4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi meyorlari, mazmuni. Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri, ularga qarshi chora tadbirlar Reja
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
4-Ma’ruza. Ishlab chiqarish sanitariyasi asoslari va gigiyenasi
3. Chang va uni organizmga ta’siri Davlat standartiga kо‘ra ishchining doimiy yoki vaqtinchalik bо‘ladigan ish joyidagi pol sathidan 2 m balandlik ishchi zona hisoblanadi. Traktor, kombayn va boshqa mashinalarning kabinalari ichidagi fazo ham ish joyi hisoblanadi. Kо‘p hollarda ishlab chiqarishda ishchi zonalar chang bilan ifloslanadi. Ayniqsa har xil ekinlarni kombayn bilan yigishtirishda, donlarni tozalashda, yerga ishlov berishda, oziqalar tayyorlashda, xuddi shuningdek hayvonlarni boqishda changlarning havodagi miqdori intensiv ravishda oshadi. Qattiq moddaning havoda muallaq holatda bо‘la oladigan eng mayda zarrachalari chang deb ataladi. Havodagi changlar aspiratorlar yordamida aniqlanadi. Changlarning zarralari organik (о‘simlik va hayvon changlari), organik bо‘lmagan (mineral va metall changlari) va aralashgan holda bо‘lishi mumkin. Chang kо‘zga, nafas olish yо‘llariga, о‘pkaga va teriga zararli ta’sir qiladi. Changlarning fizik va ximiyaviy xossalari ularning dispersligi, yer silkinish zarrachalarning shakli, erish qobiliyati hamda ximiyaviy tarkibiga bog‘liq. Changlarning havoda muallaq holatda bо‘lishi davomiyligi, nafas olish organlariga kirib borish chuqurligi, fizik va ximiyaviy faolligi va boshqa xossalari chang zarrachalarining о‘lchamlariga bog‘liq bо‘ladi. О‘lchami 200 mk dan katta chang zarrachalari tez о‘tiradi. О‘lchami 200 mk dan kichik (0,1 mk gacha) chang zarrachalari havoning qarshiligi tufayli sekin о‘tiradi. О‘lchami 0,1 mk dan kichik (kо‘zga kо‘rinmaydigan) chang zarrachalari deyarli о‘tirmaydi va havoda tartibsiz harakatda bо‘ladi. Bunday changlarni nafas olish organlari orqali ichki organizmlarga kirishi ehtimoli katta. Modda qanchalik qattiq va uning maydalanishi qanchalik intensiv bо‘lsa, uning disperslik darajasi shunchalik yuqori va inson organizmiga ta’siri shunchalik zararli bо‘ladi. Qurilish korxonalarining ishlab chiqarish xonalari havosida 70-80 % 5 mk gacha kattalikdagi chang zarrachalari bо‘ladi. Changning biologik faolligi xususan uning inson organizimiga ta’siriga, ximiyaviy tarkibiga bog‘liq. Changning dispersligi ortishi, ya’ni maydalangan moddalarning solishtirma sirtining kattalashishi bilan uning ximiyaviy faolligi ortadi. Changning eruvchanligi katta ahamiyatga ega. Zaharli changlarning hujayra suyuqliklarida yaxshi eruvchanligi juda zararli hisoblanadi. Kattaligi 5 mk bо‘lgan va undan katta chang zarrachalari yuqori nafas olish yо‘llarida, burun bо‘shlig‘ida ushlanib qoladi va ular shilliq pardani shikastlaydi, yallig‘laydi. Bu holning oldi olinmasa u zо‘rayib burun bо‘shlig‘ining tozalash (filtrlash) xususiyati pasayadi. О‘lchami 5 mk dan kichik chang zarrachalari о‘pkaga kirib boradi. Nafas olish yо‘llariga chuqur kirib, bu yerda uzoq turib qolgan changlar har xil og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarishda chang hosil bо‘lishiga va uning inson organizmiga zararli ta’sir qilishiga qarshi kurash tadbirlari quyidagi yо‘nalishlarda olib borilishi zarur: 1. chang hosil bо‘lishini butunlay yо‘qotadigan texnologik jarayonlarni takomillashtirish; 2.apparatlar, jihozlar, elevatorlar, transportyorlar, shneklar, bо‘nkerlar va hakozalarni germetiklash; 3. qо‘lda maydalash ishlarini mexanizatsiyalashtirish; 4.qurilishda gidrochangsizlantirgich, pnevmotransportlardan keng foydalanish; 5.changlarga qarshi shamollatkichlar о‘rnatish, chang manbalarini izolatsiya qilish; 6.xonani nam usulda tozalash; 7.ishchilarni individual himoya vositalari bilan ta’minlash. Qishloq xо‘jaligida esa bularga qо‘shimcha ravishda germetik kabinalardan foydalanish va unga majburiy holda toza havoni uzatish hamda uning mikroiqlim parametrlarini yaxshilashni amalga oshirish juda foydali hisoblanadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling