4-Ma’ruza. Matnli hujjatlarni yaratish va qayta ishlash uchun dasturiy vositalarni qoʻllash Reja


Word programmasini ishga tushurish va uning oynasi


Download 54.5 Kb.
bet2/4
Sana22.01.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1108271
1   2   3   4
Bog'liq
4-Maruza.

Word programmasini ishga tushurish va uning oynasi.
Word matn muharriri ekranda «Microsoft office» da «W» belgisi bilan ko‘rsatilgan bo‘ladi. Uni ishga tushirish sichqoncha ko‘rsatkichini «W» belgisiga keltirib, sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosish bilan bajariladi. So‘ng Word matn muharriri komp’yutyer xotirasiga yuklanadi va oddiy strukturali matnlarni kiritish uchun «Документ 1» nomli yangi fayl hosil qiladi. Agar siz murakkab strukturali hujjat (masalan xat, faks orqali jo‘natiladigan xat, hisobotlar va hakozo) tayyorlamoqchi bo‘lsangiz u holda «Файл» menyusidan «Создать» menyu ostini ishlatasiz. U yerda bir necha murakkab strukturali hujjatlar shabloni berilgan. Siz ulardan o‘zingizga kerak bo‘lgan strukturali hujjat shablonini tanlab, o‘zingizni hujjatingizni tez va yuqori darajada tayyorlaysiz. Tayyor bo‘lgan hujjat «Файл» menyusining «Сохранить» yoki «Сохранить как» komandalaridan biri yordamida saqlanadi. Word sizning hamma fayllarinigizga «.doc» nomli kengaytma nom qo‘shib saqlaydi. Ishni tamomlash uchun saqlab qo‘yilgan hujjat «Файл» menyusining «Закрыть» komandasi bilan yopiladi va «Выход» komandasi bosiladi.

Word matn muhariri oynasining umumiy ko‘rinishi quyida keltirilgan. Oynaning eng yuqori satrisarlavha satri bo‘lib, unda matn muharrirning belgisi va nomi ko‘rsatiladi. Shu satrning eng o‘ng qismida uchta kichik tugmacha ko‘rsatilgan bo‘lib, ular mos ravishda oynani ekrandan olish, oyna kattaligini ekran kattaligiga tenglashtirish va oynani yopish vazifalarini bajaradi. Oynaning ikkinchi satri WORDning asosiy menyular satri bo‘lib, har bir menyu o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Oynaning keyingi ikki satrlarida instrumyentlar paneli joylashgan va ular bajaradigan funksiyasiga mos piktogrammali tugmachalarda berilgan. Ularning funksiyalarini bilib olish uchun sichqoncha ko‘rsatkichini piktogrammalar ustiga keltirish kifoya. Instrumyentlar panelidan keyingi satr lineyka dyeb ataladi va oynaning matn yoziladigan qismi satrlarini kengaytirish va qisqartirish uchun xizmat qiladi.


Oynaning chetlarida matnni mos ravishda chapga, o‘nga, yuqoriga va pastga siljituvchi tugmachalar mavjud. Matnni chapga siljituvchi tugmachadan oldin joylashgan uch tugmacha (2-rasm) matn tasvirini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Oynaning eng quyi satri xolatlar satri dyeb ataladi va kursorni o‘rni haqida axborot byerib turadi.

Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling