4-laboratoriya mavzu: atmosferaning transport chiqindilari bilan ifloslanishini aniqlash. Laboratoriya mashg’ulotini o’tkazish texnologiyasi reja


Download 16.49 Kb.
bet2/2
Sana19.07.2023
Hajmi16.49 Kb.
#1661076
1   2
Bog'liq
4- L

ISHNI BAJARISH TARTIBI:


1. Talabalar e’tiborini shu avtoyo’lning bir qismida 2 soat davomida o’tgan yuk mashinalari, yengil mashinalar, avtobuslar sonini aniqlashga qaratadi (bu uyga vazifa qilib berilgan).
2. Talabalar 1-jadvaldan foydalanib 1 soat mobaynida turli transportlardan chiqqan gazlarni hisoblaydi.
3. Har bir transport turi uchun kimyoviy birikmalarning turi alohida hisoblanadi.
4. 2 soat davomida o’tgan transportlar qancha miqdor kimyoviy birikmalar chiqarganligi hisoblab topiladi. Masalan: agar 1 soatda 300 ta avtotransport o’tgan bo’lsa, shundan 10 ta yuk mashinasi (umumiy kimyoviy birikmalar miqdori 30g), 250 ta engil mashina (1000 g) va 40 ta avtobuslar (500g) bo’lsa, umumiy birikmalar miqdori 1750 g bo’ladi.

1-jadval


1 sutkada 1 ta transportdan atmosferaga chiqadigan zaharli moddalar miqdori (gr)

Kimyoviy birikmalar

Yuk mashinasi

Yengil mashina

Avtobus (dizel)

CO
NO2
C
CO2
Rb (qo’rg’oshin)



502,2
70,4
19,3
4,5
0,2

225,8
43,8
-
-
0,27

227,9
17,7
3
0,7
0,08

Izoh. Transport dizel yoqilg’isida ishlaydiganlari 1 soat ishlaganda 1000 ta inson 1 sutkada yutadigan kislorodni sarflaydi.


TOPSHIRIQLAR


1-topshiriq. 2 soat davomida ko’chadan o’tgan 10 ta yuk mashinasi qancha miqdorda CO gazini chiqarishini hisoblab toping. Masalan, 1 ta yuk mashinasi bir sutkada 502,2 gCO chiqarsa, 1 soatda 502,2 : 24=20,9 g CO chiqaradi.10 yuk mashinasidan chiqqan gaz miqdori 209 g CO bo’ladi.
2-topshiriq. Yengil avtomobilning bir soat davomida chiqargan is gazi miqdorini hisoblab toping.
3-topshiriq. Avtobusning bir soatda chiqargan is gazi miqdorini hisoblab toping.
4-topshiriq. Yuqoridagi transportlarning bir soatda quyidagi gazlardan NO2, CO2, C, Rb (qo’rg’oshin) qancha miqdorda chiqarganligini aniqlang.
5-topshiriq. Olingan natijalarni jadval shaklida yozing.

MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR


1.Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar?
2.Avtotransportlardan chiqadigan havoni ifloslovchi gazlar?
3.Atmosfera muhofaza qilish chora-tadbirlari?
Download 16.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling