4-laboratoriya ishi
Mavzu: Fermentlarni kovalent immobillash
Invertaza fermentini poliamidga immobilizatsiyalash
Invertaza kovalent immobilizatsiyasi uchun 1 gr poliamid, 2.5-3.5 n li HCl 7 ml eritmasi doimiy aylantirilib 450 C 2 soat ichida aktivatsiya qilinadi. Aktivatsiya tugagandan so’ng, poliamid 20 ml 40% li atseton bilan yuvilib, distillangan suv bilan kislota qoldiqlari ketguncha yuviladi. Aktivatsiya qilingan va yuvilgan poliamid 5 ml ph- 8,5 bo’lgan 0.1 M borat buferi bilan tenglashtiriladi, 30 mkl bifunksional agent (glutar dialdegid, 25%) qo’shiladi va xona haroratida 2 soat ichida aktiv aralashtiriladi.
Keyin glutar aldegidni ortiqchi miqdori distillangan suv bilan yuvib tashlanadi. Modifikatsiya qilingan poliamid 0.1 M borat buferi (ph-8.5) yodamida tenglashtiriladi.
Undan keyin saxaroza tutuvchi 0.1 M buferida oldindan eritilgan invertaza glutar aldegidi yordamida modifikatsiya qilingan poliamidga tikiladi. Aralashma 40C 24 soat davomida inkubatsiya qilinadi. Solishtirma namuna sifatida poliamid tutmaydigan to’liq ferment aralashmasi qo’llaniladi. Inkubatsiyadan so’ng immobilizatsiya qilingan ferment sentrafugalash yordamida cho’kma ustiga eritmadan ajratiladi. Oqsillarning miqdori Louri usulida aniqlanadi.
Uyga vazifa: Louri usulida oqsil miqdorini aniqlash metodini o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |