4-Maruza Mavzu-Ishlab chikarish xajmi xisobiga


Download 111.35 Kb.
bet4/10
Sana06.02.2023
Hajmi111.35 Kb.
#1171140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4--Mavzu

2.4.3.-rasm. Kesishuvchi talab
K esishuvchi talab nazariyasi – bu turli mamlakatlardagi iste’molchilarning daromadlari va istak-ҳoҳishlari deyarli bir xil bo’lganligi sababli ҳar bir mamlakat uchun ishlab chiqarishda va ichki bozorda yaxshiroq tajriba to’plangan tovarlarni eksport qilish oson bo’lishidir.
Nazariyaning grafik ko’rinishi quyidagicha: faraz qilaylik, ikki mamlakat mavjud, birinchi mamlakatda daromad darajasi A dan S gacha, bu daromad darajasida ushbu mamlakatda sotiladigan tovarlar sifati A' dan S' gacha. Ikkinchi mamlakatda esa daromad darajasi V dan D gacha, bu daromad darajasida ushbu mamlakatda sotiladigan tovarlar sifati V' dan D' gacha. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo sifati V' dan S' gacha bo’lgan tovarlar bilan amalga oshadi. Chunki bu oraliqda ikki mamlakatdagi iste’molchilarning talabi kesishadi.


Tayanch iboralar: tashqi savdo, xalqaro savdo, eksport, import, reeksport, reimport, mutloq ustunlik, nisbiy ustunlik, tashqi savdo aylanmasi, GATT, JST.
Merkantilistlar birinchi bo’lib xalqaro savdoning o’ziga xos modelini taklif etdilar. Ular mamlakatning boyligi mamlakatda mavjud bulgan oltin va kumush mikdori bilan boglik deb xisobladilar. Merkantilistlar tovarlarni mamlakatga olib kirishga nisbatan ularni chetga kuprok olib chiqish, eksportni kupaytirish va importni kiskartirish uchun tashki savdoni tartibga solish, chetga xomashyo olib chiqishni keskin chegaralash yoki ta’kiklash, xomashyolarni chetdan bojlarsiz import kilishga ruxsat berish, koloniyalarning metropoliyadan tashkari barcha boshka mamlakatlar bilan xar kanday savdosini ta’kiklash kerak deb takidlaydilar.
Adam Smit tomonidan ishlab chikilgan mutlak ustunlik nazariyasiga muvofik, mamlakatlar uzlari eng kam xarajatlar bilan ishlab chikaradigan tovarlarni eksport kiladi va boshka mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chikariladigan ustunlikka ega bulgan tovarlarni import kiladi.
Klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan biri D. Rikardo tovar oqimlari ҳarakatiga dalil sifatida nisbiy ustunlikning mikdoriy nazariyasini taklif etdi. Albatta, nisbiy ustunlik nazariyasi mavxum va juda sodsalashtirilgan tabiatga ega va xalqaro savdoga bevosita ta’sir kursatadigan bir kator xodisalarni e’tiborga olmaydi. Nazariyaning cheklanganligi uni yaratilishida kilingan farazlar bilan boglik.
Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiga ko’ra, omillar sigimligi ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini, omillar serobligi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tovarlar nisbiy narxidagi fark, O’z navbatida ular o’rtasidagi savdo ularning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan tushuntiriladi.
Xalqaro savdoning standart modeli xalqaro savdoda umumiy muvozanat modeli xisoblanadi va mamlakat ichida tovarga bulgan talab va tovar taklifini shu tovarga bulgan xorijiy talab va taklifni o’zaro boglaydi. Bu model turli mikdordagi tovarlarni eksport kilishga xoxish uygonishi uchun mamlakat kancha mikdorda boshka bir tovarlarni import kilishi kerakligini ifodalovchi o’zaro talab tushunchasiga asoslangan. Ushbu model xalqaro savdoning barcha asosiy parametrlarini va u bilan boglik bulgan milliy iqtisodiyotning parametrlarini o’rganish imkonini beradi.
Xalqaro savdoda ishtirok etuvchi xar kanday mamlakat uchun eksport va import narxlarining xar kanday uzgarishi real daromadning uzgarishini anglatadi. Tovar narxi oshganda, bu tovar eksport kilinayotgan bulsa, mamlakatning real daromadi oshadi, agar bu tovar import kilinayotgan bulsa, aksincha, real daromad kamayadi.
Ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining nisbati yoki eksport va import narxlari indekslari nisbati orkali aniklanuvchi mamlakat eksport va import narxlarining nisbati savdo sharti deb ataladi. Uning o’sishi natijasida mamlakat farovonligi ortadi, pasayishi natijasida esa farovonlik tushadi. Taklifning ortishi (iqtisodiy o’sish) va talabning ortishi (daromadning kayta taqsimlanishi) savdo shartiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
XX asrda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi eksport-import operasiyalarning sifatiy xususiyatlarini e’tiborga oluvchi yangi tamoyillar paydo bo’ldi; keyingi yillarda bir kator amerikalik iqtisodchilar tomonidan tovar ayirboshlashning turli omillarini xisobga oluvchi «tovar xayotiy sikli», «xalqaro rakobat» va boshka modellar ishlab chikildi.

Download 111.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling