4-ma’ruza Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Web-sahifa yaratish texnalogiyalari. Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish. Kompyuter grafikasi va uning turlari
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma\'ruza
4-ma’ruza Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi.Web-sahifa yaratish texnalogiyalari. Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish. Kompyuter grafikasi va uning turlari Kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar Kompyuterlarning o‘zaro turli ma’lumotlar, programmalar almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi. Kompyuterlar uchun bunday tarzda (tarmoqqa biriktirilgan holda) foydlanish juda ko‘p afzaliklarga ega. Masalan, kompyuter tarmog‘iga ulangan bir printerni barcha foydalanuvchilar birgalikda ishlatishi, biror tashkilot miqyosida hisobotni tez tayyorlash uchun uni bo‘limlarga bo‘lib, har bir bo‘lagini alohida tarmoq kompyuterida tayyorlash mumkin. Kompyuterlarning fizik jihatidan birlashtirilishi (simlar yoki boshqa yo‘llar bilan) tarmoq o‘zidan-o‘zi ishlaveradi degani emas. Tarmoqdagi kompyuter tarmoq OT boshqaruvida ishlaydi. 1957 yil ARRA (Advanced Research Rrojects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARRA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARRANet tajriba tarmog’ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo’lishi edi. 1975 yil ARRANet tajriba tarmog’i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi. 80-yillar boshida tarmoqda mashinalarning o’zaro ta’sir protokollari standartlashtirildi. Boshlang’ich variant TCR/IR (Transfer Control Rrotocol/Internet Rrotocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi, bu esa TCR/Irni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda - Internet tashkil etildi. ARRANet 2 ta qismga bo’lindi: MILNet va ARRANet, ularga NSFNet va boshqa tarmoqlar ulandi. 1989 yil - ARRANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta’minot yordamidagina kirish mumkin edi. Kompyuter tarmoqlarining asosiy vazifalari • Tarmoq abonentlari orasidagi axborot almashuvini ta’minlash; • Abonentlar uchun umumiy axborot resurslarini tashkil qilish; • Turli axborot spektrlarini yagona kanallarga mujassamlashtirish; • Telekommunikatsion tizimlarni konvergensiyalash (infokommunikatsion tarmoqni tashkil etish). 1970-1980 yillarda ushbu masalalarni xal etishda axborotni "markazlashtirilgan" qayta ishlash tizimlaridan foydalanish keng tus olgan edi. Katta moddiy harajatlar talab qiluvchi elektron hisoblash mashinalardan (EHM) markazlashgan usulda foydalanish avvalo uning hisoblash quvvatidan beunum foydalanishiga va kompyuter resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini cheklanishiga olib keldi. Qolaversa markaziy EHM ning biror bir qismining qisqa vaqtga bo‘lsada ishdan chiqishi butun tizim uchun oir oqibatlarni keltirdi. Bu esa informatsion tizim foydalanuvchilarining barchasining ishini to‘xtatishga olib keldi. Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko‘p mashinali hisoblash majmualari yoki kompyuter Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling