4-ma’ruza Internet tarmog’i va uning tashkil etilishi. Web-sahifa yaratish texnalogiyalari. Dreamweaver dasturida Web-sahifa yaratish. Kompyuter grafikasi va uning turlari


Internet tarmog’ida qidiruv tushunchasi


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/25
Sana23.09.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1686241
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
4-ma\'ruza

Internet tarmog’ida qidiruv tushunchasi 
Internet – bu ma’lumot okeani. Tarmoqda, deyarli, istagan mavzu bo’yicha barcha 
ma’lumotlar mavjud. Lekin okeanda yo’l topish qiyin bo’lgandek, Internetda ham biror narsani 
topish katta muammo. Agar Internetda axtarish tizimlari bo’lmaganda, ma’lumot okeanida 
umuman biror narsani topish mumkin bo’lmas edi. Ajabo, bunday imkoniyatlar tarmoqda 
mavjud: qidiruv qulay va tez bo’lishi uchun maxsus ma’lumot qidirish tizimlari yaratilgan. 
Qidiruv tizimlarining tuzilishi 
Qidiruv tizimi bu maxsus server, uning asosiy xizmati keng Internet fazosida 
ma’lumotlarni qidirish, to’plash, tartiblash va foydalanuvchilarni kerakli ma’lumot bilan tez va 
qulay ravishda ta’minlash. Qidiruv mashinalar asosiy besh qismdan iborat: 
1. O’rgimchak (spider) – Web-sahifalarni server hotirasiga yuklash dasturi. U oddiy 
brauzerga o’xshab, saytlarni ochib, tarmoqdagi yangi ma’lumotlarni qidiradi. Bu dastur 
ko’rsatkichlar bo’ylab sayohat qilib, topilgan Web-sahifalarni serverga yuklaydi va 
ma’lumot jamg’armasini yangi axborotlar bilan to’ldiradi. 
2. Qurt (crawler) – o’rgimchak serverga yuklagan Web-sahifalarni ko’rib chiqib, barcha 
giperko’rsatkichlarni undan ajratadi va topilgan ko’rsatkichlarni o’rgimchakka taqdim 
etadi. 
3. Tartiblovchi (indexer) – o’rgamchik topgan ma’lumotlarni tartibga keltiruvchi dastur: 
hujjatning matnini tashkil qiluvchi so’zlarni yakka holga ajratib, matndagi turgan joyini 


saqlab qoladi. Bundan tashqari, dastur so’zni katta yoki kichik harflar bilan yozilganmi, 
sarlavhami, ko’rsatkichmi yoki oddiy matnligini o’rganib chiqib, ma’lumotni saqlaydi. 
4. Ma’lumot jamg’armasi (database) – qidiruv tizimi to’plagan va qayta ishlagan barcha 
ma’lumotlar saqlanadigan ombori. 
5. Natijalarni chiqarish mexanizmi (search engine) – foydalanuvchilarni qidirish tizimi bilan 
aloqa qilishda ishlatiladigan dastur. Ayni mana shu dastur siz bergan savolingizga natijani 
saralab, qulay ravishda ekranga chiqaradi. 
Internet tarmog’ida ma’lumotlarni qidiruv - bunda har bir foydalanuvchi o’ziga kerakli 
bo’lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega 
bo’ladi.Internet tarmog’i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan web-saytlar, 
ularning manzili va ichki ma’lumotlari bo’yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga 
kerakli bo’lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi. 

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling