2- tajriba. Reaksiya tezligiga haroratning ta’sirini kuzatish
1.
Uchta probirkani raqamlab, har biriga 5 ml dan suyultirilgan 1 n. natriy tiosulfat
eritmasidan quying.
2. Boshqa uchta nomerlangan probirkaning har biriga 5 ml dan 2 n. sulfat kislota
eritmasidan quyib, bitta natriy tiosulfat va bitta kislota eritmasi solingan probirka-
larni adashmaydigan qilib juftlang. Masalan: 1 va 1``, 2 va 2`` va hokazo.
3. 250-400 ml hajmli kimyoviy stakanning yarmigacha vodoprovod suvidan quyib,
uning haroratini aniqlang.
4. Birinchi juft (1 va 1``) probirkani unga tushiring.
5. Probirkalardagi eritmalar harorati suv haroratiga tenglashganiga
ishonch hosil
qiling (7-10 daqiqa).
6. Sulfat kislotani natriy tiosulfat eritmasiga quying va loyqa hosil bo‘lishi vaqtini
aniqlang.
7. Ikkinchi juft probirkalarni suvli stakanga tushiring.
8. Тermometr bilan haroratni o‘lchang.
9. Suvning harorati dastlabki haroratdan 10°C ortguncha qizdiring.
10. So‘ngra probirkadagi eritmalarni bir-biriga qo‘shing.
11. Loyqa hosil bo‘lish vaqtini aniqlang.
12. Uchinchi juft probirkalarni
suvli stakanga tushirib,
suv haroratini dastlabki
haroratga nisbatan 20°C ortguncha qizdirib, yuqoridagi tajribani takrorlang.
13. Тajriba natijalarini quyidagi jadvalga yozing.
14.
Jadvaldan foydalanib, abssissa o‘qiga harorat, ordinata o‘qiga
reaksiya tezligi
ko‘rsatkichini qo‘yib, reaksiya tezligining haroratga bog‘liqlik grafigini chizing. 15.
Harorat har 10°C ga ortganda reaksiya tezligi necha marta ortishini (harorat
koeffitsiyentini) aniqlang.
Reaksiya tenglamasi:___________________________________________
Xulosa: _____________________________________________________
Do'stlaringiz bilan baham: