4-ma’ruza: Kimyoviy texnologik jarayonlarni boshqarish


Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi


Download 219.5 Kb.
bet3/3
Sana13.02.2023
Hajmi219.5 Kb.
#1194074
1   2   3
Bog'liq
4-ma’ruza Kimyo

Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi:
a) gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqt bo‘yicha ajratib qo‘yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, rabotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi;
b) xavflarni yo‘qotish yo‘li bilan noksosferani me’yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va birgalikdagi himoya vositalarini qo‘llashi kiradi;
d) bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashtirishga, ularni himoyalash darajasini ko‘tarishga yo‘naltirilgan har xil vositalar va usullar: kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta’sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo‘llaniladi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarga, jamoa (JHV) va shaxsiy (ShHV) himoya vositalari kiradi. Ular o‘z navbatida xavfsizlikning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi.
3. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari
HFX uslubiy va boshqaruv masalalarining xavfsizlik darajasi va «T»ga ob’yektiv ta’siri katta.
1. Boshqarishning tashkiliy ishlarini nazorat qilish va tekshirishtizimini yaratish.
Tadbirlarning ta’sir qilishini, foydasini aniqlash.
Rag‘batlantirish.
HFX boshqarilishida inson-muhit tizimi tushuniladi. HFXni boshqarish ob’yektiv xavfli holatdan kam xavfli holatga o‘tkazishdir. Bunga iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik shartlariga amal qilinadi. HFXni boshqarish sxemasi 2.3- rasmda keltirilgan.
HFX ni boshqarishning vazifalari quyidagilardan iborat: Ob’yekt holatining tahlili va bahosi.
Ob’yekt holatining tahlili va hisoboti.
Boshqarishning tadbirlari.
Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarni tashkil qilish.

Nazorat savolari
Xavfsizlikni ta’minlashni qanday yo‘llari bor?
Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarga nimalar kiradi?
Hayot faoliyati xavsizligini boshqarilishi qanday ta’minlaniladi?

5-ma’ruza.Texnologik uskuna, jihoz va meanizimlarning havfsizligi.

Ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskuna jihozlar va mehanizimlarni ishlatishda mustahkamlik, germetiklik, koroziyaga chidamlilik tushunchalari. Havfsizlik chora tadbirlari.

Reja:


1.Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish tizimi
2.Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘tkaziladigan instruktaj turlari
3.Yangi ishga kiruvchilar uchun instruktajlar o‘tkazish
tartibi

Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish tizimi

Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish tizimi – korxonada, viloyat, shahar, tuman mehnat birjalarida, agar maxsus turdagi, ya’ni xavflilik va zararlilik darajalari yuqori bo‘lgan ishlarga doir faoliyat xavfsizliklari o‘zbekiston Mehnat vazirligida yoki uning qoshidagi boshqarmalarda maxsus sertifikat berish usulida o‘qitiladi.
O‘qitishning bosh qismi asosan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘qitish tizimlari – guruhiy yoki yakka tartibda, dars ko‘rinishida hamda amaliy tadbirlar ko‘rinishida amalga oshiriladi.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘tkaziladigan instruktaj turlari

Mehnat muhofazasi bo‘yicha korxona va tashkilotlarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida instruktajlar o‘tkaziladi. Instruktaj - ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida ishlab chiqarish jarayonlari davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf, baxtsiz hodisalar hamda jarohatlanishlar kelib chiqishi, unga qarshi kurash chora-tadbirlarning tizimi to‘g‘risidagi tushunchalar to‘plami.
Hozirgi kunda instruktajlarning quyidagi turlari mavjud:
-kirish instruktaji. Bu instruktaj yangi ishga kiruvchilarga, amaliyot o‘tash uchun borgan o‘quvchilar va xizmat safariga borganlarga o‘tiladi. Uni korxonaning bosh muhandisi yoki mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis o‘tkazadi va undan o‘tganlar maxsus instruktaj qaydnoma jurnaliga imzo qo‘yadilar;
-birlamchi instruktaj. Bu ish o‘rnida beriladigan instruktaj bo‘lib, ishga kirganlar yangi ish boshlashdan oldin yoki boshqa ishga o‘tganda, ish sharoitlari hamda ishlab chiqarishdagi texnologiya o‘zgarganda syex boshlig‘i, usta yoki uchastka rahbari tomonidan o‘tkaziladi. Bu instruktaj xavfsiz ishlashni ta’minlash yo‘nalishida o‘tkaziladi;
-takroriy instruktaj. Bu o‘rtacha har olti oyda bir marta o‘tadi. Takroriy instruktajning asosiy maqsadi ishchining xotirasida mehnat muhofazasi qoidalarini esga tushirishdan iborat. Bunda biror qoidabuzarlik natijasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarni tahlil qilish mumkin, chunki baxtsiz hodisaning qanday xatolikka yo‘l qo‘yilishi natijasida yuzaga kelganligini, buni qanday bartaraf etish mumkinligini tushuntirish ham takroriy instruktaj bo‘lib hisoblanadi;
-rejadan tashqari instruktaj. Bunday instruktajlar texnologik jarayonlar o‘zgarganda, mehnat muhofazasi qoidalari o‘zgarganda, yangi texnika qo‘llanganda, ishchilarning mehnat xavfsizligi talablarini buzgan vaqtlarida (chunki bunday paytda jarohat, avariya, portlash yuzaga kelishi mumkin) va shular singari hollarda o‘tkaziladi. Bulardan tashqari mehnat xavfsizligiga qo‘shimcha talablar kiritilganda 30 kalendar kundan ortiq tanaffus (dam olish)dan so‘ng, boshqa har qanday holdagi ishlar uchun 60 kunlik tanaffusdan so‘ng rejadan tashqari instruktaj o‘tkaziladi.
joriy instruktaj. Bunday instruktaj vazifani bajarishga ruxsatnomani rasmiylashtirilgan ishlab chiqarish ishlaridan oldin ishchilar bilan o‘tkaziladi. Joriy instruktajlar bevosita ish rahbari tomonidan o‘tkazilib, kirish, takroriy, birlamchi va hok instruktajlar kabi instruktaj jurnallarida qayd qilib boriladi.
Instruktajlar jurnallarda quyidagi jadval ko‘rinishida qayd etiladi (Jurnalning boshlanish qismida korxona nomi, instruktaj turi, bunga doir to‘liq xavfsizlik texnikasi qoidalari va ko‘rsatmalari yoziladi):

Yuqori xavfli qurilma va moslamalarda elektr va gaz bilan payvandlashda, ko‘tarish kranlarida, yuqori bosimli qurilmalarda ishlovchi kishilar Gosgortexnazorat tashkilotlarida o‘qitiladi va ularning bilimlari tekshirilib, sinovdan o‘tkazib, maxsus guvohnoma(ruxsatnoma)lar beriladi.


T/R
Instruktaj oluvchining F.I.O.
Instruktaj turi
Instruktaj oluvchining imzosi

Instruktaj olib boruvchi: _________ ____________________________


(imzosi) (vazifasi, familiyasi, ismi)
Korxona muhri «_____» _______________ 20__ yil
(instruktaj o‘tkazilgan kun, oy, yil)

Mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun ishchining layoqatini hisobga olib, uning fizik, antropolik (antropometrik) ma’lumotlari asosida o‘ziga mos ishga qo‘yish ham muhim hisoblanadi. Masalan, bod kasali bor, nimjon kishilarni qurilish ishlarida ishlashiga ruxsat berilmaydi; gipertoniya va jigar xastaligi bilan og‘rigan kishilar yuqori kuchlanishli elektr tokiga bog‘liq ishlarda, yuqumli kasallik bilan og‘rib turuvchi kishini oziq-ovqat sanoatida, tarbiya muassasalarida ishlashiga ruxsat berilmaydi; o‘pka kasalligi bilan og‘rigan kishiga gaz bilan payvandlash, kimyo, oziq-ovqat sanoatlari va shu kabi bir qancha korxona hamda tashkilotlarda ishlashga ruxsat berilmaydi va hokazo.


Turli xildagi ko‘rsatma(instrksiya)lar korxona va tashkilotlar ma’muriyatining kasaba uyushma qo‘mitalari bilan kelishgan holda ishlab chiqariladi va tasdiqlanadi. Vazirlik Respublika kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishgan holda asosiy kasb ishchilari uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha katta instruksiya va loyihalarni tasdiqlashi mumkin.
Ishchi va xizmatchilar mashina, mexanizmlar bilan ishlashda mehnat muhofazasining qonuniy talablariga amal qilishlari, ularga berilgan individual himoya vositalaridan foydalanishlari qat’iy talab qilinadi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha nazorat bo‘limlari yoki muhandislar korxona-tashkilotlar har-xil bo‘lim, qism(syex)lardagi mehnat muhofazasi ustidan ichki nazorat olib borishlari, sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishlarni yo‘lga qo‘yishlari kerak.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis zimmasida quyidagi ishlar turadi:
-tashkilotning mehnat muhofazasi xonasini talab darajasida jihozlaydi;
-tashkilotning mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilishiga javob beradi;
-bu tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
-korxonada mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarga qanday amal qilinayotganligini va belgilangan tartiblarni bajarish yuzasidan nazorat o‘rnatadi;
-korxonadagi ishlab chiqarish loyihalarida, syex ta’mirlarida ishtirok etadi;
-avariya va baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etadi.
Yuqoridagilardan tashqari, mehnat muhofazasi muhandisi qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni oldindan rejasini tuzib, korxona rahbarining imzosi bilan tasdiqlatadi. Korxonada rejada ko‘rsatilgan instruktajdan tashqari barcha instruktajlar ham tasdiqlangan holatda bo‘lishi talab etiladi. Mehnat muhofazasi muhandisi korxonada tashkil etilgan mehnat muhofazasi bo‘yicha to‘la javobgar bo‘lib hisoblanadi.

Yangi ishga kiruvchilar uchun instruktajlar o‘tkazish


tartibi
Har qanday tashkilot va korxonalarga ishga yangi qabul qilingan barcha ishchilar ish o‘rinlarida kirish instruktaji (yo‘riqnomasi) va birlamchi instruktajdan o‘tganlaridan keyingina ishga qo‘yilishlari mumkin. Kirish instruktajini mehnat muhofazasi muhandisi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda ishga yangi qabul qilingan ishchi ayni ishlab chiqarishdagi mehnat muhofazasining holati, korxonaning ichki tartib-qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘inga qarshi himoya tadbirlari, elektr xavfsizligi hamda xavfsizlik texnikasi tadbirlari bilan tanishadi. Kirish instruktaji bo‘yicha mashg‘ulotlar mehnat muhofazasi kabinetida, ishlab chiqarishning xavfsiz usullari tasvirlangan ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanib o‘tkaziladi. Ish turlariga qarab ayrim xavfli ishlar uchun yangi ishga kiruvchilar ish boshlashdan oldin shu ishga doir maxsus o‘quv kursini o‘tashlari va instruktaj olgandan keyingi bilimlari sinovi o‘tkazilishi shart.
Ishga kirgandan so‘ng ish o‘rnida xavfsizlik texnikasi bo‘yicha birlamchi instruktajni usta yoki uchastka(syex, brigada) boshliqlari tomonidan o‘tkaziladi. Birlamchi instruktajda ishchilarga o‘z ixtisosligi bo‘yicha vazifalari, ish o‘rnini xavfsiz tashkil qilish tartibi bilan tanishtirish, qurilma va mexanizmlarning tuzilishi, ishlash prinsiplari, ularga xizmat ko‘rsatish, asbob-uskuna va moslama, himoya vositalaridan foydalanish hamda xavfli, zararli omilllar mavjud qismlarga turli to‘siqlar o‘rnatish, ishlatish, ulardan foydalanish qoidalari, shuningdek xavf tug‘ilgan taqdirda o‘zini qanday tutish kerakligi, xavfga qarshi chora ko‘rish yo‘l-yo‘riqlari bilan tanishtiriladi. Instruktaj o‘tkazilgandan so‘ng usta yangi ishchiga o‘z kasbi yoki bajarayotgan ishning turi bo‘yicha xavfsizlik texnikasiga oid instruksiya yoki eslatma topshirishi kerak.
Ish o‘rnida beriladigan instruktaj, shuningdek, har safar boshqa ishga o‘tganda yoki ish sharoitlari o‘zgarganda ham o‘tkaziladi; ko‘pchilik hollarda syex ishchilari o‘z sohalariga doir ishlar yuzasidan (kompleks holda) xavfsizlik texnikasidan instruktaj olishlari shart.
Yangi ishga kirganlar uchun ishga kirgandan boshlab uch oydan kechiktirmasdan tashkilot yoki korxona bosh muhandisi tasdiqlagan programma asosida ishlarning xavfsiz usullari va bu usullarni qo‘llashlari bo‘yicha o‘qitish zarur. O‘qitish tugagandan so‘ng ishchining ko‘rsatilgan ishlarning usul va ularni qo‘llashlarini o‘zlashtirganligi yuzasidan olgan bilimi tekshirilib, unga guvohnoma beriladi.
Soha yo‘nalishlariga qarab toki har kvartalda bir martadan takroriy instruktaj o‘tkazilishi mumkin. Xavfsizlikning yuqori talablari qo‘yiladigan ish turlarida band bo‘lgan ishchilar xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qish kursini tugatib, imtihon topshirganlaridan so‘ng va ish bajarishga guvohnomasi bo‘lgan hollardagina ishga qo‘yiladilar. Shuni esda tutish kerakki, o‘qish muddati yillik bo‘lishi mumkin. Agar o‘qish tugagandan keyin bir kvartal ishlamagan ishchi bo‘lsa, o‘qitilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma o‘z kuchini yo‘qotadi va bu ishchini qaytadan o‘qishga qo‘yiladi.
Instruktaj berishdan asosiy maqsad ishchining biror baxtsiz hodisaga yo‘liqmasligi bo‘lib, korxona yoki tashkilotda instruktaj yaxshi o‘tkazilsa, jarohatlanish chastotasi ko‘rsatkichi Kchkamayadi:
,
bu yerda - jarohatlanish (baxtsiz hodisa)ning aniq vaqt orasidagi soni; - korxonadagi ishchilarning o‘rtacha soni.
Yuqoridagi formuladan ko‘rinib turibdiki, jarohatlanishlar soniga jarohatlanish chastotasi to‘g‘ri proporsional ravishda bog‘langan.
Jarohatning og‘irlik ko‘rsatkichi bitta baxtsiz hodisadagi ishga yaroqsizlikning o‘rtacha uzunligini harakterlovchi kattalik bo‘lib, buni quyidagi formuladan aniqlanadi:
,
bu yerda: - barcha baxtsiz hodisalar bo‘yicha ishga yaroqsiz kunlarning summar soni. Formulaga e’tibor berilsa, jarohatlanishlar natijasida ishga yaroqsiz kunlarning amaliy yig‘indisi qiymatining ortishi bilan jarohatning og‘irlik ko‘rsatkichi K( qiymati ortadi. Demak, jarohatlanish chastotasi ham, jarohatlanish og‘irligi ko‘rsatkichi ham qanchalik kamaysa, ish unumi ortishiga olib keladi. Bundan ko‘rinadiki, ishchilarga beriladigan instruktajning yaxshilanishi jarohatlanishning kamayishiga, bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishning ortishiga olib keladi.
Soha mutaxassisliklari bo‘yicha mehnat muhofazasining alohida – Spesifik tomonlari mavjud. Bu o‘rinda mehnat turiga bog‘liqlik borligi ko‘rsatiladi. Masalan, aqliy mehnat egalari uchun korxona yoki tashkilotlarning qaysi bo‘limlarida ishlashlaridan kelib chiqqan holda instruktaj beriladi. Agar bevosita ishlab chiqarishga aloqador aqliy mehnat bo‘lsa, bunday aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar ham korxona uchun umumiy bo‘lgan xavfsizlik texnikasi instruktajlarini olishlari shart.
Qurilish sohasida asosiy urg‘uni yuqorida ishlovchilarga, payvandlovchilarga, yuqori bosimli idish va qurilmalar kabilarda ishlovchilarga qaratiladi. Avtomobillarni ishlatuvchi va ularni ta’mirlovchilar uchun esa, chilangarlik ishlarida, korxonalarda ishlarni tashkil qilishda, turli dastgohlarda ishlashdagi xavfsizlik texnikalari kabilarga alohida e’tibor beriladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari mutaxassisliklari sohalarida shisha idishlar bilan ishlashdagi, elektr bilan ishlashdagi, kesuvchi, presslovchi, pishiruvchi kabi apparatlardagi shu kabi jarayonlardagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga alohida e’tibor beriladi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha instruktajlar barcha sohalarda berilishi talab etilib, bunda yuqoridagilardan tashqari yong‘in xavfsizligi, yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni belgilash, yo‘l-harakat xavfsizligi, jarohatlanganlarga ko‘rsatiladigan zaruriy birinchi yordamlar to‘g‘risida ham tushunchalar beriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, instruktaj olib ishlash-xavfsizlikni to‘la ta’minlab ishlashda mehnat muhofazasining instruktaj berish tartib qoidalari asosidagi tadbirlarga juda qattiq e’tibor berishni talab qiladi. Mutaxassislikning haqiqiy egasi bo‘lishlikda kollej va institut talabalari hamda yosh ishga kiruvchilarga jarohatlanishning oldini olishda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni tub ma’nosiga yetib borishlik muhim hisoblanadi.

Takrorlash uchun savollar:


1.Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga o‘qitish tizimi deganda nimani tushunasiz?
2.Instruktaj(yo‘l-yo‘riq) deganda nimani tushunasiz?
3.Mehnat muhofazasi bo‘yicha kirish instruktajini kim o‘tkazadi?
4.Mehnat muhofazasi muhandisining vazifalari nimalardan iborat?
5.Ish joyidagi instruktajni kim o‘tkazadi?
6.Bevosita rahbar deganda nimani tushunasiz?

Tayanch so‘z va iboralar:


1.Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitishni tashkil qilish.
2.Korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘icha yo‘l-yo‘riq o‘tkazish
3.Korxonalarda mehnat muhofazasi.
4.orxonada mehnat muhofazasi muhandisi.
5.Mehnat muhofazasi xonasi.
6.Mehnat muhofazasining ob’yekti.

6-maruza:Ishlab chiqarishda elektr havfsizligi.

Inson organizimiga elektr tokining ta’siri. Undan shikastlanish turlari. Shikastlanishga olib keladigan sabab va omillar. Elektr havfsizligini ta’minlahda muhim bolgan va qollaniladigan tehnikaviy choralar va himoya vositalari. Sanoat korhonalarida fvtomatizasiyning qollanishning ahamiyati. Avtomatik nazorat himoya,tusiqlash turlari, tizimlarini qo’llash talablari.
Reja:
Elektr xavfsizligi. Elektr tokining turlari.
Elektr tokining inson organizmiga ta’siri.
Elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish uchun qo‘yiladigan umumiy talablar.
Elektr tokidan zararlanishlarning yuzaga kelishi.
Ishlab chiqarish korxonalarida elektr toklarini ulashga qo‘yiladigan talablar.
Elektr tokidan shikastlanish oldini olishda texnik chora va individual himoya vositalari. Yerga ulash va uning ahamiyati. Nollash va uning vazifasi.
Elektr toki urgan kishilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

Har qanday korxona, sanoat, uy sharoitlarida elektr tokidan foydalanilishi albatta, elektr xavfsizligini o‘rganishni taqozo etadi. Chunki elektr tokining insonga ta’sir etishi tahlil qilinganda 80 % o‘lim bilan yakunlanadi.


Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligini o‘rganish uchun quyidagi mavzular muhim sanaladi:
Elektr xavfsizligi

Hozirgi kunning sanoat ishlab chiqarishdagi asosiy energiya manbai elektr toki bo‘lib hisoblanadi. Ishlatilish sohasi bo‘yicha deyarli barcha dastgoh, yoritgich, minora krani, havo almashtirgich, lentali transportyor, eskalator va hokazo juda ko‘p turdagi harakatlanuvchi mashina-mexanizmlarlarda elektr toki ishlatiladi. Bu esa o‘z navbatida elektr tokining o‘ziga xos xavfsizlik tomonlarini o‘rganishni taqozo etadi. Bunga asosiy sabab shuki, ishlab chiqarishdagi barcha jarohatlanishlarning bir foizini va shu bilan birga umumiy o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz hodisalarning 20-30 % ini elektrdan jarohatlanish tashkil qiladi. Tekshirishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalarning deyarli 80 % i 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanishli elektr tokida ishlovchi elektr dastgoh va qurilmalarda yuzaga kelgan. Shuning uchun ham elektrdan jarohatlanish sabablari, ularni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan bo‘lib hisoblanadi.


Mehnat muhofazasining elektr xavfsizligini tushuntirishda elektr tokidan to‘g‘ri foydalanish yo‘llari, elektr tokining inson organizmiga zararli ta’siri kabilar tushuntirilishi bilan birga elektr tokining turlari ham to‘la tushuntiriladi. Elektr toklarining turlarini tushuntirish uchun dastlab elektr tarmoqlarini esga olishimiz zarur. Sababi elektr toki sanoat ishlab chiqarishining asosiy energiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Korxona va tashkilotlarda maishiy xizmatlar uchun ham elektr toki ishlatiladi.
Elektr xavfsizligi qisqacha aytilganda - elektr tokining, elektr yoyning, elektromagnit maydonlari, statik elektr toklarining zararli va xavfli ta’sirlaridan insonlarni muhofaza qilishni ta’minlovchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimlari hisoblanadi.

Elektr tokining turlari



Elektr tokini turlarga ajratilishida dastlab o‘zgaruvchan va o‘zgarmas, ularni sanoat korxonalarida ishlatilish sohalaridan kelib chiqqan holda yuqori (1000 V dan yuqori) va past (1000 V gacha) kuchlanishli turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish korxonalarida past kuchlanishli, asosan 380 V, 220 V kuchlanishli elektr toklari ko‘p ishlatiladi.
Bulardan tashqari elektr tokini ishlatilishi bo‘yicha ikki turga bo‘linadi:
-maishiy xizmat elektr toklari – bularning kuchlanishi 110÷220 V;
-ishlab chiqarish elektr toklari - kuchlanishi ≥ 380V.
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha turdagi elektr toklari inson hayoti uchun xavfli bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham ulardan foydalanishda dastlabki montaj, ya’ni ulash ishlaridan boshlab xavfsizlik qoidalariga amal qilish lozim.
Elektr tokiga ulash ishlari saqlagich, avtoo‘chirgich, rubilniklar orqali amalga oshiriladi. Inson tok ta’siriga tushib qolgan paytda dastlab rubilnikdan tok uziladi. Agar rubilniklar ishlamay qolsa, elektr tokining ta’siridan insonlarni qutqarish uchun tok kuchlanishi kattaligiga qarab, 1000 V gacha bo‘lsa, tok ta’sirida qolgan kishining quruq kiyimidan tortishga ruxsat etiladi. 1000 V dan yuqori kuchlanish ta’sirida qolgan kishilarni simni uzun yog‘och dastalardan foydalangan holda ko‘tarib olish yoki tok simlarini quruq dielektrik materialli dastali boltalar yordamida kesish bilan uzib, tokdan to‘la ozod etish orqali qutqarish ishi bajariladi.
Insonga ta’siri bo‘yicha tok kuchi o‘lchamlari bo‘yicha ham guruhlarga ajratiladi. Bunga ko‘ra, inson organizmiga ta’sir etishi bo‘yicha o‘zgaruvchan elektr toklari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
0,5 – 1,5 mA tok kuchiga ega bo‘lgan elektr toki. Bu sezish bo‘sag‘asi deb yuritiladi. Sababi bu kattalikdagi tok ta’sir etganda inson buni sezadi, zarurat bo‘lganda o‘zini bu tokning ta’siridan olib qocha oladi.
10 – 15 mA li elektr toki. Bu xavfli elektr toki hisoblanib, buning ta’siriga tushgan kishi birovning yordamisiz tok ta’siridan qutula olmaydi (o‘zgarmas toklarda esa 20 mA li toklarda ham o‘zi qutilib olishi mumkin).
100 – 110 mA li tok kuchi. Bu halok qiladigan tok deyiladi. Buning ta’sirida 3-4 minut qolgan odam halok bo‘ladi.
Insonga ta’siri bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari va maishiy maqsadlarda ishlatiladigan toklarning kuchlanishlariga qarab hozirgi kunda quyidagi turlarga ham bo‘linadi:
0 – 42 V. Bu inson organizmi sezishi mumkin bo‘lgan, uning ta’siridan o‘zi qutilishi mumkin bo‘lgan kuchlanishli elektr toki hisoblanadi. Bunday elektr toklari asosan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘chma yoritgichlar hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ishlatiladi;
110 – 220 V. Bu maishiy xizmatlar, xonadonlarda ishlatiladigan elektr kuchlanishlari. Buning ta’siridan inson o‘zi qutilishi mumkin emas;
220 - 1000 V. Bu sanoat ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladigan asosiy elektr toki. Bunday kattalikdagi tok ta’sirida 3-4 minut qolgan inson halok bo‘ladi.
1000 V dan yuqori. Bunday turdagi elektr toklarini yuqori kuchlanishli elektr toklari deb ataladi va bu toklar ta’siriga tushgan inson albatta halok bo‘ladi.
Inson tanasidan o‘tayotgan tokning kattaligi elektr qurilmaning va elektr toki harakatlanayotgan zanjirdagi barcha elementlarning qarshiligiga, shu jumladan inson tanasining qarshiligiga bog‘liq bo‘ladi.

Elektr tokining inson organizmiga ta’siri



Elektr toki inson organizmi uchun katta xavf bo‘lib hisoblanadi. Inson organizmi orqali elektr toki o‘tganda, elektrdan jarohatlanish kelib chiqadi: muskullar qisqaradi; ko‘z qorachig‘i kengayadi; miya faoliyati buziladi; tana qiziydi; teri kuyishi mumkin; organizma biologik o‘zgarishlar kuzatiladi; organizmda qutblanish kuzatiladi va hokazo.
Dastlab barcha muskullar qisqarishi, tok urishi, elektr tokidan kuyish, turli xil ko‘rinishdagi dog‘(belgi)lar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Elektr tokining ta’sirida og‘ir jarohatlar yuzaga kelishi, inson hattoki o‘lishi mumkin.
Elektr tokining urishi natijasida inson hushsizlanib, buning natijasida qon aylanish tizimi ishdan chiqib, fibrillyasiya yoki yurak faoliyati izdan chiqishi mumkin. Fibrillyasiya deb yurak muskullarining alohida tolalari(fibrillari)ning xaotik(tartibsiz) holda ishlashi, ya’ni yurak turlicha qisqarib-kengayishi tushuniladi. Tashqi fibrillyasiya kuzatilganda insonning yurak urishidagi puls deyarli sezilmaydi. Bu holatda inson organizmi uzoq vaqt davomida me’yorida ishlay olmaydi, o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, insonda klinik o‘lim kuzatilishi mumkin.
Elektr tokidan kuyish elektr tokida ishlab turgan qurilma, dastgohlarni qoidaga xilof holda uzilganda, ya’ni simlar to‘la izolyasiya qilinmagan holda, elektr yoy hosil bo‘lganda, yuqori kuchlanish bilan ishlayotgan elektr qurilmalari ochiq simlariga hamda qisqa tutashuvga yaqin turilganda va shu kabilarda hosil bo‘ladi. Kuyish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tok o‘tkazuvchi qismlar bilan kontaktda bo‘linganda ham yuzaga kelishi mumkin. Elektr tokidan kuyish og‘ir ko‘rinishdagi kuyish kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin va buni davolash juda ham qiyin kechadi. Ayniqsa teri to‘qimalarining ichki qatlamlarigacha kuyganda bu holat yaqqol namoyon bo‘ladi. Elektr toki ta’siridan tanada hosil bo‘ladigan belgilari inson organizmiga tokning kirish va chiqish joylarida kuzatiladi. Bu kulrang parda bilan qoplangan sariq rangli ko‘rinishda bo‘lib, tananing shu qismidagi teri hujayralari o‘lgan holatda bo‘ladi.
Elektrojarohatlanish inson organizmidan o‘tayotgan tok kuchiga, tok chastotasiga, organizmning fiziologik holatiga, tok ta’sirining davomiylik vaqtiga, organizmdagi va ishlab chiqarish sharoitidagi tok yo‘liga bog‘liq bo‘ladi. Organizm uchun eng xavflisi 50 – 500 Gs chastotali elektr toki hisoblanadi.
Agar inson tanasi quruq, toza va jarohatlanmagan holatda bo‘lsa, 10 V kuchlanish ta’sirida uning qarshiligi 100 000 Om ga teng bo‘ladi. Terida biror jarohatlanish bo‘lsa, tananing qarshiligi birdaniga kamayadi (1000 Om gacha). Bundan ko‘rinadiki inson tanasining qarshiligi chiziqli holatda uzgaruvchan hisoblanmaydi. Chunki kuchlanishni 10 V dan 140 V ga o‘zgartirsak, inson tanasining qarshiligi bir necha o‘n mingdan 800 Om ga qadar pasayib ketishi mumkin. Inson tanasidan o‘tayotgan tok xavfliligi ortib boradi. Elektr xavfsizligi bo‘yicha hisoblash ishlarida inson tanasining qarshiligi:
1000 Om
deb qabul qilingan.
Inson tanasidan o‘tayotgan tok kattaligini Om qonuni bo‘yicha shartli ravishda quyidagicha aniqlanadi:
,
bu yerda - zanjirning ikki nuqtasidagi kuchlanish bo‘lib, bu yerda inson tegib turgan nuqtalar hisobga olinadi, V.
Inson organizmiga ta’sir etishini bilgan holda, barcha o‘quv laboratoriyalarida tajriba maqsadlarida 12 – 42 V kuchlanishli elektr toklari ishlatiladi. Lekin shuni ham eslatib o‘tish joizki, birinchidan, bunday kuchlanishdagi tok ham insonning kaftlari, bug‘inlari, bo‘yin va yelkalarining yumshoq pardali qismlariga ta’sir etishi, yoki tanaga uzoq muddat ta’sir etishi natijasida halok qilishi mumkin. Shuning uchun ham laboratoriyada o‘tkaziladigan har kanday elektr bilan bog‘liq bo‘lgan tajribalar o‘qituvchi yoki laboratoriya rahbari nazorati ostida o‘tkaziladi.

Elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish uchun qo‘yiladigan umumiy talablar



Elektr qurilmalaridan foydalanish uchun elektr toki, ulardan foydalanishga doir bo‘lgan xavfsizlik texnikasi qoidalarini mukammal bilish va unga amal qilishi kerak. GOST 12.1.019-79 - «Mehnat xavfsizligi standart tizimlari. Elektr xavfsizligi. Umumiy talablar» bo‘yicha elektr xavfsizligi elektr qurilmalar konstruksiyalari bilan, himoya vositalari va texnik usullari, tashkiliy va texnikaviy tadbirlar bilan ta’minlashi kerak.
Elektr xavfsizligini ta’minlovchi himoya vositalari va texnikaviy usullarini aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinadi:
- nominal kuchlanish, elektr qurilmasi ishlashi uchun zaruriy tok turi va chastotasi;
elektr ta’minoti usullari, turlari(o‘rnatib qo‘yilgan manbaami, avtonom manbaami va hok.);
elektr energiya bilan ta’minlashdagi neytrallik rejasi(izolyasiyalangan, yerlantirilgan, neytral);
tashqi muhit shartlari(yuqori xavfli, xavfli, yuqori bo‘lmagan xavfli).
GOST 12.1.013-78ga binoan elektr xavfsizlik darajalari bo‘yicha tashqi sharoitlarni hisobga olgan holda mehnat sharoitlari ko‘rib chiqilgan:
Kishilarning elektr tokidan yuqori xavfli jarohatlanish shartlari(sabablari):
namlik mavjudligi – bug‘ yoki kondensirlangan namliklar mayda tomchi singari ajralib chiqishi natijasida nisbiy namlikning 75 % dan ortib ketishi kuzatiladi(yuvish xonalari, issiq syexlar);
tok o‘tkazuvchi changlarning mavjudligi – mashina va apparatlar ichiga, o‘tkazgichlarga o‘tirib qolgan texnologik va turli xil changlar (un ishlab chiqarishdagi, ko‘mirxona, omborxona va boshqa joylardagi changlar), o‘rtacha ishlab chiqarish sharoitlarida bular sovishga va izolyasiyaga tusqinlik qilishi kuzatiladi ammo yong‘in yoki portlash keltirib chiqarmaydi;
tok o‘tkazuvchi asos(taglik)lar mavjudligi (metalli, tuproqli, temirbetonli, g‘ishtli);
yuqori harorat - yil fasllari va issiqlik nurlanishlariga bog‘liq bo‘lmagan holda harorat uzoq muddat 35oS, qisqa muddatli 40oS bo‘lishi;
insonning bir vaqtning o‘zida bir tomondan binoning yerga mahkamlangan metall konstruksiyali qismiga, ikinchi tomondan elektr qurilmaning metall korpusiga tegib turishi.
Kishilarning elektr tokidan xavfli jarohatlanish sharoitlari:
zax (yomg‘ir, qor, binoning ichida joylashgan namlik bilan qoplangan shift, pol, devor, buyum);
kimyoviy aktiv (faol) muhit;
bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq yuqori xavfli sharoitlarning mavjudligi.
Kishilarning yuqori xavfli bo‘lmagan jarohatlanish sharoitlari:
xavf va yuqori xavflarni keltirib chiqaruvchi omillarning mavjud emasligi (ya’ni yuqori bo‘lmagan xavflarning mavjudligi).
Elektr qurilmalaridan foydalanishda turli baxtsiz hodisa kelib chiqishi mumkinligini bilgan holda ulardan foydalanishda yuqori xavfli holatlar bo‘yicha kuzatuv ishlari amalga oshiriladi. Shu bilan birga himoya vositalari va texnikaviy usullar elektr xavfini keltirib chiqarmaydigan bo‘lishini ta’minlash zarur. Agar elektr xavfsizligiga doir biror kamchilik sezilsa, elektr bilan ishlash ta’qiqlangani holda bu kamchiliklarni bartaraf etishga kirishiladi.

Elektr tokidan zararlanishlarning yuzaga kelishi

Elektr tokidan to‘g‘ri foydalanish insonning hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlaydi. Elektr tokidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqadigan zararli tomonlari juda xunuk holatlarga olib kelishi mumkin. Bunda insonga ta’sir etuvchi elektr tokining inson tanasidagi harakatlanib turuvchi qon, terining tuz eritmali namligi, turli shilliq qavatlar orqali harakatlanishlarini tushunib yetish kerak. Bilish lozimki, insonga elektr tokining ta’sir etishi natijasida organizmdagi me’yoriy faoliyat buziladi, miya to‘qimalari, asab tizimlari, nafas olish tizimlari va yurak ishdan chiqishi kuzatiladi.
Elektr xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha shuni ta’kidlash lozimki, o‘quv laboratoriya xonalari uchun qo‘llaniladigan past kuchlanishli(42 V gacha) elektr tokidan foydalanishda ham bir kishi yakka tartibda ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning asosiy sababi shundaki, biror xatolikka yo‘l qo‘yiladigan bo‘lsa, kuzatuvchi kishi bunga qarshi chorani belgilashi zarur.
Elektrdan jarohatlanishlar yuzaga kelishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
-elektr qurilmalari izolyasiyalangan o‘tkazgich(sim)lar izolyasiyasi eskirib, yemirilib, qisqa tutashib qolishi, korpus yoki elektromotorga me’yoridan ortiqcha kuchlanishlar ulanib qolishi;
-elektr dastgohlaridagi avtouzgichlarning buzilib qolishi va buni o‘z vaqtida hisobga olmaslik;
-1000 V dan yuqori kuchlanish hisobiga ishlovchi elektr qurilmalarida ishlovchi kishi bilan elektr qurilmasi o‘rtasida elektr yoy yuzaga kelishi. Bular oldindan ishchiga ma’lum qilinishi, tok kattaligiga qarab ishchi va elektr qurilma oraliq masofasi - 15 kV da 0,7 metr, 220 kV da 3 metr bo‘lishligi saqlanishi zarur;
-yer sirtiga tok o‘tkazuvchi simlarning tegib qolishi natijasida qadam kuchlanishlarining paydo bo‘lib qolishi;
-elektr dastgohlarini noto‘g‘ri montaj qilish;
-elektr dastgohlarga ularning texnik pasportida ko‘rsatilgan elektr tokidan yuqori kattalikdagiga ulash;
-mehnat sharoitlari bo‘yicha xonadagi namlikning ortib ketishi;
-ishchining mas’uliyatsizligi, nazoratning susayishi, xavfsizlik texnikasi qoidalarining buzilishi;
-himoya vositalarining eskirib qolishi yoki dielektrik xossalarining kamayib ketganligi va shu kabi ishni tashkil etishdagi kamchiliklar.
Elektr tokidan zararlanishlar miqdorini kamaytirish uchun korxona ishchilari ongiga yuqoridagi tushunchalarni singdirish kerak.

Ishlab chiqarish korxonalarida elektr toklarini ulashga qo‘yiladigan talablar



Ishlab chiqarish korxonalarida elektr toklarini dastgoh va qurilmalarga montaj qilishda quyidagi talablarga amal qilinadi:
-elektr simlari bir joydan ikkinchi joyga yer ostidan yoki yer ustidan olib o‘tiladi. Yer ustidan olib o‘tilishida ishlab chiqarish korxona xududida harakatdagi transport vositalari va ishchilarga xalaqit qilmaydigan holatda xavfsizlik ta’minlanishi shart. Buning uchun o‘tkazgich simlarning yerdan balandligi:
-avtomobillar yo‘laklarida kamida 6 m;
-piyodalar yo‘laklarida kamida 3 m;
-elektr payvandlash joylarida kamida 2.5 metr balandlikda bo‘lishi kerak.
Yer ostidan olib o‘tishda o‘tkazgich simlarning talab darajasidagi izolyasiyasiga e’tibor berish talab etiladi; har ikki usulda o‘rnatilganda ham xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tegishli ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilishi talab etiladi. Yer ostidan olib o‘tkaziladigan elektr simlari yerning tuproqli joyida 50 sm, shag‘al-toshli joylardan olib o‘tishda esa 70 sm chuqurlikda, simlar ustidan xavfsizlikni ta’minlash maqsadida metall qoplamalar kiydirilgan holatda bo‘lishi talab etiladi. Yer osti elektr tarmoqlari uchun uloqsiz, kuchli izolyasiyali simlar tanlanadi. Agar uzoq masofalarga tortiladigan simlar bo‘lsa, uloq tushish joylari alohida, qopqoqli beton quduq betonlar ko‘rinishida ixotalangan holda bo‘lishi talab etiladi. Bular imkoni boricha transport vositalari harakatlanadigan yo‘llar va sug‘orish xududidan chetroqda bo‘lishi talab etiladi.
Yer ustidan olib o‘tilgan simlarning salqiligi yilning sovuq kunlarida simlarning qisqarish jarayonida taranglik darajasi me’yoridan ortib ketmaydigan holda tanladi. Simlar ustunlarga chinni izolyasiya choynaklari yordamida ulanishi talab etiladi.
Korxona dastgohlariga yetib kelgan elektr simlarini dastgohlarga ulash ishlarida quyidagilarga e’tibor beriladi:
-elektr simlari dastgoh va qurilmalarga izolyasiyasiz holda olib kelinmaydi; -dastgohlar to‘la quvvat bilan ishlagan holda bardoshligi ta’minlanadigan izolyasiyalar bo‘lishi shart;
-har bir o‘tkazgich fazalari orasida GOST talablari asosidagi masofa saqlanishi zarur; simlar ustma-ust montaj qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
-iloji boricha montaj uchun ishlatilayotgan elektr simlari fazalar bo‘yicha turli ranglardagi izolyasiyali holda bo‘lishligi ta’minlanishi kerak;
-elektr qurilma va dastgohlarni nollash va yerlantirishga qat’iy e’tibor beriladi;
-simlarning ulanish qismlari bir biriga tegib ketishini oldini olish maqsadida bu qismlar alohida olingan dielektr materialli maxsus qopqoqlar bilan yopib qo‘yiladi;
-elektr simlarini gaz quvurlari bilan birga uzatilmaydi, ular orasidagi masofa tok kuchlanishiga qarab 25sm dan toki 5m gacha bo‘lishi kerak;
-montaj qilingan simlar imkoni boricha qimirlamaydigan holda o‘rnatib qo‘yiladi;
-ishchilar harakatlanib yurishi mumkin bo‘lgan yo‘laklardan simlarni tegib ketish darajasida olib o‘tishga ruxsat berilmaydi;
-xonada pol ustidan olib o‘tiladigan simlar maxsus yopma bilan ixotalab qo‘yiladi;
-dastgoh va qurilmalarni elektro-montaj ishlari tegishli saqlagich (predoxranitel) lar va avtouzgichli kalitlar orqali amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish xonalari quruq, changsiz, izolyasiyalovchi poli bo‘lgan holda elektroxavfsiz xonalar hisoblanadi. O‘quv xonalari, o‘quv ustaxonalari, o‘quv laboratoriya xonalari ana shunday elktroxavfsiz bo‘lishi ta’minlanishi zarur.
Nisbiy namligi 75 % dan ortadigan xonalar elektr jihatdan yuqori xavfli hisoblanadi. Bundan tashqari metall, ko‘mir changlari kabilar bilan ifloslangan xonalar ham yuqori xavfli xonalar hisoblanadi. Chunki bunday changlar elektr o‘tkazuvchan bo‘lib hisoblanib, hatto bu changlar o‘tirgandan keyin ham inson uchun elektrxavfli bo‘lib hisoblanadi.
Xonalarning pol qismi tok o‘tkazuvchi bo‘lsa, ya’ni tuproqli, temir betonli, metalli bo‘lsa ham bunday xonalar yuqori xavfli bo‘lib hisoblanadi.
Juda yuqori xavfli holat xonalar nisbiy namligi 100 % ga yaqinlashganda, devorlar nam bo‘lganda, barcha dastgoh va qurilmalar namlangan hollarda bo‘lganda kuzatiladi. Yuqori va juda yuqori xavfli xonalarda elektr qurilmalari va dastgohlarni ishlatish mumkin emas.

Elektr tokidan shikastlanish oldini olishda texnik chora va individual himoya vositalari

Elektr tokidan himoyalanishda ishlatiladigan texnikaviy chora va himoya vositalari: tok o‘tkazuvchi qismlar(ishchi, qo‘shimcha, kuchaytirilgan, ikkilamchi va hok.); himoya uchun yerga ulash, nollash; potensiallarni to‘g‘rilash; kuchsiz kuchlanish; elektr manbaining taqsimlanishi; himoya o‘chirgichi; cheklovchi qurilma; ogohlantiruvchi signalizasiya, blokirovka, xavfsizlik belgilari, himoya vositalari, saqlovchi moslamalar va hokazo.
Elektr xavfsizligi talablariga ko‘ra har bir korxonada elektr toki uchun alohida transformatordan foydalanish zarur. Agar transformator korxona binosi tashqarisida (hovlidan tashqarida) bo‘lsa, u balandiligi kamida 1200 mm bo‘lgan himoya panjaralari(to‘siqlari) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Bu bilan inson hayoti, hamda transformatorning o‘zi turli shikastlanishlardan saqlanadi.
Transformator, taqsimlash va yurgizish qurilmalari tegishli yozuvlar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
Har bir dastgoh va qurilmalar ishlatilishidan oldin ularning izolyasiyalari qarshiliklari 1000 va 2500 megommetr bilan tekshirib ko‘riladi. Agar 1000 V gacha kuchlanishda ishlaydigan elektr qurilmalaridagi ikkita saqlovchi qurilma orasidagi qarshilik 0,5 MOm bo‘lsa, qoniqarli bo‘lib hisoblanadi. Bu tekshiruv yuqori xavfli holat uchun yiliga bir marta, alohida xavfli holat uchun yiliga ikki marta o‘tkaziladi va natija tekshiruv varaqasida bayon etib qo‘yiladi.
Elektr dastgoh(stanok) va qurilmalarini ortiqcha tokdan va qisqa tutashuvdan himoya etish maqsadida eruvchi saqlagichdan, issiqlik relesidan, maksimal tok relesidan foydalaniladi. Kalibrlanmagan (tekshirib ko‘rilmagan) saqlagichlardan foydalanish mumkin emas.
Elektr tokini ulash, elektr ta’mirlash va elektr xavfsizligi maqsadlarida quyidagi himoya vositalaridan foydalaniladi (6-rasm):

6-rasm. Izolyasiyalangan himoya vositalari elektr tukidan himoyalanish uchun


1-izolyasiyali ombir, 2-dielektrik qo‘lqop, 3-izolyasiyali kleshi, 4-dielektrik bota,
5-izolyasiyali takli, 6-dielektrik gilam, 7-dielektrik kalish

Har qanday izolyasiyalangan himoyalash qurilmalari (taglikdan tashqari) davriy ravishda 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan elektr toki yordamida davriy ravishda tekshirib turiladi. 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalari uchun himoyalash qurilma va vositalarining sinov muddati hamda sinab ko‘rilgan kuchlanish kattaligi GOST 12.2.007-75 «Mehnat xavfsizligi standart tizimlari. Elektrotexnik mahsulotlar. Xavfsizlikning umumiy talablari» bo‘yicha belgilab boriladi.


Shunga binoan individual himoya vositalari, ya’ni dielektrik qo‘lqoplar 3,5 kV kuchlanishda har 6 oyda bir marta, rezinali dielektrik kalishlar yilda bir marta, rezinali dielektrik gilamcha har ikki yilda bir marta tekshirib, sinovdan o‘tkazib turiladi. Bu tekshiruvni kim tomonidan, qachon o‘tkazilganligi va tegishli himoya vositasi kaysi davrga qadar yaroqli hisoblanishi, shu bilan birga qaysi laboratoriya tekshirgan va sinov o‘tkazganligi bevosita shu himoya vositasining o‘ziga yozib qo‘yiladi.
Bu tadbirlar va qo‘llaniladigan himoya vositalarining o‘z vaqtida ishlatilishi elektrdan jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligiga asos bo‘la oladi.

Yerga ulash va uning ahamiyati


Yerga ulash(yerlantirish) - elektr qurilmalarining metall qismlariga elektr toki ulanib qolgan hollarda u bilan «Yer» orasida kuchlanish hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida shu elektr qurilmalarini Yer bilan o‘tkazgich (sim) yordamida birlashtirib qo‘yishdir. Bu GOST 12.1.030 - 81 «Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi. Elektr xavfsizligi. himoya yerlantirish va nollash» talablariga mos ravishda amalga oshiriladi.
Yerlantirishning asosiy elektrik harakteri uning qarshiligi Rye hisoblanib, bu tokning bevosita yerga o‘tishidagi yerlantirish qurilmasi va yer orasidagi hamda yerlantirishga ulovchi sim qarshiliklari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Agar yerga ulash bajarilmasa, elektr qurilmasining korpusiga ulanib qolgan tok odam tanasi orqali yerga o‘tishi mumkin. Bu esa oqibatda o‘limga olib kelishi mumkin. Yerga ulash qurilmasi qarshiligi qanchalik kichik bo‘lsa, tanadan o‘tayotgan tok ham shunchalik oz bo‘ladi. Shuning uchun ham yerlantirish qurilmasi uchun yer ustidan o‘tkaziladigan o‘tkazgichlar uchun qarshiligi kichik bo‘lgan rangli, diametri imkoni boricha katta bo‘lgan simlardan foydalanish qulay hisoblanadi. Chunki rangli metallarni yerga ko‘miladigan bo‘lsa, ular tez korroziyaga uchraydi.
GOST 12.030-81 – «Elektr xavfsizligi. himoya tariqasida yerga ulash, nolinchi simga ulash»ga muvofiq agar ishlab chiqarish binolarining temir-beton poydevorlari tabiiy yerga ulagich sifatida yo‘l qo‘yiladigan tegib ketish kuchlanishini ta’minlasa, sun’iy yerga ulagich qurish, binolarning tashqarisidan tenglashtiruvchi polosalar yotqizish talab qilinmaydi.
Elektr xossalari jihatidan bir xil bo‘lgan tuproqli yerning solishtirma qarshiligi tomonlari 1 m dan bo‘lgan, qarama-qarshi yoqlari orasida yoqlarning butun yuzasi bo‘ylab tok keltiruvchi simlar bilan yaxshi kontakt hosil qilingan tuproq kubining qarshiligiga teng. Agar yerga ulagichning ishlashi uchun eng noqulay bo‘lgan yil fasllarida yerning solishtirma qarshiligi 200 Om.m bo‘lsa, yerga ulagichlarga ketadigan harajatlardan tejash maqsadida yerga ulagichdan bevosita yaqin yerda (1 m gacha masofada) 100 hisobidan suvda qorilgan bentonit loyi bilan tuproqqa ishlov berish kerak, agar chuqurlikda solishtirma qarshilik ( kam bo‘lsa, chuqurlashtirilgan (yerga chuqur ko‘milgan) yerga ulagichlar ishlatish, yoki elektroqurilmalarning xududidan tashqarida 1-2 km gacha masofada ( ancha kam bo‘lgan joylar bo‘lsa, chiqarma yerga ulagichlar qo‘yish kerak. Doimiy muzlik xududlarda, shuningdek, yerga ulagichlarni muzlamaydigan suv havzalariga joylashtirish, artezian quduqlarining quvurlaridan (odamlar kirishiga qarshi ixotalangan bo‘lsa) foydalanish tavsiya etiladi.
Yerga ulovchi qurilma yerga ulagichdan va uni yerga ulangan asbob-uskuna bilan bog‘laydigan o‘tkazgichlardan iborat. Yerga ulovchi o‘tkazgichlar asbob-uskunalarga payvandlab yoki boltlar yordamida, yerga ulagichga esa (yer ostida) faqat uzunligi bo‘ylab ustma-ust payvandlab biriktiriladi. Bu uzunlik polosalar uchun ularning qo‘sh eniga yoki doiraviy kesimli po‘lat uchun uning olti diametr o‘lchamiga teng bo‘lishi kerak. Tabiiy yerga ulagich sifatida foydalaniladigan suv quvurlariga yerga ulagich o‘tkazgichlarni xomutlar yordamida ulash mumkin, bunda xomutning kontaktlashadigan joyiga qalay yugurtirilishi, quvurning xomut kiygiziladigan joyi korroziyadan tozalangan holda, yaltiratib tozalab qo‘yilishi kerak. Agar suv quvurlari aholi yashash joylarida yer ustida bo‘lsa, bularga yerga ulovchi simlarni biriktirishga ruxsat berilmaydi, yer usti gaz quvurlariga umuman ruxsat berilmaydi.
Yerga ulanadigan ayrim korpuslar, odatda, yerga ulagichga bevosita emas, balki yerga ulovchi magistral o‘tkazgichga biriktiriladi (agar ba po‘lat polosa bo‘lsa), bu o‘tkazgichning kesimi kuchlanishi 1000 V gacha yetadigan qurilmalarda kamida 100 mm2 yoki kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, 120 mm2 bo‘lishi kerak.
Yerga ulovchi o‘tkazgichlarning kesimini neytrali yerga ulangan tarmoqlarda shunday tanlash kerakki, ularning o‘tkazuvchanligi ayoni uchastkadagi faza simlarining o‘tkazuvchanligi kamida marta kam bo‘lishi ma’qul. Bu o‘z navbatida yerga ketishi zarur elektr tokining yerga uzatilishi darajasini yaxshilash imkonini beradi.
Yog‘och tayanchlardagi yerga ulovchi po‘lat o‘tkazgichlarning diametri elektr uzatish tarmoqlarining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lganda kamida 10 mm va kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lganida kamida 6 mm hamda buning ustiga sim ruxlangan bo‘lishi kerak.
Umuman olganda yerlantirgich simlarni tanlashda ularning materiallariga qarab o‘lchamlari tanlanadi. Eng ko‘p ishlatiladigan yerlantirgich simlar po‘latda qilinishini hisobga olib, ularning eng kichik o‘lchamlari quyidagicha olinishi mumkin(16-jadval):
16-jadval
Ko‘ndalang kesimining shakli
Po‘lat yerga ulagichlar va ulovchi o‘tkazgichlarning eng kichik o‘lchamlari

binoda
Tashqi qurilmalarda


yerda

Doiraviy kesimli: diametri, mm


5
6
10 (ruxlangan bo‘lsa 6)

To‘g‘ri to‘rt burchakli: kesimi, mm2


qalinligi, mm
24
3
48
4
48
4

Burchaklik po‘lat:


Tokchalarining qalinligi, mm

2

2,5



4

Gaz uzatish quvurlari:


Devorchalarining qalinligi, mm

2,5


2,5

3,5


Yupqa devorli quvurlar:
Devorchalarining qalinligi,mm

1,5
Yo‘l qo‘yilmaydi


Yo‘l qo‘yilmaydi

6-7-rasmlarda yerlantirishning sxematik tasviri berilgan.


6-rasm. himoyalovchi yerga ulashning sxemasi. 1-elektryuritgich qobig‘, 2-yerga ulovchi


7-rasm. Mashinalarni yerga ulash sxemasi.
A- tashqariga chiqarilgan: 1-mashinalar, 2-magistral sim, 3-elektrod qoziqlari.
B-Konturli yerga ulash: 1- mashinalar, 2-kontur simi, 3-elektrod qoziqlari.

Boshqa tomondan qaralganda, odam tanasidan o‘tayotgan tok korpusning yerga nisbatan olingandagi kuchlanish bo‘yicha hisoblanadi. Bu kuchlanish kattaligi korpus-yer va korpus-odam-yer degan parallel holdagi ekvivalent qarshiliklarga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni


.
Bu yerda: - odam qarshiligi, Om; - korpus qarshiligi, Om; - yerlantirgich qarshiligi, Om.
Korpus-yer qarshiligi ko‘p marta kichraytirilganda buning kattaligiga korpus potensiali bog‘liq bo‘ladi va odamning tutashishdagi kuchlanish quyidagicha bo‘ladi:
, V.
Bu yerda nol potensialli yer nuqtalariga nisbatan korpusdagi unga teng kuchlanish, V; tegib ketish koeffisiyenti, u birdan kichik bo‘lib, korpusdagi kuchlanishning qanday qismini tegib ketish kuchlanishi tashkil qilishini ko‘rsatadi; yerga ulagichdan o‘tadigan tok kuchi, A; yerga ulagichning qarshiligi, Om.
Tutashish kuchlanishi Ututashish(tegib ketish kuchlanishi) yerlantirgich orqali o‘tayotgan tok kattaligi va yerlantirgichdagi qarshilik Rye orqali o‘lchanadi. har qanday tarmoqda aniq o‘lchamga ega bo‘ladi, bu bilan kattaligini faqat ni kamaytirish orqali erishish mumkin. Bu potensial o‘lchanish natijalariga ko‘ra 12 V dan katta bo‘lmasligi kerak.
Yerlantirish elektr qurilmalari va jihozlarining doimiy tok o‘tkazuvchilik vazifasini o‘tamaydigan metall korpuslari orqali bajariladi. Yerlantirish qurilmasining qarshiligi 4 Om dan oshmasligi kerak. Iste’molchining summar quvvati 100 kVA bo‘lgan holda qarshilik 10 Om dan kichik bo‘lishiga ruxsat beriladi.

Nollash va uning vazifasi



Korxonalarda 1000 V gacha ishlaydigan elektr qurilmalarida uning korpusi yerlantirilgan bo‘lishi ishonchli ravishda to‘la himoyalangan bo‘la olmaydi. Shuning uchun ba’zan yerlantirishga qo‘shimcha ravishda boshqacha neytrallash usuli - nollash qo‘llaniladi.
Nollash - bu elektr xavfsizligi maqsadida elektr qurilmalarining berk yerlantirilgan metall korpuslarini odatda kuchlanishda bo‘lmagan neytral (O) o‘tkazgich simga ulashdir. har qanday elektr qurilmalarning elektrodvigatellarida, korpuslarida nollashga mo‘ljallangan vint yoki sim o‘rnatib qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida uning texnik pasportida tegishli yozuvli holda belgilab qo‘yiladi.
Nollashning asosiy vazifasi elektr qurilmalarida qisqa tutashuv yoki ba’zan kuzatilishi mumkin bo‘lgan yuqori kuchlanish davrida ortiqchasini shu «0» sim orqali uzatib, elektr xavfsizligini ta’minlashdan iborat(8-rasm).
Nolinchi simga ulangan asbob-uskunadagi izolyasiya teshilganda bir fazali qisqa tutashuv tokining zanjiri hosil bo‘ladi. Bu zanjirning qarshiligi nisbatan katta bo‘lmaydi va faza hamda nolinchi simlarning qarshiliklaridan iborat bo‘ladi. Bu yerda hosil bo‘ladigan qisqa tutashuv toki odatdagi himoya tariqasidagi yerga ulanish qo‘llanilgan, neytrali yerga ulanmagan tarmoqdagi bir fazali tutashish tokidan ancha katta bo‘ladi. Shuning uchun shikastlangan asbob-uskunani yoki tarmoq uchastkasini himoya qiluvchi suyuqlanuvchan saqlagich yoki avtomatik vklyuchatel tezda ishga tushadi. Xususan, shikastlangan asbob-uskunani kuchlanish ta’siridan tez va to‘la xalos qilish nolinchi simga ulashning himoya tariqasida yerga ulashga nisbatan farq qiladigan himoyalash ishining asosidir. holbuki, himoya tariqasida yerga ulashda yerga ulangan qismlardagi kuchlanish izolyasiya shikastlanganida pasayadi, ammo uzoq vaqt saqlanib turishi mumkin.
Nolinchi sim uzilgan holda uzilgan nuqtadan naridagi hamma asbob-uskunalar faqat mutlaqo himoyasiz qolib ketmasdan, balki nolinchi sim bo‘lmagan holdagiga nisbatan hatto yomon sharoitga tushib qolgan bo‘lardi, chunki uzilgan nuqtadan narida nolinchi simga ulangan har qanday apparat yoki elektr dvigatelining izolyasiyasi shikastlanganida uning korpusida va boshqa nolinchi simlarga ulangan korpuslarda ko‘pincha faza kuchlanishiga teng bo‘lgan kuchlanishlar hosil bo‘lgan bo‘lardi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun, birinchidan, nolinchi simning uzilishining oldini olishga intiladilar. Jumladan, tarmoqning nolinchi simdan nol nuqtaga ulash uchun foydalanadigan uchastkasida bir qutbli vklyuchatel va suyuqlanuvchan saqlagichlarni o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi va nolinchi simlar doim nazorat qilib turiladi. Bundan tashqari uzunligi 200 m dan ortadigan magistral liniyalarda nolinchi simlarni takror yerga ulash ishlari bajariladi. Bunda takror yerga ulash oralig‘i 100 metrdan ortmasligi kerak. Nolinchi simni takror yerga ulash u uzilganida ham boshqa dastgohlar uchun xavf oldi olinishi bilan foydali hisoblanadi.
Agar nolinchi sim kesimi 2 marta kichik bo‘lib, kuchlanishi esa faza kuchlanishidan 2 marta ortiq bo‘lsa, takror yerga ulanishsiz korpusga qisqa tutashuv yuz berganida nolinchi simga ulangan tok iste’molchisida faza kuchlanishining qismiga teng pasayishi kuzatiladi. Mana shu kuchlanish korpusdagi yerga nisbatan kuchlanishning o‘zi bo‘ladi. Agarda shikastlangan asbob-uskuna yaqinida bitta takroriy yerga ulanish bo‘lsa, tokning nolinchi simiga parallel bo‘lgan yer orqali tokning yo‘li korpusdan transformator nolinchi nuqtasigacha bo‘lgan zanjiridagi natijaviy qarshilikni kamaytiradi. Shu yo‘ldagi kuchlanishning pasayishi ham kamayadi. Elektr iste’molchisi korpusidagi yerga nisbatan kuchlanish yanada kamayadi va ning faqat bir qisminigina tashkil qiladi:
,
Bu yerda -neytral yerga ulanishining qarshiligi; Rm-takroriy yerga ulanish qarshiligi;
-korpusdan nolinchi nuqtagacha bo‘lgan yo‘lida yer orqali o‘tadigan tok.
bo‘lganida bo‘ladi. Liniyada ikkita va undan ko‘p takroriy yerga ulanishlar bo‘lganida korpusdagi kuchlanish yanada pasayadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan, neytrali yerga ulangan qurilmalarda manbaning nolinchi nuqtasi bilan metall yordamida bog‘lanish hosil qilmasdan turib, himoya tariqasida yerga ulash man qilinadi. Ammo agar ayni korpusning va nolinchi nuqtaning yerga ulagichlari metall yordamida o‘zaro bog‘langan bo‘lsa, nolinchi simga ulovchi maxsus o‘tkazgichga hojat qolmaydi.
Kuchlanishi 380220 V yoki 220127 V bo‘lgan (neytrali yerga ulangan) qurilmalarda yerdan nolinchi ish simi sifatida foydalanish va neytrali yerga ulanmagan, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan qurilmalarda faza simi sifatida foydalanish ta’qiqlanadi.
Xavfliligi katta bo‘lmagan xonalarda 220 V va undan past kuchlanishli asbob-uskunalarda yerga va nolinchi simga ulash qo‘llanilmaydi. Buning asosiy sababi shuki, bunday simlarga tegib ketish xavfi ortib ketishi bilan ishlash xavfsizligi kamayib ketadi.
Kuchlanishi 36-42 V va undan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok elektr iste’molchiari uchun yoki 110 V va undan past kuchlanishli o‘zgarmas tok elektr iste’molchilari uchun yerga ulash yoki nolinchi simga ulashdan umumiy har qanday xonalarda foydalanilmaydi (portlash xavfi bor xonalar bundan mustasno).

8-rasm. himoyalovchi nol simiga ulash sxemasi.


1-himoyalovchi elektryuritgich qobig‘i, 2-yengil eruvchan saqlagich.

Himoya o‘chirgichi va uning vazifasi


himoyalovchi yerlantirish, nollash hamma vaqt ham yetarlicha himoyalash qurilmasi bo‘la olmaydi. Masalan, elektr qurilmasiga elektr toki ulanganda, uning metall korpusiga tok o‘tishi kuzatilganda, agar odam shu korpusga tegib turgan bo‘lsa, tok o‘z ta’sirini shu odamga ko‘rsatadi. Ana shu ta’sirni butunlay yo‘qotish maqsadida elektr qurilmalarini elektr tarmog‘iga avtomatik o‘chirgich qurilmasi orqali ulanadi. Buni himoya o‘chirgichi deyiladi.
Himoya o‘chirgichi bu, elektr qurilmalarida qisqa tutashuv yoki ortiqcha tok sarfi kuzatilgan holda avtomatik tarzda tokni uzib qo‘yadigan qurilma hisoblanadi, ya’ni elektr qurilmasiga ulangan elektr tarmog‘ini avtomatik tarzda uzadi.
Himoya o‘chirgichi 1000 V gacha elektr qurilmalarida korpusga tok ulanib qolgan va qisqa tutashuv bo‘lgan hollarda barcha ulangan tok simlarini avtomatik holda o‘chiradi. Bunday avtomatik o‘chirgichlar elektromagnit maydon hosil qilish yoki issiqlikdan kengayish prinsipiga asoslanib ishlaydi.

Elektr toki urgan kishilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish


Elektr toki urgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda yordam beruvchi kishining bilim va malakaga ega bo‘lgan holda tez va uddaburon harakatlanishi talab qilinadi. Bunda ayniqsa tok urgan kishining nafas olishi, yurak urishi kabi belgilarni zudlik bilan aniqlash talab etiladi. Nafas olishi, pulsi, yurak urishi to‘xtagan kishiga yordam ko‘rsatishni to‘xtatish hamda uni o‘lganga chiqarish mutlaqo mumkin emas.
Korxona va tashkilotlarda xodimlarning doimiy ishlaydigan xonalarida dori-darmonlar va tibbiyot vositalari solingan quticha bo‘lishi kerak. Bundan tashqari elektr toki bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalarini ifoda etuvchi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, sun’iy nafas oldirish hamda yurakni massaj qilish qoidalari to‘g‘risidagi plakatlar bo‘lishi kerak. Plakatlar ko‘zga ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Shikastlangan kishiga birinchi o‘rinda uni tok ta’siridan xalos etish bilan yordam ko‘rsatish boshlanadi. Tok urgan kishini elektr toki ta’siridan xalos etish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi (9-14-rasmlar):
-tok manbaiga ulangan simlarni uzgich(otklyuchatel)dan uzish;
-uzgich bo‘lmasa yoki ishlamay qolgan taqdirda simlarni quruq yog‘och dastali bolta bilan uzish;
-elektr toki keltirilgan simlarni topishning iloji bo‘lmasa, kishini toksizlantirish iloji bo‘lmasa, tok urgan kishini u tegib turgan tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratib olish choralari ko‘riladi. Buning uchun tok 1000 V gacha kuchlanishda bo‘lsa, tok urgan kishining quruq kiyimidan tortiladi(iloji boricha bir qo‘lda tortiladi), quruq yog‘och yoki boshqa quruq dielektrik narsalardan foydalanib, yo simni tok urgan kishidan uzib olish, yoki tok urgan kishini tortib olish bajariladi.
-shikatlangan kishini yerdan yoki 1000 V dan katta kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlardan ajratib olishda dielektrik qo‘lqop va boti kiyib olish hamda shu qurilma kuchlanishiga mo‘ljallangan shtanga yoki omburdan foydalaniladi.

9-rasm. Elektr toki taьsiriga tushgan insonni elektr ustanovkasini uchirish yo‘li bilan qutqarish.


10-rasm. 1000V gacha bo‘lgan elektr toki taьsiriga tushgan insonni quriq keyimidan tortishyo‘li bilan qutqarish.
11-rasm. 1000 V gacha bo‘lgan elektr shitlaridagi tok taьsiriga tushgan insonni qutqarish
12-rasm. 1000 V dan ortiq kuchlanishga ega bo‘lgan elektr toki taьsiriga tushgan insonni elektr o‘tkazgichini izolasiyali shtangga bilan olib tashlash orqali qutqarish.
13-rasm. 1000 V gacha bo‘lgan elektr toki taьsiriga tushgan insonni o‘tkazgichni yog‘och dastali bolta bilan kesib tashlash yo‘li orqali qutqarish

14-rasm. 1000 V gacha bo‘lgan elektr toki taьsiriga tushgan insonni o‘tkazgichni yog‘och bilan olib tashlash yo‘li orqali qo‘tqarish.



Birinchi tibbiy yordam tadbirlari tok urgan kishi tok ta’siridan xalos etilgandan keyin qanday ahvolda bo‘lishiga bog‘liq. Buni aniqlash uchun quyidagi tadbirlarni ko‘rish lozim:
uni orqasi bilan qattiq asosga chalqancha yotqizish;
nafas olishini tekshirish;
bilagidan va bo‘ynining old yon yuzasidan pulsni tekshirish;
ko‘z qorachig‘ining holatini tekshirish, agar bu qorachiq kengaygan bo‘lsa, miyaga qon kelishi keskin yomonlashganini bildiradi.
Agar tok urgan kishi behush bo‘lsayu, ammo nafas olishi va yurak urishlari barqaror bo‘lsa, uni tekis yerga yotqizish, kiyimlarining tugmalarini yechish, toza havo bilan ta’minlash, navshadil spirt hidlatish (agar bo‘lsa), yuziga sovuq suv purkash va tinch holda qo‘yish kerak. Ayni holda darhol vrach chaqirish kerak.
Agar shikastlangan kishi yomon nafas olayotgan bo‘lsa(yoki nafas olmayotgan, tomiri urmayotgan bo‘lsa), unga sun’iy nafas oldirish, yuragini massaj qilish zarur. Buning uchun uni havosi toza xonaga olib chiqib, orqasi bilan yotqizish, bo‘yniga kiyimlarni yostiq ko‘rinishga keltirgan holda qo‘yish, tugmalarini yechish, og‘zini begona narsalardan tozalab, «og‘izdan burunga» yoki «og‘izdan og‘izga» usulida sun’iy nafas oldirish hamda yuragini massaj qilish zarur. Bu quyidagicha bajariladi:
-yordam ko‘rsatayotgan kishi shikastlangan odamning boshi tomonida tizzalab o‘tirib, ikkala qo‘lining bosh barmoqlari bilan tok urgan kishining burnini qisadi va darhol uning og‘ziga trubka yoki ro‘molcha orqali bir necha marta qattiq puflaydi. Bu ishni u to bemorning nafas olishi to‘liq tiklanguncha yoki vrach kelguncha minutiga 10-12 marta nafas berish tezligida (har 5-6 sekundda) davom ettiradi. har bir nafas chiqarish paytida og‘zi yoki burnini bo‘shatib turiladi (ko‘krak qafasini sekin-sekin bosilsa ham bo‘ladi).
Agar tok urgan kishining og‘zi shikastlangan bo‘lsa, havoni uning burni orqali puflash ham mumkin. Bunda uning og‘zini mahkam berkitib turish kerak. Shikastlangan kishining tomiri urmayotgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ham massaj qilish kerak. Buning uchun shikastlangan kishining burni yoki og‘ziga ikki-uch marta havo puflangach, ko‘krak qafasining yurak joylashgan tomonini 15-20 marta siqish bajariladi (sekundiga bir marta hisobidan). Bunda u ko‘krakning pastki uchdan bir qismi holatini aniqlab olib, bir qo‘li kaftining chetiga ikkinchi qo‘lini qo‘ygan holda, taxminan sekundiga bir marta tezlikda ko‘krak qafasini bosadi, keyin yana 2-3 marta qattiq puflaydi va yurak bo‘shlig‘idan qon tomirlariga qon siqib chiqarish maqsadida ko‘krak qafasini yana 15-20 marta bosadi. Bunda bir minutlik tanaffus ham tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. Dastlabki tirila boshlash alomatlari paydo bo‘lgandan(tomir urishi boshlangandan, yuzining rangi yaxshilangandan, mustaqil nafas ola boshlagandan) so‘ng ham yana 10-15 minutgacha yurakni massaj qilish va sun’iy nafas oldirish davom ettiriladi. Birinchi tibbiy yordam berish bilan bir qatorda tibbiyot xodimiga xabar berishni unutmaslik kerak.
Tok urgan kishini har qanday holda ham yerga ko‘mish ta’qiqlanadi. Chunki odam organizmi tok ta’sirida kuchsizlanib, katta energiya yo‘qotgan bo‘ladi.
Elektr tokining ta’siriga uchragan har qanday kishi tibbiy muolaja va stasionar davolanish bosqichini o‘tashi shart.
Takrorlash uchun savollar:
Elektr toklarining qanday turlari bor?
Tok kuchiga qarab elektr toklari qanday turlarga bo‘linadi?
Kuchlanish kattaligiga ko‘ra elektr toklari qanday turlarga bo‘linadi?
5. Elektr qurilmalarini yerlashtirish nima uchun amalga oshiriladi? 6.Elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv nima?
Tayanch so‘z va iboralar:
1.Tok kuchi.
2.Kuchlanish
3.Elektr qarshiligi
4.Elektr qurilmalarini yerlashtirish va nollash
5. Himoya o‘chirgichi.
6.Saqlagich.
7.Avtomat o‘chirgich
Download 219.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling