatagʻon toʻlqiniga duchor boʻlgan, qamoq azoblarini tortgan ijodkordir. U “aksilshoʻraviy millatchilar guruhi aʼzosi, zararli gʻoyalar targʻibotchisi” sifatida ayblanib, Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyati, Jezqazgʻan lagerida qamoqda boʻladi. Uning “Qorakoʻz majnun” (2002) hikoyalar toʻplami bu haqdagi achchiq haqiqatni roʻy-rost ifodalaydi. Adibning “Yoʻqotganlarim va topganlarim”, uch jildlik “Saylanma”si, “Qorakoʻz majnun”, “Kiprikdagi tong” toʻplamiga kirgan bir qator qissa va hikoyalari istiqlol yillarida uning zavq-shavq bilan ijod etganidan shahodat beradi. Adibning koʻpgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga tarjima qilingan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad bir qator davlat mukofotlari sohibidir. Xususan, mustaqillik yillarida u “Doʻstlik” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlandi. “Oʻzbekiston Qahramoni” degan yuksak unvonga ham sazovor boʻldi.
«QORAKO‘Z MAJNUN» HIKOYASI HAQIDA
«Qorako‘z majnun» Said Ahmadning mustaqillik yillarida yozgan eng yaxshi hikoyalari sirasiga kiradi. Hikoya voqeasi juda murakkab emas. Keksayib qolgan Saodat aya bir necha o‘n yillar dan beri harbiyga ketib, o‘sha tomonalarda uylanib, bola- chaqali bo‘lgan o‘g‘li Bo‘rixonni kutadi. Xu doning ber-gan kuni sahar namozida uni eslaydi. Saodat aya tabiatida o‘zbekning chin muslima buvilariga xos bu dunyosini ham, u dunyosini ham o‘ylashdek mulo- hazakorlik mujassam. O‘g‘lining xabarini nevarasi Anvardan eshitgan kampir mulzam bo‘ladi. Adib kampirdagi bu o‘zga- rishni: «Birovga so‘zini bermaydigan errayim kampir ning shoxi sindi, ostona hatlamay uyda muqim o‘tirib qoldi», de-gan tarzda bayon qiladi. Kunlarning birida Saodat aya iti Qorako‘z bilan qizining uyiga qarab yo‘lga chiqadi. Ularning borish va kelish jarayo-niga diqqat qarating. Yo‘l bo‘yi adib itning har bir harakati, qiliqlari, sakrashi, shamoldek yelishi, xursandlig-u xafagar- chiligi, deylik, «bir qulog‘ini dikkaytirib, bittasini shalpaytirib erkalik» qilishlarini, yo‘lda uchragan mushuklarni «tiraqayla- tib quvishi», «daraxtlardagi musichalarga irg‘ishlab» akillashi kabi holatlarni – barcha-barchasini mahorat bilan tasvirlaydi. Kampir itini o‘z uyining bir a’zosidek e’zozlaydi. Shuning uchun ham u itiga qarab: «Abdumalik akangnikiga boramizmi, Dilbar opangnikigami? Dilbar opang domda turadi. Itdan ha-zar qiladi. Seni uyiga kiritmaydi. Endi nima qilamiz? Mayli, shunikiga boraylik. Yotib qolmaymiz. Chiqqunimcha hovlida bolalar bilan o‘ynab turasan», – deb bemalol gapiradi. Yo‘l bo‘yi Saodat kampir iti bilan shu zaylda suhbatlashib bora va suhbatlashib iziga qaytadi. Qaytsa, uyida uni g‘aroyib bir yangilik kutib turadi. Bo‘rixon kelibdi, ya’ni kampirning «g‘oyiblari hozir» bo‘lib- di. Bu yangilik «Saodat ayaning yillab qalbida qalashib yot- gan g‘uborlarini» tarqatishi, «ko‘ksidan tog‘dek bosib yotgan armonlarni» ushatishi lozim edi. Biroq voqelik o‘zgacha tus oladi. Ona va bola uchrashuvi... Qiziq, bu jarayonda it ne- gadir bezovta, u nimanidir sezadi; shu bois «notanish odam-ga g‘ashlik qilib tinmay irillaydi». Ona bag‘rida Bo‘rixon begonaga o‘xshaydi. Chunki «undan aroq va sham yoqil- gan uyning hidi kelardi». Xursandchilikdagi ona avval bunga e’tibor bermaydi. Sekin-asta o‘g‘li Bo‘rixonning ota-bobolari e’tiqod qilgan islom dinidan qaytib, boshqa dinni qabul qil-gani ma’lum bo‘ladi. Ona uchun din-diyonat, milliy-diniy qadriyatlar, el-yurt-chilik har narsadan ustun turadi. Shuning uchun Bo‘rixondan ko‘ngli soviydi, uni yo‘qlikka topshiradi; ketar mahali un-dan yuz o‘giradi. Endi ona sahar namozida o‘g‘lini eslamay qo‘yadi. Hikoyada Saodat ayaning go‘zal yoshlik pallalari, Bo‘ri-xonning tug‘ilishi va uning boshqa yurtlarda yurib onasi ko‘nglini o‘ksitgan noxush qilmishlarining mo‘jaz tarixi ba-yon qilinadi. Vafot etar mahalida ham Saodat ayaning hayot mazmunini, bu dunyoga kelish va ketish hodisasini juda tabiiy – muslimo-na angla gani farzandlari hamda nevaralarini chaqirib, ularga qilgan vasiyatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Albatta, hikoyani o‘qish mobaynida sarlavhadagi Qorako‘z majnu n nima ekanini bilib oldingiz. Ha, bu o‘sha, yozuvchi mehr bilan ta’riflagan «kichkinagina, belida belbog‘dek ikki- ta – biri qora, biri jigarrang chizig‘i bor», «tumshug‘i bilan ikki ko‘zi qop-qora, bir ko‘zining tepasida to‘mtoq qoshi bor» it. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, hikoyaning boshidan oxirigacha yozuvchi Qorako‘zni Saodat kampirga doimiy ham- rohlikda tasvirlaydi. Vafodor it Saodat kampir bilan deyarli bir xil kayfiyatda: xafa bo‘lsa xafa, xursand bo‘lsa xursand, kampir o‘yga cho‘msa, u ham o‘y surgandek bir nafas tin-chiydi. Garchand kampirni sog‘intirgan bo‘lsa ham, Bo‘rixon itdan ko‘ra Saodat ayaga begonaroqdir. Hikoyada Saodat kampir vafotidan so‘ng yozuvchi ham Qorako‘zning ruhiyatini siz o‘quvchilarga anglatish maqsadida o‘tkir qalami bilan uning qora ko‘zlariga ikki tomchi yoshni chizib qo‘yadi. Hikoya oxiridagi Qorako‘z majnunning o‘limi o‘quvchini mahzun qiladi. Hikoya boshida Qur’oni karimning «Baqara» surasidan
oyat epigraf sifatida keltiriladi. Bu ko‘chirmalar aynan hi- koyadagi Bo‘rixon obraziga taalluqli ekanini hech qiynalmas-dan ilg‘ab olish mumkin. As’hobi kahf to‘g‘risidagi hadisi sharif esa hikoyada xuddi ongli va oqil insondek tasvirlangan Qorako‘z majnunga taalluqli, albatta. Hikoyada juda katta ma’no-mazmun jamlangan. O‘zbe kona urf-odatlar qadri noloyiq bir farzandning qilmishlarini ko‘rsatish orqali ta’kidlanadi. To‘g‘risi, itning vafosi bir o‘g‘ilning ona ko‘nglini vayron qilishiga nisbatan yuksak ma’naviy martaba- larda turishi hamma vaqt ulug‘vorlik kasb etadi.
Oʻtkir Hoshimov (1941-2013)
Oʻtkir Hoshimov 1941 yil Toshkent viloyatining Zangiota (hozirgi Chilonzor) tumanidagi Doʻmbiravot mavzeida tugʻildi. Oʻ. Hoshimov mehnat faoliyatini erta boshladi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika kulliyotida oʻqish bilan baravar gazeta tahririyatida ishladi. 1959 yildan 1963 yilgacha “Temiryoʻlchi”, “Qizil Oʻzbekiston”, “Transportniy rabochiy”
gazetalarida xat tashuvchi, mussaxhih, tarjimon boʻlib ishladi. Soʻng “Toshkent haqiqati” gazetasida adabiy xodim (1963–1966), “Toshkent oqshomi” gazetasida boʻlim mudiri (1966–1982), Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari (1982–1985) boʻldi. 1985–1995 yillarda “Sharq yulduzi” jurnaliga bosh muharrirlik qildi. 1995 yildan 2005 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi lavozimida ishladi. 2005 yildan “Teatr“ jurnalida bosh muharrir boʻlib ishladi. Shu paytgacha yozuvchining “Poʻlat
chavandoz” (1962), “Gunafsha” (1965), “Odamlar nima derkin…” (1966), “Bir
tomchi shudring” (1970), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Den motiʼlka”, (1971),
“Qalbingga quloq sol” (1973), “Uzun kechalar” (1975), “Nimadir boʻldi” (1975),
“Yer farzandimiz”, “Nur borki, soya bor” (1977), “Quyosh tarozisi” (1980), “Mashina sotaman”(1981), “Dunyoning ishlari” (1982), “Yalpiz somsa”(1983), “Oq
kamalak”(1984”, “Sirli yulduz” (1985), “Ikki eshik orasi” (1986), “Xazina”, “Ikki karra ikki besh”(1987), “Notanish orol” (1990), “Iztirob” (1991), “Daftar
hoshiyasidagi bitiklar” (2008) va boshqa kitoblari nashr etilgan. 1995–2004 yillari 1-, 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati, Oliy Majlis Matbuot va
axborot qoʻmitasi raisi boʻlgan. 1986 yili Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti loyiq topilib, 1996 yili “Mehnat shuhrati”, 2001 yili “Buyuk xizmatlari uchun ordenlari bilan mukofotlangan. Adib 2013 yil 24 may kuni 72 yoshida vafot etdi.

Download 392.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling