4-ma’ruza Mavzu. Multimediali ta’lim texnologiyalari. Мultimediali dastur yaratish texnologiyalari iSpring Sute paketi dasturlari


Download 40.14 Kb.
bet2/5
Sana08.11.2023
Hajmi40.14 Kb.
#1755151
1   2   3   4   5
Bog'liq
муст кор

Articulate Storyline
Articulate Storyline kurslar yaratish uchun mo‘ljallangan eng mashhur dasturlardan biri bo‘lib, u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli maqsadli kurslar yaratish uchun ishlab chiqilgan. Articulate Storyline - uch utilitli (Presenter, Quizmaker, Engage) paket, o‘rgatuvchi kurslarni, taqdimotlar, testlar va kontentning boshqa shakllarini iPadda ko‘rish va masofali ta’lim tizimlariga integ­rallanishi mumkin bo‘lgan Flash va HTML5 formatlarda yaratish imkoniyatini beradi. Dastur murakkab interfaol ssenariylarni amalga oshirish uchun deyarli cheksiz imkoniyat-larni taklif etadi. Endi o‘quv kursining murakkab interfaol ssenariysini yaratish uchun dastur tuzishni yoki Flashni qo‘llashni bilish shart emas - Storyline buning uchun barcha vositalarni taklif etadi. Ushbu dasturning xusu­siyati oson o‘zlashtirilishida, shuningdek, yaratilayotgan loyihalar­ning yorqin vizual uslubida: Articulate mahsulotlarida ishlangan roliklar boshqa e-learning muharrirlaridan ko‘ra yanada zamonaviyroq va dinamikroq ko‘rinadi. Dastur Microsoft Office 2007ga o‘xshash interfeysga ega, ishlab chiquvchilar foydalanuvchilar o‘rganishlari oson bo‘lishi maqsadida tashqi ko‘rinishini PowerPointga maksimal o‘xshashligini ta’minlaganlar. Yuqorida buyruqlar to‘plamidan iborat klassik Ribbon-panel joylashgan.
Barcha turdagi multimediyali kontentlar: video, flash, ovoz, veb-obyektlarni qo‘yishni qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha ko‘p tarqalgan video (flv, avi, wmv, mov, mpeg, dv, 3g) va ovoz (mp3, wma, wav, m4a, aac, aiff, ogg) formatlari importlanadi, bundan tashqari, Internetdagi rolikning HTML-kodini yoki veb-kameradan video-yozish, ovozni esa mikrofondan yozib qo‘yish mumkin. SWF — roliklari ham muammosiz qabul qilinadi, bu esa boshqa multimediya muharrirlarining loyihalari bilan integratsiyalash bo‘yicha cheksiz imkoniyatlarni ochadi. Veb-sahifalar slaydlarda freymlar ko‘ri­nishida aks etadi. Ulardan foydalanish mumkin va bu ham roliklarni lo­yihalash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Articulate Storyline asosiy xususiyatlari:

  • Foydalanuvchining intuitiv interfeysi. Oddiy interfeys foydala­nuvchini qo‘shimcha o‘qishini talab etmasdan kurslarni noldan boshlab yoki shablonlar asosida yaratish imkonini beradi. Interfeysning mantiq va ko‘rinishi Microsoft PowerPoint bilan o‘xshash.

  • Slaydlar shablonlari. Noldan boshlab yoki shablonlar yordamida slaydlar yaratish. Shablonlar o‘lchovlari sozlovlari oddiy. Kurslarning qo‘shimcha shablonlarini va slaydlarini E-Lear­ning Heroes saytidan yuklab olish imkoniyati.

  • Personajlar. 47500tagacha chizilgan va fotopersonajlarni, yuz ifodalarni va turish holatlarni slaydlarga qo‘shish.

  • Interfaollik. Muayyan harakatlarni qachon ishga tushurishni aniqlash uchun triggerlarni qo‘llash. Slayddagi komponentlar o‘rtasida bir necha o‘zaro ta’sirlar yaratish uchun slaydlar qatlamlari bilan ishlash.

  • Slaydlarda generatsiya, tahrirlash va obyektlarning o‘zaro ta’si­rini nazorat qilish.

  • Holatlar va o‘zgaruvchilar. Ishtirokchi harakatlariga javob be­rish uchun obyektlarni sozlash imkoniyati. Misol uchun, bosilganda tugmacha rangini almashtirishi mumkin, personajlar — noto‘g‘ri harakatda yuz ifodasini o‘zgartirishlari va hokazo. Agar ting­lovchi noto‘g‘ri javob bersa, unga qo‘shimcha savollardan yoki yanada soddaroq vazifalardan iborat slaydlar ochilishi mumkin.

  • 20 dan ortiq turli xil tipdagi savollar. Bundan tashqari, ixtiyoriy shakllar slayddagi ixtiyoriy obyekt yordamida savollar yaratish imkoniyatini beradi.

  • Drag-and-dropni qo‘llab-quvvatlaydi. Olib o‘tish bilan slaydga obyektlar qo‘shish.

  • Ekran holatlarini yozib olish. Yozuv elektron kurs bilan qanday ishlashni namoyish etadi.

  • Simulyasiya DT. Storyline ekranini bir marotaba yozib olingandan so‘ng avtomatik ravishda, yozuvni bir necha qadamma-qadam yo‘riqnomalarga segmentlaydi. Yozuv osongina tah­rirlanadi — hatolik bo‘lganda, uni qayta yaratish shart emas. Natijada tinglovchilar vazifalarning bajarilishini, shuningdek, ularning test muhitidan o‘tishini ko‘rib chiqishlari mumkin.

  • HTML5 va Flash texnologiyalarining, shuningdek, mobil qurilmalari-ni qo‘llab-quvvatlashi. Kurslarni iPad, shaxsiy kompyu­terlar, noutbuk-lar, Android, iPad va hokazolarga moslashgan qurilmalar uchun turli formatlarda nashr etish.

  • Section 508, tilni o‘ngdan chapga yozish, SCORM va AICC (hisobotlarda) standartlarini qo‘llab-quvvatlash.

  • Kurs (avtomatik tarzda generatsiyalanadigan) daraxtini ko‘rish imkoniyati.

  • Namoyishlarni yaratish vosita yetarlicha qulayligi, slayd tartibi bo‘yicha o‘ynash va video roliklarni yaratish imkoniyati bilan.

  • Chiroyli personajlarni tanlash imkoniyati (ularni soz­lash me­xanizmi qulay).

  • Yetarlicha qulay va tushunarli interfeysi, barcha asosiy masalalar ish maydonining o‘zida yechiladi.

  • Qo‘shimcha sozlovlarsiz foydalanish mumkin bo‘lgan ko‘pgina elementlar dizaynining sifatli shablonlarning kiritilganligi.

  • Savollarning yagona bankini yaratish imkoniyati.

4.5-rasm. Articulate Storyline dastur oynasi

Download 40.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling