4-Ma’ruza Mavzu: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari Ma’ruza maqsadi


Gomeopatiya surtmalar texnologiyasi


Download 261.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana07.03.2023
Hajmi261.42 Kb.
#1244312
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу

Gomeopatiya surtmalar texnologiyasi 
Gomeopatik surtmalar, asosan XI DFning 2 qismdagi "Surtma dorilar" moddasiga binoan 
tayyorlanadi. Bunda dori moddalarning fizik-kimyoviy xususiyati, asosda yoki suvda erishini 
hisobga olgan holda texnologiya tanlanadi. Ma‟lumki, dori moddalarni asosga kiritilishi bo„yicha 
3 guruhga bo„lish mumkin:


1. Asosda eriydigan moddalar bo„lsa, oldin ular shu asosda eritiladi. Misol qilib tumovga 
qarshi surtma dorini keltiramiz: 
Tarkib: 
Mentolum
Oleum evkaliptum 10,0 dan 
Vazelin 1000,0 
Tayyorlanishi: suv hammomida vazelin eritiladi va issiq vazelinga /45-50
0
S/ mentol
qo„shiladi, erib ketgandan keyin evkaliptum moyi qo„shiladi.
2. Suvda eriydigan dori moddalar kam miqdordagi suvda eritiladi. Atsidum nitrikum 10% 
surtmasini misol sifatida keltirish mumkin. Atsidum nitrikum 10% 1x dan surtma tayyorlash 
uchun, avval nitrat kislotasining 25% ligidan 10 qismi 15 qism tozalangan suv bilan 
aralashtiriladi. So„ng tayyor bo„lgan 1x dan 10 qism olib 9 qism lanolin va 81qism vazelin 
qo„shiladi. Surtma yiringli yaralar, lishay, terini bichi-lishida ishlatiladi. Birlamchi gomeopatik 
tinktura va esensiyalardan emulsiya turidagi surtmalar tayyorlanadi. Buning uchun isitilgan 
hovonchada tinkturalarni spirti uchiriladi, keyin lanolin vazelinli asos qo„shiladi.
3. Suvda ham, asosda ham erimaydigan dori moddalarni eritilgan asos-ning bir qismida dori 
modda yaxshilab eziladi, maydalanadi, chunki qancha qattiq dorivor modda mayda / kata-
kichikligi mikronda o„lchaniladi/ bo„lsa shuncha surtmaning terapevtik ta‟siri, faolligi yaxshi 
bo„lishi ma‟lum. 
Misol tariqasida quyidagi gomeopatik surtmalarni keltirish mumkin: 
1. Atsidum salitsilikum 3% 
2. Atsidum benzoikum 2% 
3. Grafites 1% 
4. Sulfur sublimatum 10%
Shu surtmalarni tayyorlashda X1 DFdagi umumiy qoidalariga rioya qilamiz. Agar 
surtmada qattiq dori moddaning DMning konsentratsiyasi 5% dan kam bo„lsa (1,2,3 misollar), 
unda Deryagin qoidasi bo„yicha dori modda yarmicha asosga yaqin bironta suyuqlik bilan 
maydalanadi. Asos sifatida vazelin olsak, demak vazelin moyini olish mumkin. Salitsil kislota 
uchun 1,5g, benzoy kislota1g, grafitga- 0,5g yordamchi suyuqlik olinadi. Dori moddaning 
konsentratsiyasi 5% va undan yuqori bo„lsa, u hovonchada eritilgan asosning ozgina qismi bilan 
maydalanadi.

Download 261.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling