hosil qilish va cho‘ktirish.
Koagulantlarni suv bilan aralashtirish
uchun mexanik va gidravlik
aralashtirgichlardan foydalaniladi. Gidravlik aralashtirgichlarda
aralashtirish suv
oqimining harakat yo'nalishi va oqim tezligi o'zgarishi natijasida sodir bo‘ladi.
Bunday aralashtirgichlardan birining sxemasi 4.1-rasm, a da keltirilgan.
Aralashtirgichli qurilmalarda aralashtirish jarayonini
bir maromda olib borish
maqsadga muvofiqdir.
Oqova suvlarni reagentlar bilan aralashtirilgach iviq hosil qilish kamerasiga
yo‘naltiriladi. Kameralarda iviq hosil bo‘lishi 10-30 daqiqa davom etadi. Iviq hosil
qiluvchi to‘siqli kameraning sxemasi 4.1-rasm, b da keltirilgan.
Iviq hosil qilish
kamerasi to‘siqlar bilan ajratilgan ketma-ket o‘tkazilgan yo‘laklardan iborat.
Yo’laklarda suvning tezligi 0,2-0,3 m/s ga teng bo‘ladi. Iviqlarning cho'kishi
tindirgich va tiniqlashtirgichda amalga oshiriladi.
Aralashtirish, koagullash va
cho'ktirish bosqichlari ba’zan bitta qurilmada olib boriladi (4.1- rasm, d).