Mavzu: Tokning magnit maydoni. Magnit maydon induksiyasi. Magnit oqimi. Amper kuchi. Lorens kuchi


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana08.04.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1341365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6 дарс

El ektromagnetizm. 
Biz elektr zarvadlanring o'zaro ta'sirini ko'rib chiqdik. Endi tok o'tkazgichlarning o'zaro 
ta'sirini ko'rib chiqamiz. 
Metall simdan yasalgan ikkita bir xif g'altak olamiz va ulami shunday osib qo'yamnizki, 
bunda g'altaklarni zanjirga ulash mumkin bo'lsin, ularning o'qlari esa bir to'g'ri chiziqda joylashsin. 


G'altaklar orqali bir xil yo'nalishda tok o'tkazib, ularning bir-biriga tortilishini koramiz. Agar 
g'altaklarda qarama-qarshi yo'nalishdagi toklar hosil qilinsa, ular bir-biridan itariladi. Parallel 
joylashgan to'g'ri chiziqli o'tìozgichlar orasida ham shunday o'zaro ta'sir yuz beradi 
Shunday qilib, bir xil yo'nalishdagi toklar tortishadi, qarama-qarshi yo'nalidagi toklar esa"bir-
biridan itariladi Demak, tokli o'tkazgichlar bir-birian biror masofada joylashganda ular orasida o'zaro 
ta'sir yuz beradi. 
Bu ta'sirni ular orasida elektr maydon bo'lishi bilan tushuntirish mumkin emas, chunki 
o'tkazgichlar orqali tok o'tganda ular amalda neytral bo'lib qoladi. 
Bu shuni bildiradiki, har qanday tokli o'tkazgich atrofida elektr maydondan farq qiluvchi tinch 
turgan zaryadlarga ta'sir qilmaydigan qandaydir boshqa maydon mavjud bo'lishi kerak. Bu fikr 
tajribalarda tasdiqlangan. 
Tokli konturning magnit momenti. 
Bir jinsli maydonga joylashtirilgan 1 tokli konturga ta'sir qiluvchi M aylantiruvchi moment 
tok oqayotgan konturning S sirtiga, I tok kuchiga va magnit maydon B ga to'g'ri proporsional 
ekanligini ìsbot qilish mumkin. 
Bundan tashqari aylantiruvcht moment konturning maydonga nisbatan tutgan vaziyatiga 
bog'liq bo'ladi. 
Kontur sirti magnit induksiya chiziqlariga parallel bo'lganda M maksimal aylantiruvchi moment 
hosil bo'ladi va quyidagi formula bilan ifodalanadi: 
M
maks
=BIS 
Agar IS ~ Pmag deb belgilasak u holda 
M
maks
= BPmag 
Tokli konturning uning tashqi magnit maydondagi tabiatini aniqlovchi magnit xossalarini 
xarakterlaydigan Rmag kattalik shu konturning magnit momenti deb ataladi. 
Konturning magnit momenti undagi tok kuchining tok oqayotgan kontur sirtìga ko'paytmasi bilan 
o'ichanadi: 
P
maks
=IS 
Magnit momenti yo'nalishi o'ng parma qoidasi asosida aniqlanuvchi vektordir: agar parma 
konturdagi tokuing yo'nalishi, bo'ylab buralsa, uning ilgàrilanma harakati Pmag vektorning 
yo'nalishini korsatadi. M aylantiruvchi momentning kontur induksiyasiga bogliqligi 
M~BP
maks
sin 

Formula orqali ifodalanadi, bu yerda sin 

- Pmag va B vektorlar orasidagi burchakni ifodalaydi. 
Rasmdan ko'rinib turibdiki B va Pmag vektorlar bir to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalganligini kontur 
magnit maydonda muvozanatda bolishi mumkin. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling