4-laboratoriya mashg’uloti mavzu: Natriy tiosulfatni sulfat kislota bilan ta’sirlanish reaksiyasi tezligini aniqlash. Kimyoviy reaksiyaning muvozanat konstantasini tajribada aniqlash


Download 232.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi232.31 Kb.
#1316516
  1   2   3
Bog'liq
4-laboratoriya ishi tajribalari



4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
Mavzu: 
Natriy tiosulfatni sulfat kislota bilan ta’sirlanish 
reaksiyasi tezligini aniqlash. Kimyoviy reaksiyaning muvozanat 
konstantasini tajribada aniqlash
 
Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi 
Zarur asbob va reaktivlar: Sekundometr. Тermostat (250-400 ml kimyoviy 
stakan), 100°C li termometr. Shtativ (probirka saqlaydigan). Probirkalar 5 va 10 
millilitrli pipetkalar. Cho‘p. Millimetrli qog‘oz. Marganes (IV) oksid. Тemir (III) 
oksid. Kaliy xlorid kristali. Shtativ (probirka saqlaydigan). Probirkalar, 5 millilitrli 
pipetkalar. 
Eritmalar. 1 n. natriy tiosulfat, 2 n. sulfat kislota; 0,01 n. kaliy rodanid, temir 
(III) xlorid. Konsentrlangan kaliy rodanid, konsentrlangan temir (III) xlorid, 10 % li 
vodorod peroksid. Konsentrlangan temir (III) xlorid, 0,01 n. kaliy rodanid, temir 
(III) xlorid, konsentrlangan kaliy rodanid. 
1- tajriba. Natriy tiosulfat konsentratsiyasining reaksiya tezligiga 
ta’sirini aniqlash 
a) 1. Probirkaga natriy tiosulfat eritmasidan 5-6 tomchi soling. 
2. Ustiga 2 n. sulfat kislota eritmasidan 4-5 tomchi tomizing.
3. Natriy tiosulfat bilan sulfat kislotaning o‘zaro ta’siridan oltingugurt ajralib 
chiqishi natijasida eritmaning loyqalanishini kuzating.
4. Reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
Na
2
S
2
O
3
+H
2
SO
4
= Na
2
SO
4
+ H
2
O + SO
2
+ S

5. Reaksiya boshlanishidan to eritmaning sezilarli darajada loyqalanishigacha o‘tgan 
vaqt reaksiyaning tezligiga bog‘liq ekanligiga e’tibor bering. 
b) 1. Uchta quruq probirka oling. 
2. Birinchisiga 1 n. natriy tiosulfat eritmasidan 2,5 ml, ikkinchisiga 5 ml, 
uchinchisiga esa 7,5 ml o‘lchab quying.
3. Probirkalardagi eritmalar hajmini tenglashtirish uchun birinchi probirkaga 
distillangan suvdan 5 ml, ikkinchisiga esa 2,5 ml qo‘shing (probirkalarni aralashtirib 
yubormang). 
4. Uchta boshqa probirkaga 2 n. suyultirilgan sulfat kislotadan 5 ml dan quying.
5. So‘ngra natriy tiosulfatli birinchi probirkaga, o‘lchangan 5 ml sulfat kislota 
eritmasini quyib, chayqating va kislota quyilgandan keyin loyqa hosil bo‘lishi 
vaqtini aniqlang. 
6. Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing: 
7. Abssissa o‘qiga natriy tiosulfat konsentratsiyasini, ordinata o‘qiga esa reaksiya 
tezligining (

) qiymatlarini qo‘yib grafik chizing. 
8. Bu tajribaga asoslanib, reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi ikki va 
uch marta ortishi reaksiya tezligiga qanday ta’sir qilishi haqida xulosa qiling. 

Download 232.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling