4-lekciya. Ma'lumotlar bazasining relyatsion modeli va munosabatlar Ma`lumotlarning modeli
Munosabat – sarlavha va unga mos ma`lumotlardan iborat bo`lgan ikki o`lchamli jadval. Sarlavha
Download 176.5 Kb.
|
МБ 4-лекция узб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atribut munosabat sxemasi
- Atribut yoki domen yoki ustun
Munosabat – sarlavha va unga mos ma`lumotlardan iborat bo`lgan ikki o`lchamli jadval.
Sarlavha – chekli sondagi atributlar to`plami bo`lib, har bir atribut biror bir domenda aniqlangan hamda atributlar va domenlar orasida qat`iy o`zaro moslik mavjud bo`ladi. Keltirilgan nazariy tushunchalar relyatsion MBBTning til vositalari va dasturiy tizimlarini ishlab chiqishda qo`llaniladi. Amaliy ish jarayonida esa ular o`rniga ularning quyidagi noformal ekvivalentlari ishlatiladi: munosabat – jadval; atribut – kolonka, ustun yoki maydon; kortej – yozuv, zapis yoki ma`lumotlar qatori (7.1-rasm). Relyatsion yondashuv asoschilaridan biri Deytning ko`rsatishicha, relyatsion model uch qismdan iborat bo`ladi: tuzilma qismi; bajariladigan amallar (manipulyatsiya) qismi; yaxlitlik qismi. Modelning tuzilma qismida munosabatlar aniqlab olinadi. Relyatsion modelda mazkur munosabatlardan ma`lumotlarning yagona tuzilmasi sifatida foydalaniladi. Relyatsion MB barcha kerakli axborotni o`z ichiga olgan hamda turli aloqalar bilan birlashtirilgan munosabatlar jamlanmasidan iborat. Atribut munosabat sxemasi X odimlar
Atribut yoki domen yoki ustun maydon qiymati satrli sonli Kortej, yozuv, satr ma`lumotlar tipi 7.1-rasm. “Xodimlar” ob`ekti xaqidagi jadval. Relyatsion modelning bajariladigan amallar qismida relyatsion bazalar bilan bajariladigan amallarning ikki asosiy mexanizmi – relyatsion algebra va relyatsion hisob (ischislenie) belgilanadi. Bunda, ma`lumotlarga ishlov berishda to`plamlar nazariyasi elementlari, ya`ni to`plamlarning birlashmasi, kesishmasi, ayirmasi va dekart ko`paytmalaridan foydalanish kabi amallar nazarda tutiladi. Relyatsion modelning yaxlitlik qismi deganda ma`lumotlarni buzilmasligini ta`minlashga qaratilgan biror mexanizm tushuniladi. Yaxlitlik qismi relyatsion MBing butunligiga qo`yiladigan ikki asosiy talabdan iborat bo`ladi, ya`ni mohiyatlarning butunligi va aloqalar bo`yicha butunlik. Mohiyatlar butunligi talabi xohlagan munosabatning xohlagan bir korteji uning boshqa xohlagan kortejidan farqli bo`lishi shartligini ifodalovchi talabdan iborat. Ushbu talab munosabatning tabiatiga mos keladi, ya`ni munosabat to`plam sifatida ifodalanadi. To`plamlar nazariyasida keltiriladigan ta`rifga ko`ra, to`plamda bir-biri bilan mos tushadigan, aynan bir xil elementlar mavjud bo`lmasligi zarur. Demak, munosabatda ham aynan bir xil kortejlar bo`lishi mumkin emas. Shuning uchun mazkur munosabatda har bir kortejni qat`iy belgilab bera oladigan (identifikatsiya qiladigan) atribut yoki atributlar mavjud bo`ladi. Bu atribut yoki atributlar kalit deb nomlanadi. Kalit quyidagi talablarga javob berishi zarur: qaytarilmas (betakror) bo`lishi; minimal bo`lishi, ya`ni kalitdan xohlagan bir atributning chiqarib tashlanishi kalitning betakrorligini buzilishiga olib kelishi lozim. Kalitdagi atributlar soni mazkur munosabatning ko`rsatkichidan kichik bo`ladi. Biroq, munosabatning barcha atributlarini kombinatsiyasigina betakrorlikni ta`minlaydigan bo`lsa, kalit munosabatning barcha artibutlaridan ham tashkil topishi mumkin. Odatda munosabat bir necha kalitlarga ega bo`ladi. Bular ehtimoldagi kalitlar deb ham ataladi. Munosabatning barcha kalitlari orasidan bittasi birlamchi kalit sifatida tanlab olinadi. Birlamchi kalitni tanlashda kamroq sonli atributlarga ega kalitga ahamiyat qaratiladi yoki uzun matn qatorlaridan tashkil topgan kalitni birlamchi qilib olish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Kalitlar ham bir nechta turlarga ajratiladi (7.2-rasm): Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling