4-ma’ruza: Difffuzionistik yo‘nalish Reja


Download 23.98 Kb.
bet3/4
Sana07.04.2023
Hajmi23.98 Kb.
#1340431
1   2   3   4
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar etnologiyasi. 4-ma\'ruza

Leo Frobenius (1873—1938) etnolog, arxeolog va folklorshunos olim sifatida shuhrat qozongan. U birinchi marta diffuzionizm nazariyasi asosida madaniyat morfologiyasi nomli konsepsiyasini va madaniy doiralar nazariyasini yaratgan olimdir.
U Germaniyaning Frankfurte-na-Mayn shahrida madaniy morfologiya institutiga asos solgan bo‘lib, hozirda mazkur institut uning nomi bilan yuritiladi. Shuningdek u tomonidan chiqarilgan «Paydeuma» jurnali hozirda ham nashr qilinadi.
Leo Frobenius Afrika va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqlar madaniyati bo‘yicha mutaxassis bo‘lib, Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatini tadqiq etish borasida 12 marta ekspeditsiya uyushtirgan va olib borgan ilmiy tadqiqotlari asosida Afrikaning etnik xaritasini yaratgan. O‘z navbatida shuni ham uqdirib o‘tish joizki, mazkur xarita bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Afrikashunos olim o‘z ekspeditsiyalarining materiallarini va ularning nazariy xulosalarini 1888 yilda nashr etilgan «Afrika madaniyatini kelib chiqishi» nomli monografiyasida bayon qilgan. Uning fikricha, madaniyat misli tirik organizm bo‘lib, undagi o‘zgarishlar hayotning umumiy qonunlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Olim tomonidan Afrika va Melaneziya xalqlari madaniyatlarini o‘zaro taqqoslab o‘rganish asnosida madaniyatdagi o‘zgarishlar alohida elementlarning tarqalishi natijasida emas, balki bir butun yaxlit madaniyat ko‘rinishlariga bog‘liq bo‘lib, ular taxminiy birlashgan elementlar uyushmasi emas, balki bir butun yaxlit tizim hisoblanadi», - degan xulosoga kelingan.
O‘z navbatida shuni ham unutmaslik kerakki, muallifning madaniyatni kelib chiqishiga oid mulohazalarida ayrim mifologik qarashlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, u madaniyatni misoli tirik organizm tarzida tasavvur qiladi va madaniyat ham xuddi tirik organizm kabi dunyoga keladi, turli yosh bosqichlarini bosib o‘tib, oxir oqibatda umrini tugatib barham topadi degan g‘oyani ilgari surgan. Bunda muallif madaniyat odamlar tomonidan yaratilmaydi, balki o‘z-o‘zidan rivojlanib boradi degan g‘oyani ilgari suradi. Uning fikricha, insoniyat madaniyatni yaratuvchisi emas, balki uning mahsuli yoki ob'ekti hisoblanadi. Lekin madaniyat insonlar tomonidan yaratilmasa-da u odamlarsiz yashay olmaydi va keng miqyosida tarqalishi ham mumkin emas deb hisoblaydi. Agar o‘xshatish joiz bo‘lsa madaniyat misoli oyoqsiz kishi kabi insonlarni o‘zini ko‘chirib o‘tkazishga majbur qiladi. Uning ta'kidlashicha, insonlar xalq madaniyatni yaratuvchisi emas, balki uzatuvchisidir.
Fronbeniusning fikricha, har bir madaniyat o‘ziga xos xususiyatga ega. Qolaversa, u madaniyatni ijtimoiy muhitdan tashqarida, mistik ko‘rinish tarzida talqin qiladi va uni ikkiga, ya'ni erkak va ayolga bo‘ladi. O‘z navbatida mashhur olim o‘z qarashlarini ekspeditsiyalar jarayonida yiqqan dala materiallari orqali isbotlashga harakat qiladi. Jumladan, olimning Afrikada olib borgan tadqiqotlari natijasida Afrika madaniyatini ikkiga-telluruit-efiopiya-patriarxal va xtonik-xamitik-matriarxatga bo‘ladi.
Nemis tilli xalqlar orasida diffuzionizmning ko‘zga ko‘ringan yirik namoyandalaridan biri Robert Grebner bo‘lgan. Uning fikricha, etnograf-evolyusionistlar o‘zlarining turli xalqlar madaniyatlaridagi o‘xshash xususiyatlarning sabablarini elementar g‘oyalar yoki tabiiy sharoit bilan bog‘liq bo‘lganmi? – degan qarashni isbotlash uchun zaruriy me'yoriy asoslarni ishlab chiqmagan. Shu bois Grebner uchun etnologiyaning asosiy muammosi madaniyatni tarixiy-madaniy aloqalari yoki mustaqil kelib chiqishiga oid tadqiqotlar metodini ishlab chiqishga qaratgan. U o‘zining asosiy qarashlarini 1905 yilda nashr etilgan
Download 23.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling