4-ma’ruza Mavzu: Aromatik uglevodorodlar sintezi
-rasm Platforming jarayoni texnologik sxemasi
Download 292.6 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizatorli platforming texnologiyasi (2-rasm).
1-rasm Platforming jarayoni texnologik sxemasi:
1,13-separatorlar, 2,11-sovutgichlar, 3-nasos, 4- reaktor gidrotozalash uchun, 5,10,17- issiqlik almashtirgichlar, 6- trubkasimon pech, 7-9 reatorlar, 12- sirkulyasiya kompressori, 14- stabillash kolonnasi, 15- kondensator, 16-yig‘gich, 18- qaynatgich Qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizatorli platforming texnologiyasi (2-rasm). 2-rasm. Qo‘zg‘aluvchan qatlamli katalizatorli katalitik riforming qurilmasi: 1- regenyerator; 2-4-reaktorlar; 5-ko‘p kamyerali isitgich; 6-issiqlik almashtirgich; 7 -sovutgich; 8,11- gaz separatorlar; 9-kompressor; 10-nasos. Jarayonda uchta reaktor bir biriga ustma-ust ulangan bo‘lib, bitta kolonna konstruksiyasi ko‘rinishiga ega, lekin ular diametr jixatidan bir-biridan farq qiladi. Katalizator yuqoridagi birinchi reaktordan ikkinchiga, ikinchidan uchinchi tomon harakatlanadi. Pastki reaktordan keyin katalizator 1-regenyeratorga o‘tkaziladi. Xomashyo 5-nasos yordamida 6-issiqlik almashtirgichga kelishdan avval sirkullangan vodorodli gaz bilan aralashtiriladi, so‘ngra 7-ko‘p seksiyali pechning birinchi seksiyasiga yuboriladi. 520 oS gaz-xomashyo aralashma 2-reaktorga o‘tkaziladi. Reaksiya aralashmasining oraliq isitilishi 7-pechning keyingi seksiyasida amalga oshiriladi. 4-reaktorning pastkidan kelayotgan reaksiya mahsulotlari issiqlikni regenyerasiyalash tarmog‘idan (6-almashtirgich va 7-suv sovutgich) o‘tib 8-past bosimli gaz separatorida suyuq va gaz fazasi bir-biridan ajratiladi. 8-separatordan so‘ng gaz 9-kompressorda 1,5 MPa bosimgacha siqiladi va 10-nasosdan kelayotgan suyuq faza bilan aralashtiriladi, aralashma 7- sovutgichda sovutiladi va 11-yuqori bosimli gaz separatorida ajratiladi. Bunday sharoitda separasiyaning olib borilishiga sabab, vodorodli gaz bilan benzinni olib ketilishini kamaytirish va gaz tarkibidagi vodorod miqdorini ko‘paytirishdan iboratdir. 10-kompressor yordamida vodorodli gaz gidrotozalash blokiga o‘tkaziladi va 6-issiqlik almashtirgichga kelishdan avval platforming xomashyosi bilan aralashtirish tarmog‘iga sirkulyasiyalash uchun yuboriladi. 4-reaktorning pastki tomonidan zaxarlangan katalizator 1-regenyeratorga o‘tkaziladi. U yerda koksni yoqish, oksixlorlash (platina kristallarini yiriklashtirish uchun) va promotor xloridlarni qo‘shish ishlari bajariladi. Katalizatorni tiklashda vodoroddan foydalaniladi. Regenyerasiyalangan katalizator sovutilgandan so‘ng 2- reaktorning yuqori tomoniga yuboriladi. Texnologik sharoit: Xomashyoning reaktorga kelish tempyeraturasi 490-520 oS; Reaktor blokidagi bosim 1,2-1,3 MPa; Xomashyoning kelish tezligi 1,5-2 soat-1; Bosqichlar bo‘yicha katalizorning taqsimlanishi-1:2:4. 5. Aromatik birikmalarni ajratish va tozalash. Katalitik riforming jarayonida olinadigan katalizatdan aromatik uglevodorodlar olish uchun foydalaniladi. Sanoatda aromatik uglevodorodlarni ajratish uchun ekstraksiya usulidan foydalaniladi (6-rasm). Uglevodorod fraksiyasini 1-chi ekstraksiya kolonnasining pastki qismiga yuboriladi, u yerda uglevodorod yuqoriga ekstragent tomonga harakat qiladi. Ekstragent kolonnaning yuqori qismidan yuboriladi. Oqimlarni usti va tagida hosil bo‘lgan bo‘shliq separator vazifasini bajaradi. Kolonnaning tepasidan keladigan rafinat o‘zi bilan ekstragentning bir qismini olib keladi, uning rekupyerasiyasi uchun rafinat 2-chi skrubbyerda suv bilan yuviladi, shundan so‘ng undan yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. 6-rasm. Aromatik uglevodorodlarni ekstraksiya usuli bilan ajratish texnologik sxemasi: 1,4 rektifikasiya kolonnalari; 2- skrubbyer; 3-issiq almashtirgich; 5-separator; 6-ekstragentni rekupyerasiyalash kolonnasi; 7- deflegmatorlar; 8-qaynatgichlar 1-kolonning pastidagi to‘yingan ekstragent 3-isitgichda issiq regenirlangan ekstragent yordamida isitiladi va 4-kolonnaga yuborildi, u yerda aromatik uglevodorodlarni suv bilan ekstraktiv haydash jarayoni sodir bo‘ladi. 5-separatorda suv ajratiladi va uni 4-kolonnaga qaytariladi, aromatik uglevoorodlar aralashmasi esa oxirgi rektifikasiya jarayoniga jo‘natiladi. Ekstragent sovutilgandan so‘ng 4-chi kolonnaning pastki qismidan ekstraksiya uchun yuboriladi, uning bir qismi esa regenyerasiya (qayta tiklash) uchun 6-chi kolonnaga chiqariladi. U yerda ortiqcha suv xaydab olinadi va kondensasiya mahsulotlaridan tozalanadi. Ushbu usul yordamida ajratilgan aromatik uglevodorodlar miqdori 93-99% tashkil qiladi. Kondensirlangan siklli aromatik uglevodorodlarni ajratish uchun, asosan kristallanish usulidan foydalaniladi. Toshko‘mir smolasining 270-350 oS fraksiyasini kaliy gidroksid bilan o‘zaro ta’siri va keyingi gidroliz reaksiyasi orqali organik sintez uchun muxim bo‘lgan moda - karbazol olinadi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling