4-kurs guruh talabasi ning amaliyot daftari toshkent-2023


Budjetning joriy xarajatlari


Download 323.74 Kb.
bet4/11
Sana24.06.2023
Hajmi323.74 Kb.
#1653105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Sharipov Fayzulla

Budjetning joriy xarajatlari – budjet xarajatlarining bir qismi bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining, mahalliy o‘z-o‘zini boshqa rish organlarining, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga, davlat tomonidan quyi pog‘onadagi budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoq lariga mablag‘ ajratish, dotatsiyalar, 
subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko‘rsatish uchun ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari – budjet xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassa salarga investitsiyalar uchun mo‘ljallangan xarajatlar kiradi. Bu xarajatlar investitsiya maqsadlari uchun budjet kre ditlari tarzida beriladigan mablag‘lar, kapital ta’mirlash xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iborat.


Aylanma kassa mablag‘i — moliya yilida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida turgan budjet mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori;
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi — budjet tashkilotining yoki budjet mablag‘lari oluvchining xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar amal qiladigan hujjat bo‘lib, unda qonunchilikdagi o‘zgartirishlar hisobga olingan holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar har oy uchun aks ettiriladi.
Davlat byudjeti xarajatlari ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- ijtimoiy sohaga qilinadigan xarajatlar;
- xalq xo‘jaligini rivojlantirishga qilinadigan xarajatlari;
- mudofaa xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa xarajatlar.
Davlat byudjeti mablag‘larining bir qismi mamlakatning mudofaa qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, uning moliyaviy imkoniyatlari va halqaro vaziyatga ham bog‘liq bo‘ladi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni, jumladan: xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi qurilish-montaj ishlarini, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zahiralarini mablag‘ bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog‘liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Davlat byudjetining xarajatlari va daromadlari bir biri bilan o‘zaro bog‘liqdir, ular bir biriga ta’sir etib turadi, bir birini muvofiqlashtirib borishi lozim. Davlat byudjeti xarajatlari kelib tushadigan byudjet daromadlarining hajmlariga karab kattik cheklanadi. Davlat byudjetining daromadlari esa davlatning iqtisodiy salohiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham byudjet xarajatlarining muddati va hajmlarini kelib tushadigan daromadlarining muddat va hajmlariga muvofiq qilib belgilash juda muhimdir. Ayni paytda, ta’kidlab o‘tish joizki, byudjet mablag‘laridan foydalanishda ziddiyatli hollar ham bo‘lib turadi. Byudjet xarajatlarini to‘g‘ri rejalashtirmasligi natijasida byudjet yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.

Hazorasp tumani maxalliy byudjet xarajatlarining 2021-yil 12 oylik ijrosi to’grisida


Ma’lumot

Xarajatlar nomi

Aniqlangan reja

Bajarilishi

(+,-)

%

Иқтисодиёт харажатлари, жами



20547065

20423921

-123144

99,4

Халк таълим

145841999

14563419

-20780

99,9

Мактабгача таълим

26138565

29373475

234910

100,8

Кадрлар тайёрлаш













Маданият

1895041

1919107

24066

101,3

Соғлиқни сақлаш

89332342

89229940

-102402

99,9

Жисмоний тарбия

3575011

3604826

29816

100,8


Download 323.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling