4-ma’ruza: Kimyoviy texnologik jarayonlarni boshqarish


Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish


Download 219.5 Kb.
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi219.5 Kb.
#1194074
1   2   3
Bog'liq
4-ma’ruza Kimyo

Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish

Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish deganda inson faoliyati davrida yuzaga keladigan salbiy omillar – xavfli omil, zararli omillarning insonga ta’siri tufayli organizma qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishligi, omillar kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish yo‘llari yoki ularni ruxsat etilgan me’yorga nisbatan solishtirilganda qay darajada ekanligini bilish hisoblanadi. Jarohatlanishni tahlil qilishda uning asosiy sabablari:


-texnik;
-tashkiliy;
-individual;
-ruhiy;
-fiziologik;
-tabiiy ko‘rinishdagi sabablari aniqlanadi. Bulardan tashqari baxtsiz hodisa kuzatilsa, quyidagi tahlil usullari aniqlanadi.


Mehnat muhofazasining tekshirish(tadqiqot) ob’yektlari

Mehnat muhofazasi asosan ishchi-xodimlar mehnat faoliyatlari davrida o‘zlarining salomatliklarini yo‘qotmasliklari, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishlari, ish unumdorligi yuqori ko‘rsatkichlarga erishishi uchun xizmat qiladi. Shuning uchun uning ish ob’yekti bevosita korxona ishchilari bilan bog‘liq holda bo‘ladi.


Korxona ishchilari mehnat jarayonida yuzaga keladigan zararli, zaharli va xavfli omillarni oldindan bilishlari, ularning oldini olishdagi turli chora-tadbirlarni oldindan ishlab chiqish mehnat muhofazasining asosiy masalasi bo‘lganligi uchun ham, uning asosiy tekshirish ob’yekti korxona-ishchi-ishlab chiqarish bo‘lib hisoblanadi. Agar ishchi ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keluvchi zararli va xavfli omillarni o‘z vaqtida anglab yetsa, unga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshira bilsa, unga amal qila olsa, kasb kasalligiga yo‘liqmaydi, biror baxtsiz hodisa kelib chiqmaydi. Bular o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayoni davomiyligiga, ishning sifatiga va mehnat unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2.Xavfsizlikni ta’minlash usullari, ta’riflari
Inson mehnat faoliyati jarayonida bo‘ladigan fazo – ish joyi (gomosfera),doim mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo‘ladigan fazoni noksosfera deyiladi.

Download 219.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling