4-Ma’ruza Mavzu. Magnitli saralagichlarning magnit maydonlari Reja
Download 178.68 Kb.
|
4 maruza Mavzu Magnitli saralagichlarning magnit maydonlari 7bf
fm=0, bo‘lganda, ∆→∞;
fm=µ0χH02c, bo‘lganda, ∆→0, d→0; fm=0, bo‘lganda, d→∞ Zarra yirikligi qiymatlarining omil sifatida (2.33) formulada mavjudligi shuni ko‘rsatadiki, magnitli separatorlarda boyitishda, magnit xossalari bo‘yicha ajratishdan tashqari, yiriklik bo‘yicha ham ajratish sodir bo‘ladi. Bunda zarralar yirikligi ta’siri materialni separator ishchi zonasiga – yuqoridan yoki pastdan uzatish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Magnit kuchiga ta’sir etuvchi boshqa asosiy omillar zarraning magnit ta’sirchanligi, magnit tizimi yuzasidagi magnit maydoni kuchlanganligi (induksiyasi) va ko‘p qutbli magnit tizimi qutblari qadamiga bog‘liq bo‘lgan magnit maydonining har xillik koeffitsienti hisoblanadi. Magnit tizimi yuzasidagi magnit maydoni kuchlanganligi (induksiyasi) doimiy magnitlar xususiyatlariga yoki elektromagnit xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Zarraning magnit ta’sirchanligi va magnit tizimi yuzasidagi magnit maydoni kuchlanganligi (induksiyasi) qancha yuqori bo‘lsa, magnit kuchi ham yuqori bo‘ladi. Magnit kuchining qutblar qadamiga (magnit maydoni har xilligi) koeffitsientiga bog‘liqligi ekstremal xususiyatga ega, shuning uchun qutblarning maqbul qadami haqida gapirish mumkin. Misol. d=30 mm o‘lchamli va χ= 4·10-4 m3/kg solishtirma ta’sirchanlikli zarra tekis ko‘p qutbli tizimli osma temir ajratgich ostidagi qo‘zg‘almas konveyerda joylashgan (2.1,b-rasmga qarang). Konveyer lentasi va magnit tizimining ishchi yuzasi o‘rtasidagi h masofa 0,15 m teng. Magnit tizimining ishchi yuzasidagi magnit maydoni kuchlanganligi 160 kA/m teng. Temir ajratgich magnit tizimining qutblari qadami 0,25 m. Magnit maydoni kuchlanganligi va induksiyasi qiymatlaridan foydalanib, zarraga ta’sir etuvchi solishtirma magnit kchini hisoblash lozim. Xulosa qilish: zarra temir ajratgichning magnit tizimiga tortiladimi? Zarraga og‘irlik kuchi va magnit kuchi muhim darajada ta’sir ko‘rsatishini qabul qilish. Yechish Qiymatlarni hisoblashda barcha kattaliklarni SI tizimida qo‘llash. (2.29) formula bo‘yicha magnit maydoni har xilligi koeffitsientini hisoblab chiqamiz, s = 12,57 m-1. Magnit tizimi ishchi yuzasidan zarragacha bo‘lgan masofa konveyer lentasi va magnit tizimining ishchi yuzasi o‘rtasidagi masofadan zarra balandligini (o‘lchamini) ayirish yo‘li bilan topiladi: Δ= h - d = 0,15-0,03 = 0,12 m. (2.33) formula bo‘yicha magnit maydoni kuchlanganligi kattaligi bo‘yicha zarraga ta’sir etuvchi solishtirma magnit kuchi qiymatini topamiz, fm(N) = 11,13 N/kg. Zarra yirikligidan kelib chiqib, a=2 koeffitsientni qabul qilamiz. (2.29) formula bo‘yicha magnit maydoni induksiyasi kattaligi bo‘yicha zarraga ta’sir etuvchi solishtirma magnit kuchi qiymatini topamiz. Kuchlanganlikning berilgan qiymatini magnit maydoni induksiyasiga o‘tkazamiz: 160 kA/m=0,2 Tl. Solishtirma magnit kuchini hisoblaymiz (fm(V) = 11,13 N/kg) va natijalarni taqqoslaymiz: fm(N) = fm(V). Solishtirma magnit kuchini va erkin tushish tezligini taqqoslaymiz: agar fm >g bo‘lsa, unda zarra temir ajratgichning magnit tizimiga tortiladi, agar fm Ko‘rib chiqilgan misolda zarra temir ajratgichning magnit tizimiga tortiladi, chunki 11,13>9,81. Nazorat savollari: 1. Magnitli saralagichlarning magnit maydonlari. 2. Kuchli magnitli rudalar uchun ko‘p qutbli ochiq tizimli magnitli saralagichlarning magnit maydoni. 3. Kuchsiz magnitli rudalar uchun ko‘p qutbli yopiq tizimli magnitli saralagichlarning magnit maydoni. Download 178.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling