4-Maruza Mavzu-Ishlab chikarish xajmi xisobiga


Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari


Download 111.35 Kb.
bet3/10
Sana06.02.2023
Hajmi111.35 Kb.
#1171140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4--Mavzu

Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari
T armoq ichidagi savdo – bu mamlakatlar o’rtasida bir tarmoqning differensiyalashgan maҳsulotlari bilan savdo qilishidir.


2.4.2.-rasm. Tarmoqlararo savdo
Tarmoqlararo savdo mamlakatlarning turli tarmoqlarning gomogen maҳsulotlari bilan savdo qilishidir.
Tarmoq ichidagi savdo asosan differensiyalashgan tovarlar bilan amalga oshadi, ba’zi vaziyatlarda gomogen tovarlar bilan ҳam amalga oshishi mumkin. Bunga sabab sifatida transport xarajatlarini qisqartirish va mavsumdagi farq bo’lishi mumkin. 1 va 2 mamlakatlarda bir tovarni ishlab chiqaruvchilar (S, S') va iste’molchilar (D i D') jug’rofiy jiҳatdan rasmdagidek joylashgan. SD' masofa D'S' masofadan sezilarli darajada qisqa bo’lganligi sababli ikkinchi mamlakat uchun tovarni o’z ishlab chiqaruvchisidan sotib olgan ko’ra xorijdan import qilish foydaliroq bo’ladi.
Shimoliy va janubiy yarim sharda yil fasllari turli paytga to’g’ri keladi, ya’ni Braziliya o’zining qishloq xo’jaligi maҳsulotlarini yig’im paytida AQShga eksport qiladi va AQShda yig’im paytida AQShdan sotib oladi.
Differensiyalashgan tovarlar bilan tarmoq ichidagi savdoni sabablari quyidagilar:
-Iste’molchilar istak va ҳoxishlari ҳar xil;
-Kesishuvchi talab;
-Keng ko’lamda ishlab chiqarish effekti
3. Xalqaro savdoning gravitasion nazariyasi va uning mazmuni. Tinbergen gipotezasi.
Linderning kesishuvchi talab nazariyasi
Kesishuvchi talab nazariyasi bu xalqaro savdoni talab tomonidan tushuntiruvchi kamdan kam nazariyalarning biridir. Bu nazariyaga ko’ra mamlakat eksporti importyor-mamlakatdagi talabga bog’liq.
Kamdan kam tovarlar faqat eksport uchun ishlab chiqariladi. Tovarlarning asosiy qismi ichki bozorda sotiladi, ichki iste’mol to’liq qondirilgandan keyingina bu tovar eksport qilinadi. Bu tovarni xorijiy mamlakatlarda sotishda bu mamlakatdagi talab tarkibi o’z mamlakatidagi talab o’xshash bo’lgan mamlakatni tanlash maqsadga muvofiq. Ikki mamlakatda talab tarkibi ko’proq daromad darajasiga bog’liq bo’ladi, daromad qanchalik yuqori bo’lsa sifatli tovarga bo’lgan talab ortib boradi.



Download 111.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling