4-ma’ruza Mavzu. Multimediali ta’lim texnologiyalari. Мultimediali dastur yaratish texnologiyalari iSpring Sute paketi dasturlari


Download 40.14 Kb.
bet1/5
Sana08.11.2023
Hajmi40.14 Kb.
#1755151
  1   2   3   4   5
Bog'liq
муст кор


4-ma’ruza
Mavzu. Multimediali ta’lim texnologiyalari. Мultimediali dastur yaratish texnologiyalari. iSpring Sute paketi dasturlari.


Flash texnologiyasi Shockwave Flash (SWF) formatidagi vektor grafikadan foydalanishga asoslangan. Albatta bu format eng kuchli formatlardan bo’lmasada, SWF yaratuvchilariga grafikani imkoniyatlari, grafika bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-saxifalarga qo’shish mexanizmlarini birlashtirish o’rtasida eng qulay yechimi topilgan. SWF ni qo’shimcha imkoniyatlardan yana biri bu uning moslashuvchanligidir, ya’ni bu format barcha platformalarda (Мac OS tizimli Мacintosh kompyuterlari yoki Windows tizimli IBM kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. SWF ning yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animasiyali bo’lishi, balki interaktiv elementlar va tovush bilan boyitilishi mumkin.


Wink Dasturi. Wink Dasturi dars namoyishi “Пpeзeнтaция” larini ekrandagi jarayonlarni rasm korinishida saqlaydi hamda yaratilgan namoyishlarga matn, tugmalar, ma’lumotlarni kiritish imkoniyatlari mavjud (4.3-rasm).



4.3.-rasm. Wink dasturi ko’rinishi
Тurli fayl formatlari jumladan EXE, FLV, HTML, va bosqalarni qo’llash imkoniyati mavjud. Dastur Windows muhiti hamda Linux muhiti uchun ishlab chiqilgan.
Webineria dasturi. Webineria dasturi – ochiq kodli dastur bo’lib, ekrandagi jarayonlarni audiovisual qo’llanma ko’rinishida saqlash keyinchalik ko’rish uchun mo’ljallangan. Yozilayotgan audio-visual qo’llanma fayylar avval AVI formatida saqlanadi keyinchalik zaruriyat tug’ilsa Flash FLV formatiga o’zgartirish mumkin.

4.4.-rasm. Webineria dasturi asosiy oynasi
Multimediali ta’lim texnologiyalari.
Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim tizimlarida turli o‘rgatuvchi dasturiy vosi­talardan keng foydalanilmoqda. O‘rgatuvchi ko‘rgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta’minotlari yordamida yaratiladi. Ta’lim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va vazifalarni bajarishda talaba bir vaqtning o‘zida eshitib, ko‘rib, o‘zlashtiradi. Mualliflik dasturiy ta’minoti - kompyu­ter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vosi­tasi sifatida qo‘llaniladi. Mualliflik dasturiy ta’minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyu­ter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.

Download 40.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling