4-ma’ruza Mavzu: Aromatik uglevodorodlar sintezi


 Aromatik uglevodorodlar fraksiyalari


Download 292.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.07.2023
Hajmi292.6 Kb.
#1660356
1   2   3   4   5
6. Aromatik uglevodorodlar fraksiyalari. Aromatik xom-ashyoning ikki 
asosiy: koks kimyoviy va neft kimyoviy turi mavjud. Ular bir-biridan, oltingugurt 
organik birikmalar miqdori jihatidan farq qiladi. Neft kimyoviy mahsulotlar 
tarkibida oltingugurt faqat 0,0001-0,002% bo‘ladi, kokskimyoviy mahsulotlar 
tarkibida taxminan 100 marta ko‘p oltingugurt bo‘ladi. Oltingugurt miqdori 
ko‘pligi sababli katalizator ko‘p sarflanadi yoki uning tez zaxarlanishi sodir 
bo‘ladi. Boshqa aralashmalarga olefinlar va parafinlar kiradi. 
Uchmetil benzol riforming katalizatlari va piroliz mahsulotlarining 160-180 
0S da olingan fraksiyalari tarkibida bo‘ladi. Bu fraksiyalar tarkibida uchmetil 
benzol izomyerlaridan tashqari, etiltoluol izomyerlari va boshqa aralashmalar 
mavjud bo‘ladi. Shuning uchun fraksiyalardan individual moddalarni ajratib olish 
ancha qiyin bo‘lganligi sababli, ushbu usul sanoatda kam qo‘llaniladi. 
Tetrametil benzol kokslash, piroliz va riforming mahsulotlarining 180-210 
oS da olingan fraksiyalari tarkibida bo‘ladi. Bu fraksiya murakkab tarkibga ega 
bo‘lganligi sababli, sanoatda uni ajratish kamdan-kam xolatlarda amalga oshiriladi. 
Naftalin. Naftalin toshko‘mir smolasining 210-230 oS fraksiyasidan 
olinadi. Uni suv bilan sovutiladigan barabanli kristallizatorlarda kristallanadi va 
barabandan maxsus pichoq yordamida tushiriladi. Xo‘l mahsulotni moydan ajratish 
uchun gidravlik presslarda qizdiriladi va presslangan naftalin olinadi (kristallanish 
tempyeraturasi 78 oS dan past bo‘lmaydi, naftalin miqdori 96-98 %). Sulfat kislota 
bilan ishlov byerilgandan so‘ng, haydash natijasida nisbatan toza naftalin kristallari 
hosil bo‘ladi (tkrist.=79,6-79,8 oS natijasida 99,0-99,5% naftalin olinadi). 
Aromatik uglevodorodlarni izomyerlanish va dealkillash reaksiyalari 
bilan olish.  Aromatik uglevodorodlarni izomyerlanishi.
Toshko‘mir 
yoki 
neftni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlardan ajratilgan ksilol fraksiyalari 
tarkibida o- va n-ksilollar miqdori ancha kam bo‘ladi. Shuning uchun ushbu 
uglevodorodlarni qo‘shimcha ravishda olish uchun sanoatda benzol gomologlarini 
izomyerlash usulidan foydalaniladi. Benzol gomologlarini izomyerlash qaytar 
jarayon bo‘lib, ksilollar uchun muvozanat barcha uchta izomyerlar orasida qaror 
topadi: 

Download 292.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling