4-lekciya. Ma'lumotlar bazasining relyatsion modeli va munosabatlar Ma`lumotlarning modeli
Download 176.5 Kb.
|
МБ 4-лекция узб
birlamchi kalit – jadvaldagi biror noyob qiymatli atributga o`rnatiladi;
ikkilamchi kalit (tashqi kalit) – boshqa jadvalning birlamchi kalit o`rnatilgan atributidagi qiymatlaridan iborat atribut. Bunda qaralayotgan jadvalda kalit bo`lmagan atribut boshqa jadvalda kalit bo`ladi Agar jadval tashqi kalitga ega bo`lsa u holda: a) mos birlamchi kalitga ega bo`lgan jadval bilan mantiqan bog`langan; b) bu bog`lanish birga ko`p xarakterga bo`ladi.; rekursiv kalit – jadvalning birlamchi kaliti o`rnatilgan atributi qiymatini shu jadvalning boshqa atributiga qabul qilishi. Bu xuddi ikkilamchi kalitga o`xshaydi. Bunday jadvalda birinchi yozuvda rekursiv kalit o`rnatilgan maydon qiymati NULL qiymat oladi. Amaliyotda birlamchi kalit sifatida ko`pincha raqamli maxsus atribut qo`llaniladi. Bu atribut avtoinkrement maydon yoki hisoblagich (schyotchik) kabi nomlar bilan ataladi. Uning qiymati trigger yoki MBBT mexanizmi belgilab beradigan boshqa maxsus vositalar tomonidan hosil qilinadi. Jadvallar o`rtasidagi aloqa relyatsion ma`lumotlar modelining asosiy elementi hisoblanadi. Bu aloqa tashqi kalitlar yordamida qo`llab – quvvatlanadi. Mohiyatlar butunligi talabi birlamchi kalit yordamida amalga oshiriladi hamda zarur ma`lumotlarga yetishishda ushbu kalit qiymatidan foydalaniladi. Barcha MBBTlarida birlamchi kalit orqali ma`lumotlarga yetishishni tezlashtirish uchun maxsus, indekslash deb nomlanuvchi mexanizm mavjud. Indeks, qo`pol qilib aytganda, daraxt ko`rinishiga ega invert (teskari) ro`yxat tarzida ifodalanadi va u har bir birlamchi kalit uchun yozuvning joylashgan haqiqiy o`rnini ko`rsatib beradi. Invert ro`yxatda indeks sifatida ko`rsatilgan atribut yoki atributlar guruhining har bir qiymati uchun mos birlamchi kalit qiymati (yoki bir necha mos qiymatlar) keltiriladi. Tabiiyki, turli MBBTlarda indekslar turlicha (masalan, lokal MBBTlarida alohida fayllar sifatida) amalga oshirilgan, biroq indekslash tamoyillari barcha MBBTlar uchun bir xil. Munosabatni birlamchi kalitdan farq qiluvchi atributlar tarkibidan foydalanib indekslash ham mumkin. Indeksning mazkur tipi ikkilamchi indeks deb nomlanadi va munosabatdagi ma`lumotlarga yetishish vaqtini kamaytirish hamda yozuvlarni tartiblash maqsadlarida qo`llaniladi. Shunday qilib, munosabat biror tarzda tartiblanmagan bo`lsada, indeks (lokal MBBTlarda indeks fayli) doimo tartiblangan yozuvlardan iborat bo`ladi. Boshliqlar
Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling