4-Ma`ruza. Foydali modul. Asosiy tushunchalar. Sanoat namunalari. Reja
Download 113.29 Kb.
|
4-патент
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3.Sanoat namunalari. Mahsulot belgilari Sanoat namunalari. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari
- Sanoat namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi
Ushbu vaziyatlar munosabati bilan integral mikrochizmalar topologiyasini muhofazalash bo‘yicha maxsus qonun qabul qilish zarurligi ayon bo‘lib koldi.
Birinchi marta 1986 yilning dekabrida Evropa iqtisodiy hamjamiyati (EIH)ga a’zo mamlakatlar yarimo‘tkazgichli buyumlar topologiyasini huquqiy muhofazalash to‘g‘risidagi bitimni qabul qildilar. Ushbu Bitim yarimo‘tkazgich buyum topologisi, tijorat maqsadlarida foydalanish kabi tushunchalarni belgilab beradi va har bir ishtirokchi mamlakat ushbu Bitim qoidalariga muvofiq ravishda topologiyalarga mutloq huquqlarni belgilovchi huquqiy me’yorlarni qabul qilish yo‘li bilan IMCH topologiyasining huquqiy muhofaza qilishini ta’minlashi zarurligini ko‘zda tutadi. 1989 yilning may oyida Vashingtonda mikrochizmalarga nisbatan intellektual mulk to‘g‘risida shartnoma tuzildi. IMCH topologiyasini huquqiy muhofazalashning asosiy o‘ziga xos hususiyatlari quydagilardan iborat: Muhofaza hujjati egasi sanoat mulki ob’ektiga mutloq huquqlar kabi IMCH topologiyasiga ham mutloq huquqlarga ega bo‘ladi. Bunda faqat topologik sxemaning o‘zi muhofaza ob’ekti xisoblanadi. Beriladigan muhofaza topologiyada mujassamlashgan g‘oya, usul, tizim, texnologiya yoki kodlangan axborotga tarqalmaydi. IMCH topologiyasini huquqiy muhofazalash mezoni uning o‘ziga xosligi, ya’ni originalligi hisoblanadi. Bunda muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan topologiya original hisoblanadi. IMCH topologiyalari Patent idoralari tomonidan rasmiy ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng ro‘yxatga olinadi va muhofaza hujjati beriladi, IMCH topologiyasining o‘ziga xosligi (originalligi) uning aksi isbot etilmaguncha tan olinadi; huquq muhofazalashning o‘rtacha muddati turli mamlakatlarda o‘n yilga teng bo‘lib, bu sanoat namunasi ob’ektini muhofazalash muddatiga yaqin; ko‘p qonunlarda “huquqlarning tugashi” tamoyili mavjud bo‘lib, unga muvofiq integral mikrochizma yoki undan foydalanib tayorlangan buyumning qonuniy egasi bo‘lgan har qanday shaxs undan erkin foydalanishi, shuningdek huquq egasining hech qanday maxsus ruxsatnomasini olmasdan uni uchinchi shaxslarga berishi mumkin. qonuniy yo‘l bilan sotib olingan integral mikrochizmalar yoki tarkibida shunday mikrochizmalar bo‘lgan buyumlardan foydalanish, agar foydalanayotgan shaxs bu integral mikrochizmalar va buyumlar topologiyalardan foydalanish bo‘yicha mutloq huquqlar buzilgan holda tayorlanganligi va tarqatilganligi haqida bilmasa (yoki ogohlantirilmagan bo‘lsa), mutloq xuquqlarning buzilishi deb tan olinmaydi (atayin buzmaslik tamoyili); boshqa muallif tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan xuddi shunga o‘xshash o‘ziga xos topologiyadan foydalanish bo‘yicha harakatlar ham topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlarning buzilishi deb tan olinmaydi [4]. O‘zbekistonda 2001 yilning may oyida “Integral mikrochizmalar topologiyasini huquqiy muhofazalash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, unda topologiyalarni muhofazalashning yuqorida ko‘rsatilgan o‘ziga xos xususiyatlari o‘z aksini topdi. Bunda topologiyadan foydalanishga mutlaq huquqlar quyidagi sanalarning eng birinchisidan boshlab 10 yil mobaynida amal qiladi: - topologiya xo‘jalik oborotiga kiritilganligi hujjatlar bilan qayd qilingan eng oldingi sana bo‘yicha belgilanadigan topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi; - topologiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot rasman e’lon qilingan sana. Qayd qilamizki, topologiyani ro‘yxatga olish (ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berish) uchun talabnoma Davlat patent idorasiga topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasidan boshlab ikki yil mobaynida muallif, ish beruvchi yoki ularning vorislari tomonidan berilishi mumkin. Xulosada shuni ta’kidlab o‘tamizki, integral mikrosxemalar topologiyasini huquqiy muhofazalash to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi O‘zbekistonda intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash tizimini rivojlantirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi. 4.3.Sanoat namunalari. Mahsulot belgilari Sanoat namunalari. Sanoat namunasining patentga layoqatlilik shartlari Sanoat namunasi inson ijodiy faoliyati yo‘nalishining amalga oshishi bo‘lib, aniq maqsad va iste’molchilar doirasiga ega. Ta’rifiga ko‘ra sanoat namunalariga qandaydir bir ob’ekt tashqi ko‘rinishining badiiy-konstruktorlik (dizayn) echimi kiradi [1]. Sanoat namunalari hajmiy (modellar), yassi (rasmlar) yoki ularning aralash ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sanoat namunasining yangiligi, o‘ziga xosligi va sanoatda qo‘llanilishi uning patentga layoqatlilik shartlari hisoblanadi. Agar sanoat namunasining buyumning estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilovchi muhim belgilari (alomatlari) majmui uning ustuvorlik sanasidan oldin jahondagi nufuzli axborot manbalari orqali barchaga ma’lum bo‘lmagan bo‘lsa yangi deb tan olinadi. Sanoat namunasining muhim belgilari majmui buyum estetik xususiyatlarning ijodiy xarakteri bilan bog‘liq bo‘lsa u o‘ziga xos deb tan olinadi. Sanoat namunasi ko‘p karra qayta ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan bo‘lsa sanoatda qo‘llaniladigan deb tan olinadi. Qonun bilan, shuningdek, sanoat namunasi deb tan olinmaydigan ob’ektlar ro‘yxati belgilangan, xususan: Nashriyot-bosma mahsulotlari; Me’morchilik ob’ektlari (kichik me’morchilik shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika va boshqa ko‘chmas inshoatlar; Suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki ularga o‘xshash moddalardan iborat barqaror bo‘lmagan ob’ektlar; Buyumlarning faqat texnik vazifasidan kelib chiqadigan echimlar; SHuningdek jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloq tamoyillariga zid echimlar. Sanoat namunasining mohiyati va uning huquqiy muhofa-zalash hajmi eng avval, uning muhim belgilari majmui bilan ifodalanadi, bu belgilar namuna fotosuratlarida aks ettiriladi va buyumning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Muhim belgilarni so‘zlar bilan tavsiflash tasviriy axborotni tushuntirib berishni ta’minlaydi. Odatda, sanoat namunalarining turlarini tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi: 1. Murakkab kompozitsiyali, asosi keng hajmiy fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan buyumlar (masalan, dastgoh, qishloq xo‘jalik mashinasi, mototsikl va hokazo) quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: Kompozitsiya elementlarining mavjudligi; Elementlarning o‘zaro joylashishi; Kompozitsiya elementlarining shakli. 2. YAkka blokli kompozitsiyaga ega buyumlar (masalan, televizor, radiopremnik, shchit priborlari, qutichalar), shuningdek elementar geometrik hajmlar nisbati asosida qurilgan (masalan, mebel seksiyasi bloklari) badiiy konstruktorlik echimlari quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: kompozitsiya elementlarining tarkibi va taqsimlanishi; buyumlarning, odatda, frontal yuzasida bo‘ladigan bu elementlrning plastik, grafik, rangli va faktura echimlari; 3. YAssi kompozitsiyaga ega bo‘lgan buyumlar (masalan matolar, ro‘mollar, peshonabandlar) quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: naqsh elementlarining chiziqiy-grafik nisbati; kolloristik echimi; faktura harakteri (mato iplarining to‘qilishi). 4. Kiyimlarni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalanish mumkin: modelning hajmiy tavsifi bo‘lgan shakli; qismlar o‘tasidagi o‘zaro nisbatni belgilovchi proporsiyalar; modelning tekislikdagi tavsifi bo‘lgan silueti; biror-bir elementning takrorlanishini belgilovchi ritm; kiyim yuzasining istalgan joyiga qoplanadigan detallar, ya’ni elementlar, ularning shakli; bezak, ya’ni buyumni qo‘llanish nuqtai nazaridan funksional ahamiyatga ega bo‘lmagan, model echimida bezak rolini bajaruvchi, undan foydalanish faqat texnologik usuldan (masalan, kiyim chetlariga ishlov berish, biriktirish choklarini mustahkamlash va hokazo) iborat bo‘lgan elementlar; buyum tarkibiga kiruvchi va uning ayrim qismlarini birlashtirish yoki ajratish uchun, shuningdek bezak elementi sifatida qo‘llanuvchi furnitura (tugmacha, ilgak va hokazo); material. 5. Poyafzallarni tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi: shakl hosil qiluvchi elementlar, qolip, ya’ni poyafzalning usti va tagi (boshliq, boldir, qo‘nji, dastak, tagcharm va hokazo); bu elementlarning shakli; ularning o‘zaro joylashishi; materiali; bezak detallari; furniturasi; rangi. Endi patent ekspertizasi patentga layoqatlilikni baholashda sanoat namunalariga qo‘yadigan asosiy talablarni ko‘rib chiqamiz. Ixtirolarni pantent ekspertizasidan o‘tkazishdagi kabi, bu erda ham birinchi navbatda sanoat namunasining sanoatda qo‘llanishi tekshiriladi. Bu shartga muvofiq bo‘lishi uchun sanoat namunasini tavsifida sanoat namunasida bajarilgan buyumning maqsadi va vazifasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. SHuningdek, bu buyumni noyob yoki sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha ma’lum bo‘lmagan va tavsifnomada bayon etilmagan vosita va usullardan foydalanmay tayorlash imkoniyati ham tekshirib ko‘riladi. SHunga e’tiborni qaratamizki, faqat bir marta amalga oshiriladigan bo‘lsa ham sanoatda qo‘llaniladi, deb tan olinadigan ixtirolardan (masalan, cho‘kib ketgan nodir kemani suv tubidan ko‘tarib olish) farqli ravishda, sanoat namunasi bir necha marotaba qayta ishlab chiqariladigan yoki hosil qilinadigan bo‘lishi zarur. Sanaotda qo‘llanilishi tekshirilgandan so‘ng sanoat namunasining yangilik shartlariga muvofiqligi tekshiriladi. Agar sanoat namunasi belgilari bilan bir xil bo‘lgan badiiy-konstruktorlik echimi ochib berilgan axborot manbai aniqlansa sanoat namunasini ushbu shartlarga muaofiq emas deb topiladi. Sanoat namunasi yangiligini belgilashda barcha ma’lum va barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar (ya’ni chop etilgan manbalar)dan tashqari ustuvorlik sanasi bo‘yicha ilgari berilgan va qaytarib olinmagan talabnomalar ham hisobga olinadi. Keyin sanoat namunasining o‘ziga xosligi tekshiriladi. Sanoat namunasining o‘ziga xosligini ekspertizadan o‘tkazishda ko‘pincha ixtironing ixtiro darajasini baholashda foydalanadigan “calbiy” belgilarni aniqlash usuliga o‘xshash yondoshuvlardan foydalaniladi. Masalan, kuyidagilarda mujassamlashgan sanoat namunasining o‘ziga xoslik shartlariga muvofiq deb tan olinmaydi: yaqin anologidan talabnoma beruvchi tomonidan muhim belgilar ro‘yxatiga kiritilgan belgisi (belgilari) bilan farqlanadigan, lekin bu belgining talabnoma beruvchi ko‘rsatgan buyumning estetik xususiyatlariga ta’siri tasdiqlanmagan buyumlar; ilgaridan ma’lum buyumga nisbatan faqat o‘lchami o‘zgartirilgan, elementlari soni ko‘paytirilgan yoki rangi o‘zgartirilgan (lekin yangi koloristik echim emas) buyumlar; alohida olingan oddiy geometrik hajm (prizmasimon, sferik, konussimon) shakldagi buyumlar yoki alohida olingan oddiy geometrik shakllar; haqiqiy mavjud ob’ektning (ham soddalashtirilgan, ham masshtabga rioya qilingan holdagi) kichiraytirilgan yoki kattalashtirilgan nusxalaridan iborat buyumlar (masalan, o‘yinchoqlar, suvenirlar); muayyan maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlarga xos shaklni takrorlovchi, lekin boshqa texnik asosda bajarilgan (masalan, odatda yog‘ochdan ishlanadigan buyumga o‘xshatib polimer materialdan tayorlangan) buyumlar; turli maqsadlarga mo‘ljallangan va tashqi ko‘rinishi o‘xshash bo‘lgan ikkita ob’ekt ma’lumligida tashqi ko‘rinishi shu ma’lum ob’ektlardan olingan buyumlar; tashqi ko‘rinishi o‘zgarmagan holda ilgari malum bo‘lgan alohida buyumlardan tuzilgan to‘plamlar. Xulosada shuni qayd etamizki, buyumning o‘ziga xos, estetik jihatdan ko‘rkam va ergonomik tashqi ko‘rinishi iste’molchilarning tovarga ehtiyojini belgilovchi bosh omillardan biridir. SHuning uchun sanoat namunasini to‘g‘ri va savodli huquqiy muhofazalash bozordagi muvoffaqiyatning garovi, raqobat kurashida esa ustunlikning omilidir. Sanoat namunasiga talabnomalarning tuzilishi va patentlash tartibi Sanoat namunasiga O‘zbekiston Respublikasining patenti yoki patentini berish uchun yoki dastlabki patent (2002 yil oktyabr oyigacha) berish uchun talabnoma quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak [2]: 1. Patent yoki dastlabki patent berish to‘g‘risida belgilangan shaklda tuzilgan ariza, u sanoat namunasi muallifi (mualliflari), patent kim (kimlar)ning nomiga berilishi so‘rarayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs (shaxslar) va talabnoma beruvchi to‘g‘risidagi talab etiladigan ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. 2. Buyum, maket yoki rasmni aks ettiruvchi fotosuratlar to‘plami, ular buyumning huquqiy muhofaza hajmini belgilab beruvchi muhim belgilar majmuini aniqlash imkonini beradigan tashqi ko‘rinishi to‘g‘risidagi mufassal tasavvur hosil qiladi. 3. Buyum tashqi ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfeksion kartasi, agar ular sanoat namunasi mohiyatini ochib berish uchun zarur bo‘lsa. 4. Sanoat namunasining tavsifi, u fatosuratlarda aks ettirilgan buyumning tashqi ko‘rinishini so‘zlar vositasida ochib berishi va uning muhim belgilari majmuini o‘z ichiga olishi kerak. Talabnomaga berilgan miqdorda boj to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi zarur. Agar talabnoma bo‘yicha konvensiya ustivorligi so‘ralayotgan bo‘lsa, talabnoma Patent idorasiga topshirilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida talabnoma beruvchi Parij konvensiyasi ishtirokchidavlatlariga taqdim etgan birinchi talabnomaning nusxasi taqdim etilishi shart. Qonun talablariga muvofiq har bir talabnoma bitta sanoat namunasiga tegishli bo‘lishi va bu namunaning variantlarini o‘z ichiga olishi mumkin (sanoat namunasining birligi talablari). Bunda bitta sanoat namunasi deyilganda yagona bir buyumning badiiy-konstruktorlik echimi, vazifalari umumiy bo‘lgan buyumlar majmui (masalan, mebel garnituri, serviz va boshqalar) tushuniladi. YAgona bir buyum deyilganda birorta butun buyum (masalan, avtomobil) ham uning bir qismini tashkil etuvchi buyum (masalan, bamper, fara va boshqalar) tushuniladi. Sanoat namunasi variantlari deyilganda bitta buyum (to‘plam, komplekt) ning bir xil estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilab beradigan muhim belgilari majmui bilan farqlanadigan badiiy-konstruktorlik echimi tushuniladi. Endi talabnoma hujjatlariga qo‘yiladigan asosiy talablarni ko‘rib chiqamiz [3]: Download 113.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling