4-ma’ruza. Chuqurlik nasosini tanlash


–rasm. Haydash rejimi va chuqurlik nasosi jixozlarini tanlash uchun diagramma


Download 491.03 Kb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi491.03 Kb.
#1712046
1   2   3
Bog'liq
4-ma\'ruza-2

11.13–rasm. Haydash rejimi va chuqurlik nasosi jixozlarini tanlash uchun diagramma:
a) – tebratma–dastgohning bazaviy modeli; b) – tebratma–dastgohning yangilangan modeli.
Tebratma–dastgohni tanlash
Tebratma – dastgoh turini suyuqlik ustunini (nasos chuqurligi) va qazib olinishi mo‘ljallangan suyuqlik miqdorini hisobga olgan holda balansir boshchasiga tushadigan maksimal yukka asosan tanlanadi. Balansir boshchasiga tushadigan maksimal yuk formula orqali hisoblanadi, keyin R.A.Ramazonov formulasi orqali albatta reduktor valining aylanish vaqti(momenti) qiymatini tekshirib ko‘rish kerak:
Mmax = 30 S + 0,236 S (Pmax – Pmin), (11.20)
Bu yerda Mmax maksimal aylanish momenti, kgm (nm); Splunjer (silliq shtok) yurish uzunligi, м; Pmax va Pminnasos harakat siklidagi maksimal va minimal yuklanish, kg (n).
Tebratma – dastgoh rejimlari:

  1. shtanga osiladigan nuqtada maksimal ko‘rsatgichga, reduktor valining aylanish momenti esa maksimumdan pastroq; bu rejim chuqurlik nasosi diametri kichikroq, chuqurligi katta bo‘lganda bo‘lishi mumkin;

  2. shtanga osiladigan nuqtada maksimal ko‘rsatgichdan past, reduktor valining

aylanish momenti esa maksimal; bu rejim chuqurlik nasosi diametri kattaroq, yurish uzunligi kichikroq bo‘lganda;
v) shtanga osiladigan nuqtada va aylanish momenti maksimal ko‘rsatgichga erishiladi.
Kon amaliyotida Q va L ning belgilangan qiymatlarida chuqurlik nasosi diametri va tebratma – dastgohlarini tanlashni osonlashtirish maqsadida diagrammadan foydalaniladi. Diagramma (11.13 – rasm) bo‘yicha VNIIneftning Krasnodar filiali professori A.N. Adonin tomonidan 150 m3/sut gacha mahsuldorlikka
ega bo‘lgan, tayanch nusxasi (bazoviy model) (11.13.a – rasm) va modifikatsiyalashgan nusxalari uchun (11.13.b – rasm) tuzilgan.
Diagramma tuzish va hisoblash (11.13 – rasm) quyidagi dastlabki ma’lumotlar asosida keltirilgan:

  1. haydalayotgan suyuqlik zichligi 900 kg/m3 deb qabul qilingan; dinamik sath nasosning so‘rish qismida, ya’ni nasos tushirilgan chuqurlik suyuqlik ko‘tarilish balandligiga muvofiq keladi;

  2. o‘rtacha ta’mir davrida nasos to‘lish koeffitsiyenti (gazini hisobga

olmaganda) 0,85;
v) shtanga va suyuqlik massasining notekis harakatidan hosil bo‘ladigan inersiya kuchiga nisbatan shtangalar osilgan nuqtadagi statik yukning yurish uzunligi
1,8 m va tebranishlar soni 15 taga teng bo‘lgandagidek, maksimal tebranishlar soni va 1,8 m dan ortiq yurish uzunligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlangan:
(11.21)
bu yerda: n2S2 yurish uzunligi uchun aniqlanadigan tebranishlar soni; n1 S1 yurish uzunligi uchun aniqlanadigan tebranishlar soni;
Diagrammaning gorizontal o‘qida (11.13 – rasmga qarang) nasos tushirilish chuqurligi L m, vertikal o‘q bo‘ylab esa quduq debiti Q m3/sut ko‘rsatilgan. Diagrammadagi uzluksiz siniq chiziqlar ushbu turdagi tebratma – dastgoh qo‘llanish chegarasini, uzik chiziqlar esa nasosning standart o‘lchamlariga mos ravishda tebratma – dastgoh qo‘llanish chegarasi ko‘rsatilgan.
Ruxsat etilgan keltirilgan kuchlanish σkel≈ ~118 n/mm2 (12 kg/mm2) deb qabul qilingan.
Diagrammaning yuqori (uzik chiziq) chegarasi har qaysi nasosning maksimal yurish uzunligi va tebranishlar sonida mahsuldorliga mos keladi. Unda belgilangan qazib olish ko‘rsatgichiga erishish uchun maksimal yurish uzunligini saqlab qolgan holda kerakli tebranishlar sonini quyidagi nisbatda aniqlanadi
(11.22)
bu yerdan
(11.23)
bu yerda nmax – tebranma dastgoh uchun o‘rnatilgan maksimal tebranishlar soni; Qmaxberilgan nasos uchun diagrammaning yuqori qismiga mos maksimal qazib olish miqdori, m3/sut; Q1berilgan qazib olish miqdori, m3/sut.
Chuqurlik nasosining mahsuldorligini aniqlash
Plunjer yuqoriga o‘zining yurish uzunligi Sn bo‘yicha siljiganda, quyidagi hajmda suyuqlik haydaladi.

Download 491.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling