4-laboratoriya mavzu: rm-3-1 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganish. Ishning maqsadi

Download 14.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi14.09 Kb.
#1583851
Bog'liq
4-LABORATORIYA

4-LABORATORIYA 
Mavzu: RM-3-1 uzish mashinasining metrologik xususiyati o`rganish. 
 
Ishning maqsadi: RM-3-1 uzish mashinasining metrologik xususiyati 
o`rganishdan iborat. 
Uzish mashinasi (RM-3-1, RM-30) iplarning mustahkamligi va uzilishdagi 
uzayishini aniqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi qismlardan tashkil 
topgan: mayatnikli kuch o‘lchagich, passiv va aktiv qisqichlar, o‘tkazgich 
mexanizmi aktiv qisqichga bog‘langan cho‘zilishni o‘lchagich qismi va 
elektryuritgichdan iborat. 
Kerakli jihozlar: Uzish mashinasi (RM-3-1, RM-30) iplarning 
mustahkamligi va uzilishdagi uzayishini aniqlash uchun mo‘ljallangan.
Ishning asosiy qismi: Elektryuritgichni harakatga keltirish ishlari «tepa» 
yoki «pas» tugmachalari orqali amalga oshiriladi. Agar namunani uzish vaqtida 
xatolik ro‘y bersa, elektryuritgich avtomatik ravishda to‘xtaydi. Elektryuritgichni 
hohlagan paytda to‘xtatish uchun «stop» tugmachasi bosiladi. 
Uzish mashinasi (RM-3-1) ning texnik va metrologik hususiyati:
1) Eng yuqorigi uzish qiymati 30 N. 
2) Uzishning o‘lchash oralig‘i: 1 shkala - 1 dan 5 N gacha, 2 shkala - 2 dan 
10 N gacha, 3 shkala - 6 dan 30 N gacha. Nisbiy kuch o‘lchash xatoligidagi 
belgilangan oraliq 

1 foiz. 
3) Deformatsiyaning o‘lchash oralig‘i: 0 dan 300 mm gacha, 0 dan 60 
foizgacha. O‘lchash deformatsiyasining qiymat xatolik og‘irligi: 

1 mm. 
4) Aktiv qisqichning harakat tezlik oralig‘i 80 dan 800 mm/min. gacha. 
5) Qisg‘ichlar orasidagi masofa: 0 dan 500 mm gacha. 
RM-3-1 uzish mashinasini tekshirish usuli 
1. Nisbiy kuchni aniqlovchi shkalaning xatoligini aniqlash. 
2. Deformatsiyani aniqlovchi shkalaning xatoligini aniqlash. 
3. Mashina tezligini sozlovchi tezlik shkalasining xatoligini aniqlash. 
Ishning bajarilish tartibi: 
Nisbiy kuchni aniqlovchi shkalaning xatoligini aniqlashda, mashinaning 
passiv (yuqori) qisqichiga etalon toshlari ilinadi (shkala qiymati chegarasida). 
So‘ngra etalon toshlari qiymati mashinaning nisbiy kuchni o‘lchash shkalasida aks 
etadi. Etalon toshlar qiymati va mashina shkalasidan olingan qiymatlar jadvalga 
to‘ldirilib, tegishli formulalar yordamida nisbiy kuchni o‘lchovchi shkalaning 
doimiy va nisbiy xatoligi aniqlanadi. 

(Xulosa)___________________________________________________________ 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
______________________________________________________________ 

Bajardi: ______________ 
 
Download 14.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling