4-ma’ruza: Balkalarning payvand choklari. Reja


Download 77.39 Kb.
bet1/3
Sana10.02.2023
Hajmi77.39 Kb.
#1187055
  1   2   3
Bog'liq
4-ma’


4-ma’ruza: Balkalarning payvand choklari.


Reja:
1. Payvand birikmalar haqida ma’lumot.
2. Payvand birikma va payvand choklarning asosiy turlari.
3. Birikmalarni chizmalarda belgilash.
4. Yordamchi belgilar.


Tayanch so‘z va iboralar: payvand birikma, payvand chok, uchma-uch, ustma-ust, tavrli, burchak, to’g’ri chiziqli chok, egri chiziqli chok.
Payvand birikmalar haqida ma’lumot
Payvand birikma deb, ikkita detalning payvandlab hosil qilingan ajralmas birikmasiga aytiladi. Yoy yordamida dastaki usulda payvand-lashda uchma-uch, burchak, tavrsimon va ustma-ust birikmalar qo‘llani­ladi. Yoy yorda­mida bajarilgan nuqta usulida ho­sil qilingan payvand chokli ustma-ust birikmalar ham qo‘llaniladi (GOST 14776-79). Payvand birik­malar asosiy turlari ko‘ndalang kesimining ba’zi shakllari 5.1-rasmda ko‘rsatilgan. Payvand birikmaning turini loyihachi, ayni turdagi birikma ko‘ndalang kesi­mining shaklini esa texnolog belgilaydi.





1-rasm. Payvand birikmalar ko‘rinishi
Payvand birikmaning har qaysi turi o‘zining afzalliklari va kamchi­lik­lariga ega. Payvand buyumlarda uchma-uch biriktirish keng tarqal­gan, chunki boshqa turdagi biriktirishlarga qaraganda quyidagi afzal­liklarga ega:
1. Payvandlanadigan qismlar qalinligining diapazoni keng (1-175 mm).
2. Birikma hosil qilish uchun elektrod metali juda kam sarflanadi.
3. Birikma sifati ishonchli va uni tekshirish qulay.
Uchma-uch biriktirishning boshqa turdagi biriktirishlarga nisbatan kamchiliklari:
1. Payvandlanadigan detallar juda aniqlik bilan yig’ilishi zarur.
2. Profil metallni (burchaklik, shveller, tavr va qo‘sh­tavrlar) pay­vandlashga tayyorlayotganda uning qirralariga ishlov berish murakkab.
Ustma-ust qo‘yib payvandlangan birikmalarning boshqa turdagi birikmalarga nisbatan kamchilikla­ri:
1. Birikish joyida detallar bir-birini qoplashi uchun asosiy metall ko‘p sarflanadi. GOST ga muvofiq bir-birini qoplash kattaligi yupqa detal qalinligining uch barobaridan kichik bo‘lmasligi kerak; birikmalar uchun maksimal qalinlik ko‘pi bilan 60 mm qilib belgilanadi.
2. Ustma-ust birikmada kuch oqimlari turli chiziqli bo‘lmagan tarzda taqsimlanadi, shuning uchun bu chokning uchma-uch chokka nisbatan o‘zgaruvchan va dinamik yuklanishlarga chidamliligi past bo‘ladi. (5.2-rasm).
3. Bir-birini qoplaydigan listlar orasidagi tirqishga nam kirishi mum-kinligi, oqibatda payvand birikma korroziyalanadi.
4. Payvandlashda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni aniqlash murakkab.
Ustma-ust birikmalarning afzalliklari:
1. Payvandlanadigan joyda qirralar qiya bo‘lmaydi.
2. Birikmalar oddiy yig’iladi (o‘lchamlarni ustma-ust qo‘yiladigan joy hisobiga to‘g’rilash mumkin).
Nuqta usulida hosil qilingan chokli birikmalar ustma-ust biriktirish va tavr shaklidagi birikmalarda qo‘llaniladi, bunda puxta, lekin zich bo‘lmagan birikmalar hosil qilinadi. Yuqorigi list teshiladi yoki parma-lanadi, teshiklar esa shunday payvandlanadiki, past­ki list (yoki profil) qisman suyuqlansin.
Yuqorigi list 12 mm gacha qalinlikda bo‘lganda uni oldindan parmalamasdan yoy yordamida suyuqlantirish mumkin.




Download 77.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling