Mikrobiologiya va farmakologiya silga, zaxmga va viruslarga qarshi dori vositalari
Download 166.5 Kb.
|
Силга, захмга ва вирусларга қарши
MIKROBIOLOGIYA VA FARMAKOLOGIYA SILGA , ZAXMGA VA VIRUSLARGA QARSHI DORI VOSITALARI Toshkent-2023 .Kirish
Farmakologiya fanining asosiy vazifalaridan biri - tibbiyot amaliyotiga yuqori samaradorlikka ega bolgan dori vositalarini yaratish va ularni keng kolamda qollash uchun kiritishdir. Ushbu uslubiy qollanma tibbiyot institutlari talabalarining fanga qiziqishini oshirish maqsadida yaratilgan. Silga qarshi dori vositalari, zaxmga qarshi dori vositalari va virusga qarshi dori vositalari mavzusida taqdim etilayotgan uslubiy qollanma fan namunaviy dasturiga muvofiq yozilgan bolib, u asosan davolash, stomatologiya, tibbiy pedagogika fakultetlarida talim olayotgan talabalarga, shuningdek Farmakologiya faniga qiziqqan, uni ozlashtirmoqchi bolgan kishilarga, amaliy vrachlarga, klinik ordinator va magistrantlarga moljallangan. Unda dori vositalari guruhlari, ularning tasir mexanizmlari, qollanilishiga korsatmalar va qarshi korsatmalar, nojoya tasirlari hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, dori vositalarining chiqarilish shakllari va dozalari yoritilgan. Shuningdek, yangi dori vositalari, ularning guruhi va qollanilishi haqida toliq malumotlar keltirilgan. Uslubiy qollanmada Silga qarshi dori vositalari, zaxmga qarshi dori vositalari va virusga qarshi dori vositalari mavzusidagi darsni zamonaviy interaktiv usullar asosida otkazishning prinsiplari keng yoritilgan. Ushbu uslubiy qollanmani yozishda mualliflar talabalarga Farmakologiya fanining tabobatning boshqa barcha fanlari bilan chambarchas bogliqligini korsatishni, qolaversa ushbu nihoyatda muhim fanni puxta va yaxshi ozlashtirishlariga komaklashishni maqsad qilib olgan. Respublikamizda olib borilayotgan tibbiyot sohasidagi islohotlar jahon andozalariga mos keladigan malakali oliy tibbiyot xodimlarini tayyorlashni talab etmoqda. Bolajak shifokorlar bemor bilan muloqotda yuksak madaniyatga ega ekanligi, ularni parvarishlashda etarli malaka va konikmani bajara olishi bilan birga, kasalliklarga oid malumotlarni ham bilmogi lozim. Mazkur uslubiy qo'llanmada silga qarshi dori vositalari, zaxmga qarshi dori vositalari va virusga qarshi dori vositalari haqidagi ma'lumotlar keng yoritib berilgan, ushbu mavzularda dars otishning yangi pedagogik usullari ishlab chiqilgan bolib, unda mavzular boyicha talabalar bilimini baholash, ularning fanga bolgan qiziqishini oshirishga qaratilgan. Uslubiy qollanmada berilgan mavzularni yoritishda davlat ta'lim standartlari, shuningdek, oquv dasturi talablari etiborga olingan. Mazkur uslubiy qollanma tibbiyot instituti davolash, tibbiy pedagogika va stomatologiya fakultetlari talabalari, tibbiyot kolleji oqituvchi va oquvchilariga moljallangan bolib, bilimlarini oshirish uchun manba' bolib xizmat qiladi, degan umiddamiz. Ushbu uslubiy qollanma Farmakologiya fanidan zamon talabi asosida oz vaqtida yozilgan bolib, u ozbek tilida yozilgan oquv adabiyotlar qatoridan munosib orin egallaydi, deb oylaymiz. Download 166.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling