Mavzu: Tokning magnit maydoni. Magnit maydon induksiyasi. Magnit oqimi. Amper kuchi. Lorens kuchi
Download 434,91 Kb. Pdf ko'rish
|
6 дарс
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Lorens kuchi. Zaryadning magnit maydondagi harakati
- Parallel toklarning ozaro tasiri
Mavzu: Tokning magnit maydoni. Magnit maydon induksiyasi. Magnit oqimi. Amper kuchi. Lorens kuchi. Reja: 1. Parallel toklarning o'zaro ta'siri 2. El ektromagnetizm. 3. Tokli konturning magnit momenti. 4. Magnit induksiyasi. 5. Amper kuchi. 6. Lorens kuchi. Zaryadning magnit maydondagi harakati 1820 yilda Daniya fizi gi Gans Xristian Ersted (1777 - 1851) tajriba asosida magnit strelkasining ustiga parallel joylashtirilgan ó'tkazgich rasmda tok o'tganda magnit strelkasining dastlabki vaziyatdan og'ishi va o'tkazgichga perpendikulyar joylashganligi aniqlandi Agar o'tkazgichdan tokning o'tishi to'xtatilsa, magnit strelkasi yana dastlabki vaziyatga qaytadi. Ersted tajribasi olimlarni elektr toki o'tib turgan o'tkazgich atrofida magnit maydon hosil bo'ladi degan xulosaga olib keldi. Xuddi shu maydon magnit strelkasiga ta'sir etib uni og'diradi. Shunday qilib, qo'zg'almas elektr zaryadlari atrofidagi fazoda elektr maydon, harakatlanuvchi zaryadlar, ya'ni elaktr toki atrofìda, faqat, magnit maydoni hosil bo'lar ekan. O'tkazgich atrofida faqat undan tok o'tgan paytdagina magnit maydonning hosil bo'lishi magnit maydonning manbai tokdan iborat ekanligini tasdiqlaydi. Shunday qilib- Ersted kashfiyoti fizika fanimng rivojlanishida katta turtkìlardan biri bo'lib, u elektromagnetizm sohasidagi muhim kashfiyotlarni ochilishiga sabab boidi. Parallel toklarning o'zaro ta'siri Parallel toklarning o'zaro ta'sirini birinchi marta 1820 yili fransuz olimi Andre Amper (1775 - 1836) tajrìba asosida aniqlagan. Agar ikki parallel uzun o'tkazgichlardan o'tuvchi toklarning yo'nalishlari bir xil bo'lsa, bu tokli o'tkazgichlar o'zaro tortiladi. Aksincha, o'tkazgichdagi toklarning yo'nalishlari qarama-qarshi bo'lsa, bu tokli o'tkazgichlar o'zaro itarishishadi. Toklarning o'zaro ta'siriga sabab, toklarning har biri o : y atrofidagi fazoda magnit maydon hosil qiladi va bu maydon ikkinchi tokli o'tkazgichga ta'sir ko'rsatadi. Parallel toklarning o'zaro ta'sir kuchi (F) o'tkazgichlardan o'tayotgan toklarning (11, 12) kuchlariga, o'tkazgichning uzunligiga to'g'ri proporsional va ular orasidagi masofa (r 0 ) ga teskari proporsional. ya'ni: l r l l F 0 2 1 0 2 4 Bu yerda - muhitning nisbiy magnit singdiruvchanligi, HB birliklar sistemasini tanlanishiga bog'liq bo'lgan magnit maydon doimiysi bo'lib, uning qrymati quyidagiga teng: =4 10 -7 N/A (yoki Gn/m)=12,56 10 -7 Gn/m (yoki Vs/mA). Parallel toklarning o'zaro ta'sir kuchi ifodasi asosida tok kuchining HB sistemasidagi bir birligi amper (A) quyidagicha ta'riflanadi: 1 amper (A) deb, vakumda bir-biridan 1 m masofada joylashgan cheksiz uzun va o'ta ingichka ikkita parallel tokli o'tkazgichning har bir metr uzunligida 2 10 -7 N o'zaro ta'sir kuchi hosil qiladigan o < zgarmas tolckuchiga aytiladi. Download 434,91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling