4-ma’ruza mavzu: оksidlаnish-qаytаrilish rеаktsiyalаri. Mеtаllаr, ulаrning tаbiаtdа uchrаshi, оlinish usullаri, kimyoviy хоssаlаri. Elеktrоkimyoviy jarayonlar. Elektroliz qonunlari. Mеtаllаr kоrrоziyasi
Download 1.71 Mb.
|
4-MA’RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.POLIMERLAR KIMYOSI.
Ingibitоrlаr
Mеtаll kоrrоziyasini sеkinlаshtirаdigаn mоddаlаrgа ingibitоrlаr dеyilаdi. Ingibitоr sifаtidа аsоsаn аminlаr; mоchеvinа CО(NH2)2, tiоmоchеvinа SC(NH2)2, sulfitlаr, аldеgidlаr, fоsfаtlаr, silikаtlаr vа bоshkаlаr ishlаtilаdi. Ingibitоrlаr rаngli mеtаllаrni kоrrоziyadаn sаklаshdа хаm qo`llаnilаdi. 6.POLIMERLAR KIMYOSI. Kimyo bilan farmakologiyaning rivojlanishi ayniqsa XVIII-XIX asr olimlari ishlaridan katta samara oldi. Bunday olimlar jumlasiga M.V.Lomonosov, T.E.Lovits, V.M.Severgin, N.N.Zinin, D.I.Mendeleev, A.M.Butlerov va boshqalarni kiritish mumkin. 1824 yilda mochevinani, 1836 yili shavel kislotasi, 1842 yili nitrobenzoldan anilin sintez qilinishi sintetik organik kimyo rivojlanishining boshlanganligidan darak beradi. Organik va analitik kimyolar rivojlanishi natijasida tabiiy fiziologik faol moddalar strukturasini isbotlash bilan barobar ularni sintez qilinishiga imkon beradi. Shular jumlasiga alkaloidlar: kokain, xinin, strixnin, lobelin, papaverin va boshqa juda ko‘p dorivor moddalar kiradi. O‘zbekistonda ham bu sohada chuqur fundamental ishlar olib bormoqda. Akademik O.S.Sodiqov, S.YU.YUnusov va ularning maktabi alkaloidlar kimyosi va sintetik fiziologik faol moddalar kimyosining rivojlanishiga hissa qo‘shishda jahonga tanilgan olimlarimizdan hisoblanadi. Hozirgi kunda sintetik hamda tabiiy moddalardan hosil qilingan dorivor moddalar turi MDH mamlakatlarida 140000 dan ortdi. SHunga qaramay insoniyatning dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji kundan-kunga ortmoqda. Ayniqsa, organizmga kam salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, tanada tanlab ta’sir qila oladigan, oz miqdorda yuborilib, uzoq muddatda fiziologik ta’sir qiladigan va shu kabi tibbiyotning nozik talablariga javob bera oladigan dorilar hali etarli emas. SHuning uchun ham kimyo fanining ma’lum sohalari dori-darmonlar xossalarini mukammallashtirishga, ular samarasini yanada oshirishga, ularning safini kengaytirishga, yangi-yangi xossalarga ega bo‘lgan terapevtik vositalarni kashf qilishga bag‘ishlangan. Kimyoning ana shunday yangi sohalaridan biri yuqorimolekulyar moddalar kimyosidir. Lekin yuqorimolekulyar moddalar (polimerlar) aslida qadimdan tibbiyotga xizmat qilib kelgan. Tabiiy polimerlardan hisoblangan qahrabo bo‘qoq kasalligini davolashda, propolis (asalari elimi) yiring va teri kasalligini davolashda ishlatilib kelingani juda qadimdan ma’lum. 1788 yilda A.M.Shumlyanskiy tibbiyotda birinchi marotaba polimer materiallaridan kauchukni ishlata boshladi. SHundan so‘ng 1845 yilda chet el olimlaridan Frankel sun’iy polimerlardan selluloidni jarohatlangan bosh suyakni kamchilik joylarini qoplashda ishlatdi. XX asrga kelib sintetik polimerlar tez vaqt ichida shunchalik tez tarqqiy eta boshladiki, bu taraqqiyot barcha jahon ahlini hayratga soldi. Tibbiyotga polimerlarning kirib kelishi uni yanada yangi pog‘onalarga ko‘tardi. Mana yarim asrdan oshdiki polimerlar kimyosining tibbiyot sohasida qo‘llanilishining butun dunyo bo‘yicha rivojlanishi avj olib ketdi. Polimerlardan shifobaxsh vositalar yoki insoniyatni davolash xususiyatiga ega bo‘lgan dori-darmonlar, ayniqsa polimerlardan fiziologik faol birikmalar yaratish katta samara bermoqda. Biz bu sohani rivojlanishiga katta xissa qo‘shgan «polimerlar asriga» asos solgan atoqli olimlarimiz nomlarini eslamasdan ilojimiz yo‘q. Bunday buyuk olimlar jumlasiga A.M.Butlerov, S.V.Lebedev, V.A.Kargin, V.P.Kozlov, V.V.Korshak, S.N.Ushakov va boshqalar kiradi. Keyingi taraqqiyotlar shuni ko‘rsatadiki polimerlarni davolashda qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi S.N.Ushakov tomonidan ilk bor taklif qilingan nazariy g‘oya polimer dorilar yaratilishini boshlab berdi. Tibbiyot sohasiga tezkorlik bilan kirib kela boshlagan polimerlarning dastlabkilari sun’iy tish qo‘yish uchun taklif qilinganlari bo‘ldi. 1939 yilda I.I.Revzin va G.S.Petrov hamkorlikda stomatologiya sohasida AKR-7 polimeridan jag‘ va tish protezlari yaratishdi. Bu ishlarning natijalari, ayniqsa Ulug‘ Vatan urushi davrida katta ahamiyat kasb etdi. Polimerlar tibbiyot sohasida avvalo asbob-uskunalarni jihozlash uchungina ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik tibbiyotning barcha sohalarida, hozirda esa, inson organizmining ichki qismida ham ishlatilmoqda, xattoki tirik organizmning eng chuqur, qo‘l etmas joylarida ham polimerlar qo‘llanilmoqda. 1952 yilda M.V.SHelyaxovskiy ftorplast-4 polimeridan yasalgan plastinkani dabba operatsiyasida ishlatdi. 1964 yilda kimyogar olimlardan Z.A.Rogovin, A.N.Filatov va boshqalar qon tomirlar protezini lavsan va ftorlondan ixtiro qilishdi. Keyinchalik bir guruh kimyogarlar va tibbiyot xodimlari hamkorlikda lavsandan to‘qilgan qon tomirlar protezini ishlab chiqardilar. Kremniyorganik kauchukdan yurakning sun’iy qopqoqchalari yaratildi. Fiziologik faol polimerlar yaratishda va ularni tadbiq etishda hamda fanda yangi soha bo‘lgan tibbiy-biologik polimerlar kimyosining yaratilishida M.F.SHostakovskiy, S.N.Ushakov, V.A.Kargin, E.I.CHazev, N.A.Plate, V.A.Kabanov, Z.A.Rogovin, I.V.Berezin kabi Rossiya olimlari va o‘zbek olimlaridan O.S.Sodiqov, X.U.Usmonovlar bu sohani rivojlantirish uchun yangi ilmiy maktablar yaratishga katta hissa qo‘shdilar. Bu sohani yana ham rivojlantirish yo‘lida taniqli olimlardan V.N.Smirnov, G.V.Samsonov, V.A.Ponomarenko, E.F.Panarin, V.P.Torchilin, A.D.Virnik, U.N.Musaev, V.A.Kropachev va boshqalar bexisob hissa qo‘shdilar. Polimerlar bog‘lovchi materillar sifatida Polimerlardan tayyorlangan yangi bog‘lovchi materillar tibbiyot sohasida jarohat va kuygan joylarni davolashda qo‘llanilishi yaxshi natijalar berganidan, undan ko‘p xollarda bemalol foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi. Bunday yangi bog‘lovchi materiallar qo‘llanishidan, tanadagi jarohat va kuygan joylar tez shifo topa boshladi. Jarohat doka bilan bog‘langanda bunday natijalarga erishib bo‘lmas edi, chunki jarohatlangan joy suv va har xil suyuqliklar kirishidan infeksiya bakteriyalaridan himoyalana olmas edi. Yangi bog‘lovchi materiallar polimerlar asosida tayyorlangan sun’iy membrana bo‘lib, inson tanasini kuygan va jarohatlangan joylariga bog‘langanda, u joylar tuzalgunga qadar teri funksiyasini bajarib tura oladi. Ayniqsa, poliuretandan tayyorlangan oq, tiniq, elimsimon material keng ishlatila boshladi. Bunday bog‘lovchi materiallar bilan bog‘langan yara tez bitadi va to‘qimalar o‘sishi tezlashadi. Bunday bog‘lovchi materiallarni bir marta bog‘lagandan so‘ng uni tez almashtirib turishga hojat qolmaydi, chunki jarohat ko‘rinib turadi. Polimer strukturasi ikki xil: molekulyar va ustmolekulyar (makromolekulalarning bir-biriga nisbatan joylashishi natijasida hosil bo‘lgan struktura) darajasida o‘rganiladi. Molekulyar darajadagi strukturaga polimer makromolekulasidagi zvenolarning tuzilishi va funksional o‘zaro joylashish tartibi (holati) kiradi. Ustmolekulyar strukturaga polimer makromolekulalari yoki ularning ayrim qismlarining bir-biriga nisbatan joylashishi va ularning shakli kiradi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling