4-Maruza Mavzu-Ishlab chikarish xajmi xisobiga
Download 111.35 Kb.
|
4--Mavzu
Xalqaro savdoda ishtirok etadigan firmalarning turli xilligi.
Monopolistik raqobat sharoitida savdo Ma’lumki xalqaro savdoda sof mukammal raqoba ancha kam uchraydi, buning sababi jaҳon xom-ashyo va tovarlar bozorining bo’lishib olinganligi va xalqrao bozorlarda o’ziga xos oligopoliya va monopoliyalarning vujudga kelganligidir. Monopolistik raqobat asosidagi savdo nazariyasining rivojlanishiga katta ҳissa qo’shgan olim Pol Krugman bo’ldi. Agar X — ma’lum firmaning sotish ҳajmi, S — tarmoqdagi umumiy sotish ҳajmi, n — tarmoqdagi firmalar soni, b — firmaning o’z tovari narxiga bog’liq ravishda bozordagi ulushini ko’rsatuvchi talab o’zgaruvchisi, R — mazkur firma tovari narxi, R* — raqobatchi tovarlarning o’rtacha narxi bo’lsa, X=S[(1/n)-bx(P-P)*] (1) bo’ladi. Agar firma o’z tovarlarini o’rta narxda yuqori sotsa (R > R*), uning bozordagi ulushi (S/n) kam bo’ladi (X<(S/n)). Agar firma o’z tovarlarini o’rtacha narxdan past narxda sotsa (R < R*), uning bozor ulushi ko’proq bo’lishi kerak(X>(S/n)). Monopolistik raqobatning xalqaro savdoga ta’sirni aniqlash uchun eng avvalo firmalar soni va ularning tovarlari narxi orasidagi uchta asosiy o’zaro bog’liqlikni aniqlash kerak: -Firmalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, ҳar bir firma ishlab chiqaradigan tovar ҳajmi shuncha kam bo’ladi, o’rtacha xarajatlar ortib boradi; -Firmalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, raqobat darajasi yuqori bo’ladi va tovar tarxi pasayadi; -Agar narx o’rtacha narxdan yuqori bo’lsa, bozordagi firmalar soni ortadi va aksincha. Monopolistik raqobat modelida dastlabki ikki bog’liqlik muҳim ҳisoblanadi. Xalqaro savdo tovar sotish bozorlari sig’imini oshiradi. Firmalar soni va bir firmaga to’g’ri keladigan o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi chiziqli tenglama bilan ifodalanadi: S* = (F/X) + c, (2) S* = n(F/S)+c, (2a) Bu yerda S* — o’rtacha xarajatlar, F — doimiy xarajatlar, s — firmaning chegaraviy xarajatlari. Formuladan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish ҳajmi, o’z navbatida sotish ҳajmi ortib borgan sari firmaning o’rtacha xarajatlari kamayib boradi, chunki doimiy xarajatlar yanada ko’proq tovarlar soniga bo’linadi. Bozor muvozanatda bo’lgan sharoitda ҳar bir firma tovari narxi bir xil bo’ladi, R = R*. Ushbu ҳolatda 1 formula X = S/n ga keladi. X qiymatini ikkinchi formulaga qo’ysak, 2a formula kelib chiqadi. Bu formuladan ko’rinib turibdiki, tarmoqda firmalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, o’rtacha xarajatlar shunchalik ortib boradi. Firmalar soni o’zgarmagan ҳolda sotish ҳajmining ortishi o’rtacha xarajatlarning qisqarishiga olib keladi. Download 111.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling