4-Maruza: Mavzu: Elektr o‘tkazgichlardagi, o‘ramlardagi, g‘altak va g‘altaklararo elektrodinamik kuchlar Reja


Download 156.96 Kb.
bet1/6
Sana20.10.2023
Hajmi156.96 Kb.
#1711176
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Ma\'ruza


4-Maruza:
Mavzu: Elektr o‘tkazgichlardagi, o‘ramlardagi, g‘altak va g‘altaklararo
elektrodinamik kuchlar


Reja:

1. Elektr toki o‘tkazuvchi zanjiridagi har xil elementlarga ta’sir etuvchi kuchlar.


2. Apparatlarning dinamik chidamliligi.
3. Nominal va qisqa tutashuv rejimlarida apparatlarning qizishi. Issiqlikka chidamliligi.


Tayanch so‘z va iboralar
Magnit zanjirlarini hisoblashning asosiy manbalari. Elektrodinamik kuch, EAning elektrodinamik chidamliligi. Amper konuni bo‘yicha EDKni aniqlash. Magnit zanjirlari uchun Kirxgofning 1 va 2 qonunlari. Klapansimon elektr magnitlardagi magnit zanjirlari, ishchi magnit oqimi, tarqalish magnit oqimi, to‘la tok qonuni.


1. Elektr toki o‘tkazuvchi zanjiridagi har xil elementlarga ta’sir etuvchi kuchlar.
Qisqa tutashuv paytida EA o‘tkazuvchan qismlaridan nominal tokdan 10-15 barobar kattaroq tok o‘tadi. Bu K.Z. toki va boshqa o‘tkazgichlar magnit maydonining o‘zaro ta’sirida elektrodinamik kuchlar hosil bo‘ladi. Avariya rejimlarida (ya’ni QT rejimi) elektrodinamik kuchlar elektr apparatning o‘tkazuvchan va izolyatsion qismlari (mahkamlanadigan izolyatorlar)ni deformatsiya qilishga intiladi. Nominal toklarda bu kuchlar kichik va ularni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi.


2. Apparatlarning dinamik chidamliligi.
Apparatning elektrodinamik chidamliligi deb uning qisqa tutashuv toklari o‘tganda yuzaga keladigan elektrodinamik kuchlarga qarshi tura olish xossasiga aytiladi. Bu kattalik apparat detallaridagi mexaniq kuchlanishlar yo‘l qo‘yilgan qiymatlar chegarasidan chiqmaydigan hollarda bevosita idin tokining amplituda qiymati, yoxud nominal tok amplitudasiga nisbatan karrali qiymat bilan belgilanishi mumkin.
(1.1)
Apparatning elektrodinamik chidamliligi ba’zan qisqa tutashuv boshlangandan keyin bir davr (T = 0,02 s, f = 50 Gs)dagi tokning haqiqiy qiymati bilan belgilanadi.
EDKni hisoblash uchun Amper qoidasiga ko‘ra tokli o‘tkazgichning magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasiga asoslanamiz.
Boshqa o‘tkazgich tomonidan hosil qilingan B induksiyali (Tl) magnit maydonida uzunligi dl (m) bo‘lgan i toki (A) bor o‘tkazgichga quyidagi kuch ta’sir qiladi:



Download 156.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling