4-ma’ruza Mavzu
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin
Download 180.72 Kb.
|
4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- interaktiv va o‘rnatilgan(
- O‘rnatilgan SQL deganda
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:
Ma’lumotlarni so‘rov orqali olish. Jadvalning qatorlariga ma’lumot qo‘shish, qatorlarini o‘chirish va yangilash. Ob’ektlarni yaratish, o‘zgartirish va o‘chirish. Ma’lumotlar bazasi va ob’ektlarga ruxsatlarni o‘rnatish. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta’minlash. 2 hil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o‘rnatilgan(vstroennыy). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir hil, lekin har xil joyda ishlatiladi. Interaktiv SQL deganda — ma’lumotlar bazasiga so‘rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya’ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo‘ladi. So‘rov-natija rejimda ishlaydi. O‘rnatilgan SQL deganda – so‘rovlar yig‘indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o‘zgaruvchiga yuklab qo‘yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya’ni bunda so‘rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi. SQL operatorlari bir necha guruhlarga bo‘lingan. Bu bo‘linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo‘lingan. Ular quyidagilar: DDL(Data Definition Language) , ANSI bu guruh SDL(Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma’lumotlar bazasida ob’ektlar(jadvallar, indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi. DML(Data Manipulation Language) – ma’lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig‘indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma’lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar. DCL(Data Control Language) – ma’lumotlarni boshqaruvchi operatorlar. ANSI ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik zarur. Bular alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir. SQL komandasi: select haqida SQL so‘rov tilini o‘rganishni boshlaymiz. Ushbu darsda ma’lum bir sql komandalarini yozib borishga harakat qilamiz. Bu so‘rov tili bevosita ma’lumotlar bazasi(jadvallar)ga bog‘liq bo‘lgani uchun, dars boshida biror jadvalni olib, shu jadvalga har xil so‘rovlar berib boramiz. Misollar, oracle ning isqlplus muhitida sinab boriladi va natijalar chiqariladi. Isqlplus dan boshqa muhitlarda ham bu komandalar ishlaydi, lekin ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin(sqlplus, mysql). Komandalarni, o‘rganishga qulay va soddadan qiyinga ko‘tarilib borish tartibida ko‘rsatib boraman. Iloji boricha to‘liq ma’lumot berishga xarakat qilamiz. Bu darsda quyidagi jadvaldan foydalanamiz. Bu jadval “misol” deb nomlanib, 4 ta ustun va 6 ta qatordan iborat. Yuqoridagi qatorda faqat qator nomlari aks ettirilgan, ular ma’lumot vazifasini bajarmaydi. 5 ta qatordan iborat ma’lumot, bizning jadvalimizda joylashgan va biz bu ma’lumotlarni sql so‘rov tili orqali har xil ko‘rinishda chiqarib olishimiz mumkin. Albatta haqiqiy ma’lumotlar bazasida bunday kam ma’lumotlar saqlanmaydi, biz misollarni shu kichik ma’lumotlarda bajaramiz. Demak birinchi komanda bu – SELECT.
Bu so‘rovning ma’nosi, “misol” jadvalidagi barcha ma’lumotlarni chiqar deganidir. “*” barcha ustunlardagi ma’lumotlarni degani. “select” – esa ekranga chiqar degani. Natijani ko‘ramiz: Agar bizga barcha ustun ma’lumotlar emas, faqatgina ba’zi birlari kerak bo‘lsa, kerakli ustun nomlarini vergul orqali nomma nom yozamiz.
Natija: Ma’lumotlar bazasidan, ma’lumotlarni chiqarishda mantiqiy amallar orqali( + , — , * ,/ ,() ), ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritib, ekranga chiqarishimiz mumkin bo‘ladi.
Natijani ko‘rsangiz, so‘rov tili orqali, ma’lumotlarni o‘zgartirganimizni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. yoki bo‘lmasa quyidagicha
Agar bazadagi ustun nomlari sizga yoqmasa, siz ularni o‘zingiz hohlaganday nom bilan ekranga chiqarishingiz mumkin bo‘ladi, bunda ma’lumotlar bazasidagi ustun nomlari o‘zgarmaydi, faqat ekranda o‘zgargan ko‘rinishi chiqadi. Bunda bizga “as” kalit so‘zi yordam beradi.
Agar nomlarni qo‘shtirnoq ichiga olsangiz, qo‘shtirnoqdagi katta kichik harflar farqli bo‘lib qoladi.
Agar 2 ta ustun natijalarini birlashtirib, ekranga chiqarmoqchi bo‘lsangiz “||” belgisidan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
yoki
Agar chiqarayotgan natijaning davomiga qandaydir belgilar(qo‘shtirnoq, vergul, nuqta) chiqarmoqchi bo‘lsangiz, maxsus “q” va qo‘shtirnoq belgilari orasiga kerakli belgilarni yozishingiz mumkin bo‘ladi.
SQL so‘rov komandasi: where haqida Bu dars davomida sql so‘rov tilining asosiy shart qo‘yish operatori(where) haqida yozmoqchiman. Bu operatorni o‘rganishda bizga “test” nomli quyidagi jadval kerak bo‘ladi. Shu jadvalga so‘rovlar berish orqali “where” operatorini o‘rganamiz. “Where” operatori so‘rovni 2 ga bo‘lib beruvchi hisoblanadi. Undan so‘ng so‘rovga qo‘yiladigan shartlar yoziladi. Uning umumiy ko‘rinishi: Download 180.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling