4-ma’ruza: Balkalarning payvand choklari. Reja
Download 77.39 Kb.
|
4-ma’
2-rasm. Birikmalarda kuch chiziqlarining taqsimlanishi:
a ‒ uchma-uch birikmada, b—ustma-ust birikmada Payvand birikma va payvand choklar asosiy turlari Payvand choklar payvand birikmaning turi va chok kesimining geometrik shakli bo‘yicha uchma-uch va burchak choklarga bo‘linadi (5.3-rasm). Uchma-uch chok shu chokning eni e, puxtalanishi q, chokning suyuqlantirilish chuqurligi h, tirqish b bilan, burchak chok esa kateti k bilan xarakterlanadi. Uchma-uch choklar uchma-uch birikmalar hosil qilishda qo‘llaniladi. Burchak choklar ustma-ust, tavrsimon va burchaksimon birikmalarda qo‘llaniladi. Choklar kesimining o‘lchamlarini GOST 5264-80 belgilaydi. Tashqi yuzasining shakliga ko‘ra uchma-uch choklar yassi yoki qavariq bo‘lishi mumkin. Burchak choklar botiq qilib ham bajarilishi mumkin. Qavariq chokli payvand birikmalar yassi yoki botiq chokli birikmalarga nisbatan statik yuklanishga chidamli bo‘ladi. Lekin juda qavariq choklar suyuqlantirib qoplash uchun ko‘p metall sarflanganligi sababli tejamsizdir. Yassi chokli uchma-uch birikmalar va botiq, chokli burchaksimon, tavrsimon hamda ustma-ust birikmalar qavariq chokli birikmalarga qaraganda dinamik va yo‘nalishi o‘zgaruvchan yuklanishlarga chidamli bo‘ladi. Buni quyidagilar bilan tushuntirish mumkin. Choklar yassi va botiq bo‘lganda asosiy metalldan suyuqlantirib qoplan-gan metallga keskin o‘tishlar bo‘lmaydi. Bu o‘tish joylarida kuchlanish-lar to‘planadi hamda birikma buzila boshlaydi. Standartga muvofiq pastki vaziyatda payvandlangan choklarda chokning qavariqligi 2 mm gacha, qolgan vaziyatlarda payvandlanganda esa ko‘pi bilan 3 mm bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Barcha hollarda chokning botiqligi ko‘pi bilan 3 mm bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. GOST 11969-79 ga muvofiq vaziyatiga ko‘ra: qayiq-L, pastki-N, yarim gorizontal-Pg, gorizontal-G, yarim vertikal- Pv, vertikal-V, yarim Ship-Pp, ship-P choklar bo‘ladi. Pastki chokli qilib payvandlash juda qulay, payvandlashni osongina mexanizasiyalashtirish mumkin. Eng murakkab va qiyini ship chokdir. Bunday choklarni bajarish uchun maxsus mashqlar talab etiladi. Gori-zontal va vertikal chokli qilib payvandlash pastki chokli qilib payvandlashga qaraganda bir oz qiyinroq, lekin ship chokli qilib payvandlashga qaraganda oson. Vertikal, gorizontal va ship choklar ko‘pincha yirik inshootlarni qurish va montaj qilishda hamda kamdan-kam zavod sharo-itlarida qo‘llaniladi. Zavod sharoitlarida moslamalar yordamida konstruktsiyani faqat pastki chokli qilib to‘liq payvandlashga muvaffaq bo‘linadi. Yuqori malakali ko‘pchilik payvandchilar vertikal choklarni pastki choklarga nisbatan sifatli qilib payvandlaydilar, chunki bu holda payvandlash vannasidan iflosliklar oson chiqarib tashlanadi hamda chok metali nisbatan toza, zich va mustahkam bo‘ladi. 3-rasm. Payvand choklarning geometrik parametrlari Ta’sir etadigan kuchlarning yo‘nalishiga nisbatan choklar o‘qlari kuch yo‘nalishiga parallel bo‘lgan flang (bo‘ylama, yon) choklarga, o‘qlari kuch yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan ro‘para (ko‘ndalang) choklarga; kombinatsiyalangan va qiya choklarga bo‘linadi. Uzunligi bo‘yicha choklar tutash va uzlukli choklarga bo‘linadi. Uzlukli chok zanjirsimon yoki shaxmatsimon bo‘lishi mumkin. Zanjirsimon chok tavr birikmaning ikki tomonlama uzlukli chokidan iborat bo‘lib, unda payvandlash uchastkalari hamda oraliqlar ikkala tomonda qarama-qarShi joylashgan. Shaxmatsimon chok tavr birikmaning ikki tomonida joylashgan uzlukli chokdan iborat bo‘lib, unda devorning bir tomonidagi chokning payvandlangan uchastkalarining qarshisida yotadi. Chokning payvandlangan uchastkasi boshidan navbatdagi uchastka boshlanishigacha bo‘lgan masofa chok qadami deb ataladi. Ish sharoitlariga ko‘ra choklar ishchi tashqi yuklanishlarni qabul qiluvchi va faqat buyum qismlarini birlashtirish uchun mo‘ljallangan bog’lovchi (birlashtiruvchi) choklarga bo‘linadi. Bog’lovchi choklar ko‘pincha ish bajarmaydigan choklar deb ataladi. Download 77.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling