4-Ma’ruza Mavzu: Gomeopatiya amaliyotida ishlatiladigan yumshoq dori turlari Ma’ruza maqsadi


Gomeopatik shamchalar texnologiyasi


Download 261.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana07.03.2023
Hajmi261.42 Kb.
#1244312
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-мавзу

Gomeopatik shamchalar texnologiyasi 
Gomeopatiyada ishlatiladigan shamchalarning ahamiyati, dorivor moddalarni tez ta‟sir 
qilishiga, uning butun odam ichki vujudiga yoki to„g„ri ichak va uning atrofidagi yaqin joylarga 
joylashgan patologik jarohatga yordam berishidadir.
Lekin 
shamchalarning 
samaradorligi 
ishlatiladigan 
asoslarga bog„liq. SHvabe 
farmakopeyasida, shamchalar tayyorlash uchun, kakao moyi olinsin deyilgan, lekin hozirgi 
zamonaviy asoslar bilan gomeopatiya boyitilganligi tufayli jelatin glitserinli, polietilenoksidli, 
paxta moyini 5% T-2 saqlangan gidrogenizati va boshqalar ishlatilishi mumkin. Bunday asoslar 
farmatsevtika amaliyotida tadbiq qilingan va ishlatilmoqda.
Asoslarning qisqa tasnifi 
1. Jelatin-glitserinli asos DF XI sonida keltirilgan va 1qism jelatin,5qism glitserin va 2 qism
tozalangan suvdan iborat. Ko„pincha vaginalshamchalar quyush usuli bilan olishda 
qo„llanladi; 
2. PEO asosi - etilenoksidining polimerizatsiya usulida olingan, suvda yaxshi eriydi, efirda 
erimaydi. Asosning tarkibi: PEO 1500 va PEO 2000, bu asosda papaverin, belladonna 
shamchalari tayyorlanadi. Yana PEO 4000 (VFS 42-110-72)si ham bor, anestezin
belladonna, ixtiol bilan tayyorlanadi. 
3. Paxta moyini 5% T-2 saqlagan gidrogenizatida fitolaka va temirdan 0,5 dan olib 
shamchalar 30 dona tayyorlash mumkin. Texnologiyasi: asosni suv hammomida 36-38 
0

haroratida eritib, unga oldin temir spirtli eritmasidan 60 tomchi, keyin fitolaka 


tinkturasidan 600 tomchi solib tayyorlanadi. Tinkturani asosga qo„shishdan oldin, uni suv 
hammomida bo„g„lantirish lozim. 
Gomeopatik shamchalarning umumiy texnologiyasi 
Gomeopatiya shamchalari DF X1 da keltirilgan qoidalarga asoslanib tayyorlanadi. 
Gomeopatiya shamchalari allopatiya shamchalaridan farqi - bu shamchalar turli xil gomeopatik 
tinktura va suyuq ekstraktlardan kakao moyi va boshqa asoslar bilan aralashtirib tayyorlanadi. 
Gomeopatiya farmakopeyasi bo„yicha har bir shamchaga 2 tomchi suyuq ekstrakti yoki 20 
tomchi gomeopatik tinktura qo„shib tayyorlanadi. Asosga qo„shishdan oldin tinktura va suyuq 
ekstrakt quyuqlashtiriladi /suv hammomida spirtni o„chirish yo„li bilan/. Kerak bo„lsa, shamcha 
massasiga, qovushqoqligini oshirishi uchun, suvsiz lanolin qo„shiladi (o„rtacha 30 g massaga 1g 
gacha lanolin). Kakao moyidan shamchalar juvalash usuli bilan, boshqa asoslardan bo„lsa - 
quyush usulida tayyorlanadi. 
Misol: 10 dona Aloe gomeopatik shamchalarini tayyorlash. Dori modda sifatida Aloening 
quyultirilgan shirasidan 60% spirt yordamida olingan tinkturasi ishlatiladi. Tinkturani miqdori
1-ta shamchaga 20 tomchi bo„lsa, demak 10 tasiga 200 tomchi olinishi kerak. Olingan tinktura 
bo„g„latiladi, so„ng kakao moyi bilan aralashtiriladi. Kerak bo„lsa suvsiz lanolin qo„shiladi. 
Shamchalar juvalash usuli bilan tayyorlanadi.
Yuqorida keltirilgan shamchalarni jelatin-glitserinli asosida quyush usulida ham tayyorlasa 
bo„ladi. Tayyor shamchalar bir xil, shaklli, qattiq-yumshoqligi qo„llanishiga mos keladigan 
bo„lishi kerak. Shamchalarning o„rtacha og„irligini 20 dona shamchani 0,01g aniqlikda tortib 
topiladi. O„rtacha og„irlikdan shamchalarni massasining chetga og„ishi 5% dan oshmasligi 
kerak. Shamchlarni deformatsiyaga uchrash vaqti DF XI keltirilgan usul bo„yicha aniqlanadi va
15 daqiqadan dan oshmasligi kerak. 
Agar shamchalar gidrofil asosda tayyorlangan bo„lsa, ular 100ml hajmli kolbadaa 50 ml 37
0

haroratli suvda eritib ko„riladi. Erib ketish vaqti 1 soatdan oshmasligi kerak. Dori moddalarning 
miqdoriy tahlili ham o„tkaziladi.

Download 261.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling