4-kurs guruh talabasi ning amaliyot daftari toshkent-2023
Download 323.74 Kb.
|
Sharipov Fayzulla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Бошқа харажатлар
- ХАРАЖАТЛАР ЖАМИ
- ХАРАЖАТЛАРНИНГ ҲАММАСИ
- Hazorasp tumani moliya organi rahbari
- 30-modda. Hududiy moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari
Tahlil: Ushbu reja bo’yicha Hazorasp tumani byudjet xarajatlarini jami salmog’i va xarajatlar hajmining o’zgarish dinamikasiga ta’sir etgan omillarni o’rganib chiqdim. Bunda shuni aytish mumkinki jami xarajatlar aniqlangan reja bo’yicha 220 407 546, bajarilishi esa 229 485 684, farqi 9 078 138, foizda esa 104,1 ni tashkil etadi.Jadvaldan ko’rish mumkinki xarajatlar bir qancha sohalarda kamayganini ko’rish mumkin. Masalan: Xalq talimi -20 780 Sog’liqni saqlash -102 402 Maxalliy o’z-o’zini boshqaruvchi organlar -1 495 Zaxira jamg’armasi -8 601 Ijtimoiy ko’nikma markazi -12 771 Va shuningdek bir qancha sohalarda xarajatlar miqdori rejadan oshib ketganligini ham ko’rish mumkin.Sog’liqni saqlash ta’lim va boshqa sohalarga davlat byudjetidan qo’shimcha mablag’lar ajratilishi xarajatlarni ham oshishiga olib keladi. Xulosa: Xulosa qilib aytishim mumkinki Hazorasp tumani xarajatlari o’z navbatida yildan yilga ko’payib borayotganligini ko’rish mumkin.Chunki yildan yilga yangi yangi qurlishlar sohalarda innovatsiyalarni kirib kelishi o’z navbatida xarajatlar talab etadi va aholini farovonligi oshirishda xarajatlarni to’g’ri taqsimlanishi davlat byudjetini rivojlantiradi. Hazorasp tumani moliya organi rahbari __________________________ ________ (ismi-sharifi) (imzo) (muhr o‘rni) 3-mavzu. Mahalliy byudjetlardan byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmini o‘rganish Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir. Mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash, byudjet tashkilotlarini saqlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish va boshqa moliyalashtiriladi. 30-modda. Hududiy moliya organlarining budjet sohasidagi vakolatlari Hududiy moliya organlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; tegishli budjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi; budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘lari oluvchilarga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini yetkazadi; budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi; ushbu Kodeksning 146 — 148-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tegishli budjetlar parametrlariga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi; tegishli budjetlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; yuqori turuvchi moliya organlariga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga tegishli budjetning ijrosi to‘g‘risida har choraklik hisobotlarni taqdim etadi; budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi; Download 323.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling