4-Laboratoriya: Oqova suvlarni fizik-kimyoviy tozalash usullari. Ishning maqsadi
Download 235.44 Kb. Pdf ko'rish
|
4 -Лабаратория 2023 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi Koagulant
koagullash va flokullash usullari bilan tanishib chiqamiz.
Koagullash. Bu jarayonda dispers zarrachalar o ‘zaro ta ’sirlashishi natijasida yiriklashadi va agregatlar hosil qilib birikadi. Bu usuldan mayda dispers iflosliklardan va emulgirlangan moddalardan tozalashda foydalaniladi. Usul suvdan 1—100 mkm olchamli kolloid dispers zarrachalarni ajratib olishda yaxshi samara beradi. Koagullash jarayoni kimyoviy va fizikaviy jarayonlar yordamida amalga oshiriladi. Oqova suvlarni koagullash uchun unga maxsus moddalar — koagulantlar qo‘shiladi. Koagulantlar suvda og‘irlik kuchi ta’sirida tez cho‘kadigan metall gidroksidlari iviqlarini hosil qiladi. Iviqlar muallaq va kolloid zarrachalarni tutib, ularni agregatlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Kolloid zarrachalar (-) manfiy, koagulant iviqlari (+) musbat zaryadga ega bolganligi uchun ular o‘rtasida o‘zaro tortishish kuchi vujudga keladi. Flokullash jarayoni oqova suv tarkibiga yuqori molekular birikmalar, ya’ni flokulantlar ta’sir ettirish natijasida muallaq zarrachalarni yiriklashtirishdan iborat. Koagullash jarayonidan farqli ravishda bu jarayonda zarrachalarning yiriklashishi zarrachalarning o‘zaro ta’siri bilan emas, balki flokulant zarrachalarida adsorbsiyalangan molekulalarning o‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Oqova suvlar tarkibidagi aluminiy va temir gidroksidlari iviqlari hosil bo‘lish jarayonini tezlashtirish maqsadida flokullash jarayonidan foydalaniladi. Flokulantlarni qo‘llash koagulant miqdorini kamaytirish, koagullash vaqtini qisqartirish va hosil bo'lgan iviqlarning cho'kish tezligini oshirishga yordam beradi. Ishni bajarish tartibi Koagulant sifatida alyuminiy sulfat Al 2 (S0 4 ) 3 • 18H 2 0; natriy alyuminat NaAl0 2 ; alyuminiy gidroksoxlorid A1 2 (0H) 5 Cl; alyuminiy-kaliy va alyuminiy- ammoniyning tetraksosulfatlari (alyumokaliyli achchiqtosh - KAl(S0 4 ) 2 •12H 2 0 va ammiakli achchiqtosh NH 4 A1(S0 4 ) 2 • 12H 2 0) ishlatiladi. Bu koagulantlardan eng ko‘p qo‘llaniladigani aluminiy sulfat bo‘lib, u ph=5-7,5 oraliqda samarali hisoblanadi. U suvda yaxshi eriydi va narxi ham qimmat emas. Uni quruq holda yoki 50%li eritma holatida qo‘llasa boladi. Koagullash jarayonida u gidrokarbonatlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi: . Natriy aluminat quruq holatda yoki 45% li eritma holatida qo^laniladi. U ishqoriy reagent hisoblanib, ph =9,3—9,8 da tez cho‘kuvchi iviqlar hosil qiladi. Ortiqcha ishqoriylikni neytrallash uchun kislota yoki tarkibida C0 2 bo‘lgan tutun gazlari ishlatiladi: Ko‘pgina hollarda (10:1) - (20:1) nisbatdagi aralashmasi qo'llaniladi: Bu tuzlarni birga qo‘llash tiniqlashtirish samaradorligini, iviqlarning cho‘kish tezligini va zichligini oshiradi, ph ning optimal chegarasini kengaytiradi. Temir tuzlaridan koagulant sifatida tem ir sulfatlari Fe 2 (S0 4 ) 3 -2H 2 0; Fe 2 (S0 4 ) 3 -3H 2 0 va FeS0 4 -7H 2 0 hamda temir xlorid FeCl 3 qo‘llaniladi. Uch valentli temir tuzlarini qo‘llash suvni tiniqlashtirishda yaxshi samara beradi. Temir xlorid quruq yoki 10— 15% li eritma ko‘rinishida ishlatiladi. Oqova suvlarni tozalash uchun tabiiy va sintetik flokulantlardan foydalaniladi. Tabiiy flokulyantlarga kraxmal, dekstrin, ayrim efirlar, selluloza va boshqalar kiradi. Faollangan kremniy dioksidi (xSi0 2 • yH 2 0 ) eng keng tarqalgan anorganik flokulant hisoblanadi. Sintetik flokulyantlar orasida ko‘p ishlatiladiganlari poliakrilamid (PAA) (-CH 2 -CH-CONH 2 ) n , texnik PAA va gidrolizlangan PAAdir. Flokulant tarkibi va dozasini tanlashda uning makromolekulasining xususiyati va dispers zarralarning tabiati hisobga olinadi. Oqova suvlarni tozalashda PAA ning optimal miqdori 0,4-1 g/m 3 atrofida bo‘ladi. PAA ni ph ning turli oraliqlarida qo‘llash mumkin, biroq flokullangan iviqning cho‘kish tezligi ph>9 bo‘lganda pasayadi. Flokulantlarning ta ’sir mexanizmi quyidagi hodisalarga asoslangan: kolloid zarrachalar yuzasida flokulant molekulalarining adsorbsiyasi; flokulant molekulalarining retikulatsiyasi (to'rsimon strukturaning hosil bo'lishi); Van-der-Vaals kuchlari hisobiga kolloid zarrachalarning yopishishi. Flokulantlarning kolloid zarrachalar bilan ta’sirlashishi natijasida uch o‘lchamli strukturalar hosil bo‘ladi. Bu suyuq fazadan mayda zarrachalarning tezroq va to‘liqroq ajralishiga olib keladi. Bunday strukturaning hosil bo‘lishiga sabab flokulant makromolekulalarining bir necha zarrachalar o‘rtasida polimer ko‘priklarini hosil qilib, adsorbsiyalanishidir. Kolloid zarrachalar manfiy zaryadga ega bo‘lganligi uchun aluminiy va temir gidroksidlari bilan birga cho‘kadi. Faollangan kremniy dioksidi qo‘shilganda cho'kish tezligi 2-3 marta tezlashadi va tiniqlashish samarasi oshadi. Poliakrilamid 7-9% li gel holatida ishlab chiqariladi, u 273°K dan past haroratda qotadi. PAA ni suvga qo‘shganda uning qovushqoqligi ortadi. Flokulantlarning samaradorligi quyidagi formula orqali hisoblanadi: ƞ f =(ω f –ω)/ω q bu yerda, ω f va ω - flokulyantlangan va flokulyantlanmagan cho‘kmaning cho‘kish tezligi, mm/s; q - 1 t qattiq modda uchun flokulyant sarfi. Oqova suvlarni koagullash va flokullash usullari bilan tozalash quyidagi bosqichlardan iborat: reagentlarni dozalash, oqova suv bilan aralashtirish, iviqlarni Download 235.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling