4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi meyorlari, mazmuni. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora tadbirlar Reja


Sanoat chastotasidagi elektr maydonining insonga


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1624370
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi

Sanoat chastotasidagi elektr maydonining insonga 
ta’sirini gigiyenik normasi 
 
Elektr maydoni kuchlanganligi 
kV/m 
Insonni bir sutkada elektr 
maydonida bо‘lishi, minut 
5 dan katta 
5…10 
10…15 
15…20 
20…25 
Chegaralanmagan 
180 dan kо‘pmas 
90 dan kо‘pmas 
10 dan kо‘pmas 
5 dan kо‘pmas 
Yuqori chastotali (YUCH) va ultrayuqori chastotalarning elektromagnit 
maydonlari ta’sirida markaziy asab sistemasi faoliyati buziladi, organizmda 
umumiy kuchsizlik, tez charchash, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, yurak urushining 
sekinlashishi va qon bosimining pasayishi kuzatiladi. 
Elektromagnit tebranishlarning inson organizmiga ta’sirini oldini olish 
uchun sanitar qoidalar bilan nurlanishni ruxsat etiladigan eng kam miqdori 
belgilangan. Nurlantiruvchi qurilmalar (YUCH, UYUS, JYUCH) dagi 
elektromagnit tebranishlar intensivligi metrga voltlarda V/m (elektr maydoni 
kuchlanganligi), metrga amperlarda–A/m (magnit maydoni kuchlanganligi) va 
1sm

ga mikrovattlarda–mkVt/sm

(energiya oqimi zichligi) baholanadi. Elektr 
qurilmalariga xizmat kо‘rsatishdagi mehnat rejimi va elektromagnit tebranish 
parametrlarining xavfsiz chegarasi quyidagi jadvalda keltirilgan. 
Odamlar mehnati jarayonida bо‘ladigan barcha zonalarda elektr 
maydonining kuchlanganligini nazorat qilish PZ-1 moslamasi bilan amalga 
oshiriladi. 
Elektr maydonidan himoyalash har xil ekranlovchi qurilmalar va maxsus 
ekranlovchi kiyimlar yordamida amalga oshiriladi va ular albatta yerga ulanishi 
kerak. Bunda yerga ulagich qarshiligi 10 Om dan yuqori bо‘lmasligi kerak. 
Elektromagnit maydonlari (EMM) himoyalanishning eng samarali usullari 
ularning manbaini ekranlashtirish, masofadan boshqarish va shaxsiy himoya 
vositalarini qо‘llash hisoblanadi. 
Elektromagnit tebranishidan himoyalashning asosiy vositasi nurlanish 
manbalarining yopiq temir devorli kamera yoki mayda metall tо‘rli kamera 
yordamida ekranlashtirishdir. Individual vosita sifatida ekranlovchi kiyimdan 
foydalaniladi. Kо‘zni himoyalash uchun latundan mayda tо‘rli kо‘z oynak tavsiya 
etiladi. YUCH va UYUCH qurilmalarga xizmat kо‘rsatuvchi ishchilar bir yilda bir 
marta, JYUCH qurilmalariga xizmat kо‘rsatuvchi ishchilar esa 6 oyda bir marta 
tibbiy kо‘rikdan о‘tkaziladi. Bunday tashqari JYUCH qurilmalarga xizmat qiluvchi 
ishchilarga ishlarida har yili ikki oylik tanaffus beriladi. 
Nurlanishlarning ichida eng xavflisi radioaktiv nurlanish hisoblanadi. Uning 
ta’siri markaziy asab sistemasida, qonda, qon hosil qilish organlarida, qon 
tomirlarda va boshqa joylarda kompleks og‘ir о‘zgarishlarga olib keladigan 


nurlanish kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bu kasallikning xarakterli belgilari 
organizmdagi ezilgan holat, bosh aylanishi, kо‘ngil aynishi, umumiy kuchsizlik va 
boshqalar hisoblanadi. 
Radioaktiv nurlardan nurlanish ichki va tashqi bо‘lishi mumkin. Ichki 
nurlanish organizmni ichkarisiga radioaktiv bug‘lar, gazlar va aerozolli havodan 
nafas olgan hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan radioaktiv moddalar kirganda yuz 
beradi. 
Tashqi radioaktiv nurlanishdan himoyalanish uning manbaini ekranlashtirish 
bilan hal etiladi. Ichki radioaktiv nurlanishdan maxsus profilaktik tadbirlar 
yordamida va maxsus sanitar gigiyenik rejimni saqlash bilan himoyalaniladi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling