4-Maruza: Mavzu: Elektr o‘tkazgichlardagi, o‘ramlardagi, g‘altak va g‘altaklararo elektrodinamik kuchlar Reja
Download 156.96 Kb.
|
4-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- W = (1/2) L
dP = i dl B; dP = i B dl sin β
bunda β orasidagi eng qisqa masofa bo‘yicha o‘lchangan dl va B vektorlari o‘rtasidagi burchak. 1-rasm Yo‘nalish dl uchun elementdagi tok yo‘nalishi olinadi. Boshqa o‘tkazgich tomonidan yaratilgan B induksiya yo‘nalishi esa «parma qoidasi), kuch yo‘nalishi esa «chap qo‘l qoidasi» bo‘yicha aniqlanadi. l uzunlikdagi o‘tkazgichga ta’sir qiladigan to‘la elektrodinamik kuchlarni aniqlash uchun uning barcha elementlariga ta’sir qilayotgan kuchlarning summasini hisoblash kerak: (1.2) O‘tkazgichlarning bir tekislikda ixtiyoriy joylashgan holda β = 90OC bo‘ladi va (1.1) formula soddalashadi: (1.3) Ushbu usul Bio-Savar-Laplas qonunidan foydalanib, o‘tkazgichning ixtiyoriy nuqtasida induksiya qiymatini analitik ravishda topish mumkin bo‘lganda ishlatiladi. Elektrodinamik kuchlarni hisoblashning yana boshqa usuli o‘tkazgichlar sistemasining energetik balansi (1.2) dan foydalanishga asoslangan. Agarda sistemaning elektrostatik energiyasini hisobga olinmasa va tok o‘tkazgich konturlarning deformatsiya paytida yoki elektrodinamik kuchlar ta’sirida toklar qiymati o‘zgarmas bo‘lib qoladi deb hisoblansa, unda kuchni ushbu tenglamadan topsa bo‘ladi: P = dW / dx (1,4) bunda W - elektromagnit energiyasi; x - kuch ta’siri yo‘nalishi bo‘yicha mumkin bo‘lgan siljish. Shunday qilib, ta’sir kuchi mazkur sistemaning elektromagnit energiyasidan ta’sir yo‘nalishi koordinatasi bo‘yicha xususiy hosila chiqarib aniqlanadi. Bu formula energetik formula deb nom oldi. Sistemaning elektr energiyasi har bir izolyatsiyalangan konturning magnit maydoni energiyasi hisobiga hamda konturlararo (konturlar o‘rtasidagi) magnitli bog‘lanish bilan aniqlanadigan energiya hisobiga va ikkita o‘zaro bog‘lanishli konturlar uchun aniqlanadigan energiya hisobiga to‘g‘ri keladi: W = (1/2) L1 i12 + (1/2) L2 i22 + M i1 i2 (1.5) bunda L1 , L2 - konturlar induktivligi, i1 ,i2 - ulardagi oqayotgan toklar, M - konturlararo induktivlik (1.5) tenglamaning chap tomonidagi birinchi va ikkinchi tashkil qiluvchilari o‘zaro bog‘lanmagan konturlarning energiyasini belgilaydi, uchinchi tashkil qiluvchisi konturlararo magnit bog‘lanishning ifodasi. (1.5) tenglama bilan nafaqat izolyatsiyadagi konturlarda ta’sir qilayotgan kuchlarni, balki bir konturning boshqa kontur bilan o‘zaro yo‘nalgan kuchlarni ham hisoblashga imkon beradi. Bitta izolyatsiyadagi konturga ta’sir qilayotgan kuch: Download 156.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling