4-laboratoriya mashg’uloti


Download 19.28 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1133260
Bog'liq
4-laboratoriya ishi


4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI


1000 V DAN YUQORI KUCHLANISH OSTIDAGI ELEKTR USKUNALARIDA ISHLATILADIGAN ASOSIY VA QO’SHIMCHA XIMOYA VOSITALARINING ELEKTR SINOVI


Ishning maqsadi: 1000 V dan yuqori kuchlanish ostidagi elektr uskunalarda ishlatiladigan asosiy ximoya vositalarini ishga yaroqliligini tekshirish.


Umumiy ma’lumotlar


Izolyasiyalovchi shtangalar. Operativ va o’lchov shtangalarining izolyasiyalovchi qismi qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida asosan, yuqori kuchlanish bilan o’tkaziladi. Bunda kuchlanish shtanganing ishchi qismi va dastakni izolyasiyalovchi qismidan ajratib turuvchi ajratgich halqaning izolyasiyalovchi qismi tomoniga o’rnatilgan vaqtinchalik elektrod bo’lagiga beriladi. Agar izolyator chinnidan qilingan bo’lsa, kuchlanish bevosita uning har ikki tomoshaga beriladi.


Namunaviy sinovlarda 500 kV kuchlanishli elektr uskunalari uchun mo’ljallangan shtangalarning izolyasiyalovchi qismiga 0,3 minut mobaynida 850 kV, keyin 5 minut mobaynida 650 kV kuchlanish beriladi.
Izolyatorlarni nazorat qilish uchun mo’ljallangan o’lchov kallaklarini qabul qilish-topshirish sinovi vaqtida 35 kV, ishlatish sinovi jarayonida esa 30 kV kuchlanish beriladi.
Qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida yoy o’chirish moslamali shtangalar 40 kV kuchlanish bilan kontaktlar ajratilgan holda 5 minut davomida sinaladi. Sinov kuchlanishi pantografik qamrash va yerga ulagichni birlashtirish uchun mo’ljallangan qisqichli kontakt plastina orasiga beriladi. Sinash davrida yuza orqali elektr yoy bilan chokni qoplab o’tish, kontaktlar orasidagi havo oralig’ining teshilishi bo’lmasliga kerak. Agar yoy o’chirish moslamali shtanga ishlatilgan bo’lsa, ishlatish sinovlaridan oldin, yoy o’chirish moslamasi kontakt qismlarini tozalash va yoy o’chirish materiali holatini tekshirish uchun qismlarga bo’linadi.
Yerga ulagich shtangalari har bir ishlatilishidan oldin iflosligi, mexanik shikastlanish bor-yo’qligi va hokazolarni tekshirish maqsadida ko’zdan kechiriladi. 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlariga yerga ulagich yig’ma metall shtangalarning izolyasiyalovchi qismlari qabul qilish - topshirish va ishlatish sinovlari paytida 100 kV kuchlanish bilan 5 minut mobaynida sinaladi. Izolyasiya sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan yerga ulagich ajraladigan shtangalarning elektr sinov muddati va meyorlari izolyasiyalovchi shtanga muddati va me’yorlari kabidir. Qolgan yerga ulagich shtangalari uchun ishlatish elektr sinovlari o’tkazilmaydi.
1000 V gacha bo’lgan operativ shtangalarni qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlari 5 minut davomida 2 kV kuchlanish bilan sinaladi.

110 kV va undan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida elektromontyorning bevosita tok o’tkazuvchi qismlarga tegib ishlashi uchun mo’ljallangan izolyasiyalovchi uskuna va moslamalar
Qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida har bir izolyasiyalovchi uskunaning elektr xarakteristikalari tekshirilishi zarur. Sinovdan oldin tozalangan va quritilgan izolyasiyalovchi uskunalarni kamida 24 soat davomida namligi 70 foiz, 20°C ± 5°C bo’lgan havo haroratida saqlash lozim.
Elektr sinovlari 5-ilovada qayd qilingan me’yorlarda o’tkaziladi. Sinovlar izolyasiyalovchi uskunalarga kuchlanish berish va undan o’tayotgan tok miqdorini o’lchashdan iborat. Sinov kuchlanishi berilayotgan solishtirma sinov kuchlanishidan kelib chiqqan holda aniqlanadi: qabul qilish-topshirishda 2,5 kV va ishlatish sinovida esa izolyasiyalovchi uskunaning har 1 sm uzunligiga 2,2 kV. Sinov izolyasiyalovchi uskunaning butun uzunligiga yoki kamida uning 20 sm uzunligiga kuchlanish berish bilan amalga oshiriladi. Izolyasiyalovchi arqonlar elektrodlar orasidan kamida 4 m/minut tezlikda tortib o’tkazish yo’li bilan sinaladi. Bunda elektrodlarni shunday qo’yish kerakki, ular arqon bilan kamida 25 sm uzunlikda kontaktda bo’lishi lozim. Elektrodlar arqonni iflos qilmasligi va unga shikast yetkazmasligi zarur. Arqonlar har gal tozalangandan va quritilgandan keyin qo’shimcha sinovdan o’tkazilishi lozim. Elektr sinovlarida (yaxlit yoki qismlari) uskunadan o’tayotgan tokning miqdori 500 mkA dan oshib ketmasligi zarur. Sinov kuchlanishi miqdoriga yetganidan so’ng, 60-sekunddan boshlab tokning miqdori 60 sekund mobaynida nazorat qilib turiladi.
Agar sinov vaqtida teshilish, izolyasiyalovchi qurilma yuzasida elektr yoy bilan chokni qoplab o’tish va toza razryadlari bo’lmaganda, tokning qiymati me’yordagidan oshmaganda, dielektrik yo’qotishlardan mahalliy qizishlar yo’qligida sinovlar qoniqarli o’tgan hisoblanadi.
Arqondan tashqari, har bir izolyasiyalovchi vosita iste’molchiga topshirishdan va ishlatishdan avval silikon moyi bilan ishlov berilishi lozim.

Izolyasiyalovchi va elektr o’lchovchi qisqichlar
Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan elektr uskunalarida qo’llaniladigan izolyasiyalovchi va elektr o’lchovchi qisqichlar qabul qilish-topshirishda 3 kV va ishlatish mobaynida esa 2 kV kuchlanishda sinaladi.
Izolyasiyalovchi qisqichlarga sinovda kuchlanish ishchi qism tagiga simdan o’rnatilgan bandajlarga va ajratgich halqaning yoniga izolyasiyalovchi qismi tomonidan beriladi.
10 kV kuchlanishgacha bo’lgan elektr o’lchovchi qisqichlarga sinashda kuchlanish magnit o’tkazgichga va folgali elektrodlarga yoki simli bandajlarga ajratgich halqaning yoniga izolyasiyalovchi qismi tomonidan, 1000 V gacha bo’lgan qisqichlarga esa dastak tagiga beriladi.
Nazorat savollari:

1. Himoya vositalari elektr sinovlaridan oldin ularning qaysi xolatlariga e’tibor berish zarur.


2. Barcha sinovlar odatda qanday temperaturada o’lchanadi.
3. Izolyasiyalovchi shtangalar xaqida ma’lumot berining.
4. Sinovdan oldin tozalangan va quritilgan izolyasiyalovchi uskunalarni kamida necha soat davomida namligi necha foiz, qanday havo haroratida saqlash lozim.
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling