4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi meyorlari, mazmuni. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora tadbirlar Reja
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi
Adabiyotlar (3, 4, 5, 6, 7, 8) Tayanch sо‘zlar: mehnat gigiyenasi, mikroiqlim, zararli omillar, shovqin, titrash, noqulay mikroiqlim, ultratovush, infratovush, zarali modda. 4.Texnosferada havo muhitining kо‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik meyorlari, ularning inson organizmiga ta’siri. exnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri, ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari, ularning inson organizmiga ta’siri Texnosfera – bu ishlab chiqarish jarayonlarida insonning mashina va mexanizmlar , dastgohlar bilan ishlash jarayonidagi muhit bilan belgilangani holda bunda muhim ko‘rsatkichlar – havo muhiti, zararli va xavfli omillar ishchining ishlash muhitidagi me’yorlarini belgilaydi. Bularning asosini ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi tashkil etadi. Havo muhitining asosiy ko‘rsatkichlari – mikroiqlim parametrlari , havo tarkibidagi zararli omillar orqali belgilanadi. Bunda: -haroratning ortib ketishi tana haroratining ortishiga, bu esa ko‘p terlashga olib kelib , tanadagi zaruriy eritmalar miqdorining kamayishiga olib keladi; -haroratning kamayishi shamollashga , bod kasalligiga olib keladi ; -nisbiy namlikning ortishi o‘pka kasalligiga olib keladi; -nisbiy namlikning kamayishi organizmdan ko‘p suv chiqishiga olib keladi va organizmdagi suv miqdorining kamayishiga olib keladi; -havo harakatining kamayishi terlashga olib keladi ; -havo harakatining ortishi shamollashga olib keladi; -atmosfera bosimining ortishi inson tanasini siqib , qon tomirlari yorilishiga, ya’ni, teridagi va og‘iz-burun bo‘shliqlaridagi hamda quloqdagi kopillyar tomiralar yorilishiga olib kelib , qon ketishi kuzatiladi; -atmosfera bosimining kamayib ketishi inson tanasidagi qon bosimi kapillyar tomirlarni yorib , qon ketishi kuzatiladi; -havo tarkibida zararli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy me’yordan ortib ketishi pnevmoniyaning turli ko‘rinishidagi kasalliklarga olib keladi. SHuning uchun ham ko‘rsatilgan barcha omillarga ishlab chiqarish korxonalaridagi ish joylarida alohida e’tibor beriladi. Bularning barchasi bilan ishlab chiqarish sanitariyasi shug‘ullanadi. Nazorat savollari 1. Ishlab chiqarish sanitariyasi nima? 2. Insonga zararli omillar qanday yо‘l bilan ta’sir qiladi? 3. Noqulay mikroiqlim nima? 4. Mikroiqlim deganda nimani tushunasiz? 5. Ishlab chiqarishdagi zararli moddalar va ularning organizmga ta’sirini ayting? 6. Ishlab chiqarish changlari va ularni organizmga zararli ta’sirini ayting? 7. Changlarni zararli ta’sirini kamaytirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish kerak? Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling