4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI
Mavzu:
Natriy tiosulfatni sulfat kislota bilan ta’sirlanish
reaksiyasi tezligini aniqlash. Kimyoviy reaksiyaning muvozanat
konstantasini tajribada aniqlash
Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi
Zarur asbob va reaktivlar: Sekundometr. Тermostat (250-400 ml kimyoviy
stakan), 100°C li termometr. Shtativ (probirka saqlaydigan). Probirkalar 5 va 10
millilitrli pipetkalar. Cho‘p. Millimetrli qog‘oz. Marganes (IV) oksid. Тemir (III)
oksid. Kaliy xlorid kristali. Shtativ (probirka saqlaydigan). Probirkalar, 5 millilitrli
pipetkalar.
Eritmalar. 1 n. natriy tiosulfat, 2 n. sulfat kislota; 0,01 n. kaliy rodanid,
temir
(III) xlorid. Konsentrlangan kaliy rodanid, konsentrlangan temir (III) xlorid, 10 % li
vodorod peroksid. Konsentrlangan temir (III) xlorid, 0,01 n.
kaliy rodanid, temir
(III) xlorid, konsentrlangan kaliy rodanid.
1- tajriba. Natriy tiosulfat konsentratsiyasining reaksiya tezligiga
ta’sirini aniqlash
a) 1. Probirkaga natriy tiosulfat eritmasidan 5-6 tomchi soling.
2. Ustiga 2 n. sulfat kislota eritmasidan 4-5 tomchi tomizing.
3. Natriy tiosulfat bilan sulfat kislotaning o‘zaro ta’siridan
oltingugurt ajralib
chiqishi natijasida eritmaning loyqalanishini kuzating.
4. Reaksiya quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Na
2
S
2
O
3
+H
2
SO
4
= Na
2
SO
4
+ H
2
O + SO
2
+ S
5. Reaksiya boshlanishidan to eritmaning sezilarli darajada loyqalanishigacha o‘tgan
vaqt reaksiyaning tezligiga bog‘liq ekanligiga e’tibor bering.
b) 1. Uchta quruq probirka oling.
2. Birinchisiga 1 n. natriy tiosulfat eritmasidan 2,5 ml, ikkinchisiga 5 ml,
uchinchisiga esa 7,5 ml o‘lchab quying.
3. Probirkalardagi eritmalar hajmini tenglashtirish
uchun birinchi probirkaga
distillangan suvdan 5 ml, ikkinchisiga esa 2,5 ml qo‘shing (probirkalarni aralashtirib
yubormang).
4. Uchta boshqa probirkaga 2 n. suyultirilgan sulfat kislotadan 5 ml dan quying.
5. So‘ngra natriy tiosulfatli
birinchi probirkaga, o‘lchangan 5
ml sulfat kislota
eritmasini quyib, chayqating va kislota quyilgandan keyin loyqa hosil bo‘lishi
vaqtini aniqlang.
6. Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing:
7. Abssissa o‘qiga natriy tiosulfat konsentratsiyasini, ordinata o‘qiga
esa reaksiya
tezligining (
) qiymatlarini qo‘yib grafik chizing.
8. Bu tajribaga asoslanib, reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi ikki va
uch marta ortishi reaksiya tezligiga qanday ta’sir qilishi haqida xulosa qiling.