4-ma’ruza Mavzu


select * from test where …


Download 180.72 Kb.
bet3/8
Sana15.03.2023
Hajmi180.72 Kb.
#1269491
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza

select * from test where …;
Har doim jadval nomidan so‘ng “where” ishlatiladi. Misol ko‘ramiz, “testjadvalidagi, “maosh” ustuni 25000 ga teng bo‘lgan barcha qatorlarni chiqarish kerak.

1

select * from test where maosh=25000;


Agar sonli ustun emas balki, biror matn yo so‘zga tegishli bo‘lgan ustunga shart qo‘yib chiqarmoqchi bo‘lsak, matn yo so‘z opostrof ichiga olinadi, aks holda xotolik yuzaga keladi.

1

select * from test where ism='David';


YUqoridagi shartlardan tashqari, yana quyidagi solishtirish belgilari orqali ham shart qo‘yish mumkin bo‘ladi.
= — tenglik belgisi
> — kichik belgisi
>= — kichik yoki tenglikni anglatuvchi belgi
< — katta belgisi
<= — katta yoki teng belgisi
<> — teng emasni anglatuvchi belgi.
YUqoridagi belgilarga misol ko‘ramiz. “test” jadvalidagi, yoshi 20 dan kichik bo‘lgan, insonlarning familiyasini chiqaruvchi so‘rov quyidagicha bo‘ladi.

1

select familiya from test where yosh<20;


Yoki bo‘lmasa, ismi “David” bo‘lmagan insonlar haqida ma’lumotni ekranga chiqarish so‘rovi.

1

select * from test where ism<>'David';


Agar biz biror aniq qiymatni bilmasak, u holda qandaydir oraliq orqali bizga kerak qiymatni topib olishimiz mumkin bo‘ladi. So‘rovda biror oraliqni ishlatish uchun “between” va “and” operatorlaridan foydalanamiz. Misol, yoshi 20 dan 25 gacha bo‘lgan insonlarning maoshini chiqaruvchi so‘rov tuzish kerak.

1

select maosh from test where yosh between 20 and 25;

Natijani ko‘ramiz:

Oraliq qiymatlar emas aksincha bir necha aniq qiymatlar berib, shu orqali kerakli ma’lumotlarni chiqarish kerak bo‘lsa, “in” operatoridan foydalanamiz. Misol, yoshi 18 va 30 ga teng bo‘lgan ism va familiyalarni ekranga chiqaruvchi so‘rov quyidagicha bo‘ladi

1

select ism, familiya from test where yosh in(18, 30);


Agar biror ustunga hech qanday ma’lumot kiritilmagan bo‘lsa, shu bo‘sh ustunga tegishli qolgan ma’lumotlarni chiqarish kerak bo‘lsa, “null” kalit so‘zidan foydalanami. Misol, maoshi kiritilmagan ustunga tegishli bo‘lgan boshqa ustun ma’lumotlarini chiqaramiz.

1

select * from test where maosh is null;



Download 180.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling