4-ma’ruza Mavzu


Download 180.72 Kb.
bet1/8
Sana15.03.2023
Hajmi180.72 Kb.
#1269491
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza


4-ma’ruza
Mavzu: MS Accessda so’rovnoma yaratish. Accessda shakllar yaratish. MS Accessda hisobotlar yaratish. MB ni yaratish. SQL tili. MS Access dasturida Mbni jadval asosiga ko’ra yaratish.
Reja:

  1. MS Accessning ishlash nartibi (proyektirovaniye (loyihalash); eksplutatsiya (amaliy foydalanish)).

  2. MBBTini ishlash tartibi.

  3. MBni to’ldirish formati.

  4. MBni So’rovnoma orqali qayta ishlash.

  5. MBini himoyalash.



Shakllar yaratish
Shakl - bu ma’lumotlarni kiritish uchun maydonlarga ega bo‘lgan elektron blankadir. Quyida shakllarni yaratishning usta yordamida yaratishni ko‘rib chiqamiz.
Buning uchun создание menyusidan Мастер форм uskunasini tanlaymiz. Natijada quyidagi muloqot oynasi paydo bo‘ladi.

9.11-rasm

Hosil bo‘lgan ushbu muloqot oynasidan biz shakl yaratish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlarni kiritishimiz kerak. Ya’ni qaysi so‘rov yoki jadval asosida biz shakl yaratmoqchi bo‘lsak bo‘lsak o‘shani ko‘rsatamiz. Undan keyin o‘sha so‘rov yoki jadval ichidagi ma’lumotlarni ham keraklilarini tanlab olishimiz kerak. Buning uchun “Доступные поля” - kiritilgan maydon bo‘limidan kerakli guruhlarni tanlab, “Выбранные поля” - tanlangan maydon nomli maydoniga o‘tkazamiz.



9.12-rasm

Выбранные поля bo‘limiga kerakli maydonlarni olib o‘tganimidan so‘ng далее tugmasini bosamiz. Natijada oynani ko‘rinishi quyidagi ko‘rinishga keladi.

9.13-rasm

Yuqorida oynadan shakl ko‘rinishini tanlaymiz va Далее tugmachasini bosamiz. Natijada oynani ko‘rinishi quyidagi holatga keladi.



9.14-rasm

Ushbu bosqichda shaklga nom berib Готова tugmachasi bosiladi.




SQL(Structured Query Language) haqida
SQL(Structured Query Language) – Bu so‘rov tili ko‘p operatorlardan tashkil topgan bo‘lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma’lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so‘rovlarni amalga oshirishda bu so‘rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo‘q.
1970 yil iyun oyida E. F. KODD o‘zining E.F. Codd, “A Relational Model of Data for Large Shared Data Banks” darssini ommaga taqdim etdi. Bu dars “Communications of the ACM” jurnalida chop etildi.Hozirgi kunda Koddning bu modeli “relyastion ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi(RMBBT)” ning yakuniy modeli deb qabul qilindi. Kodd ning modelni yo‘lga qo‘yish maqsadida IBM firmasi SEQUEL(Structured English Query Language) tilini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu til SQL tiliga o‘zgartirildi, lekin haligacha “sikvel” deb ham yuritilmoqda. 1979 yil Relational Software(hozirgi vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi SQL ning birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim etdi. Hozirgi kunda SQL tili RMBBTning standart tili hisoblanadi.
SQL tili so‘rov-natija ko‘rinishida ishlaydi. So‘rovlar har bir element uchun emas, butun bir guruh uchun beriladi va natija olinadi. SQL uchun ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar qay shaklda, qay tartibda joylashganini umuman ahamiyati yo‘q, foydalanuvchilar ham bu ma’lumotlarni bilishi shart emas. Faqatgina operatorlarni to‘g‘ri yozish orqali istalgan ma’lumotlarni chiqarish mumkin bo‘ladi.
SQL tili barcha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, agar siz bu tilni bir marotaba o‘rganib olsangiz, istalgan MBBT lari bilan ishlay olasiz. Bitta MBBT da yaratilgan biror sql operatorlar yig‘indisi(kichik so‘rov dasturi)ni, istalgan MBBT ga ko‘chirish mumkin bo‘ladi.

Download 180.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling