4-maruza. Leksik ma'no taraqqiyoti. So‘z leksik ma'nosining hosila ma'no yuzaga keltirishi. Leksik ma'noning kengayishi va torayishi. Evfemizm va disfemizm. Reja


Download 120.5 Kb.
bet2/8
Sana11.11.2023
Hajmi120.5 Kb.
#1765704
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4.ЛЕКСИК MAЪНО ТАРАҚҚИЁТИ

ELLIPSIS
Ellipsis asosida yangi ma'no yuzaga kelganda aslida birikmaga teng birlik tarkibidan biror so`z tushib qoladi. Natijada shu birikmaga xos ma'noni bir so`z ifodalaydigan bo`lib qoladi.Masalan,
Dafnga tayyorgarlik ko`ra beringlar. Juda nari borsa ertaga, bo`lmasa shu bugun kechasi uziladi gapida uzilmoq fe'li “o`lmoq” ma'nosiga ega. Aslida bu joni uzilmoq birikmasiga xos ma'no. Birikma tarkibidagi jon so`zi qo`llanmaydigan bo`lib borishi tufayli birikmaga xos ma'noni (“o`lmoq” ma'nosini) uzilmoq so`zining o`zi ifoda etib kelmoqda.
SEMANTIK KALKA
Yangi ma'no hosil bo`lishiga olib keluvchi lisoniy omillardan yana biri semantik kalkadir. Bunda chetchunonchi, ruscha so`zlarga xos ma'no (yoki ma'nolar) tilimizga o`zlashtiriladi.
Masalan, san'at saroyi, madaniyat saroyi birikmalaridagi saroy so`zining ma'nosi bevosita dvorets isskustva, dvorets kulturo` birikmalarining kalka yo`li bilan o`zlashtirish asosida vujudga kelgan. Semantik kalka vositasida yangi ma'no hosil bo`lishi ,ayniqsa, terminologik leksikada ko`p uchraydi.
MA’NONING KENGAYISHI.
Leksik ma'no nuqtai nazaridan bo`ladigan o`zgarishning ikkinchi bir turi leksik ma'no hajmining o`zgarishidir. Leksik ma'no hajmining o`zgarishi deyilganda ma'noning kengayishi va ma'noning torayishi tushuniladi. So`z ma'nolarining kengayishi va torayishi so`zlarning ma'no taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi.
Ma'noning kengayishi. Jamiyat va til taraqqiyoti so`z ma'nolarining kengayishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunda bir ma'no asosida ikkinchi leksik ma'no (yasama ma'no) yuzaga kelmaydi, faqat shu leksik ma'noning hajmi kengayadi. Masalan, tilimizda vatan so`zi ilgari uy-joy, tug`ilib o`sgan qishloqni ifodalagan, hozir u butun mamlakatona-yurtni anglatadi
MA’NONING TORAYISHI.
Leksik ma'noning torayishi so`z ma'nosining kengayishiga zid hodisadir. Ma'noning torayishi avvalambor umumiylikni ifodalovchi so`zning ayrim, xususiy ma'noni ifodalashi natijasida yuzaga keladi. Masalan, tariq so`zi o`tmishda umuman don ma'nosida qo`llangan, hozir esa donning bir turini ifodalaydi. M.Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk” asarida qayd etilishicha, XI asrda kiyik so`zi barcha vahshiy hayvonlarga nisbatan ham qo`llangan, so`ng hayvonlarning bir turi – ohuni ifodalashga xoslanib qolgan. Osh so`zi bir vaqtlar issiq ovqatning barcha turini anglatgan, keyinchalik uning ma'nosi torayib, faqat palov ma'nosini ifodalash uchun qo`llanadigan bo`lib qolgan.


Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling