4-ma’ruza: meva-sabzavotlarni tovar holatiga кeltirish, saralash, кalibrlash va joylash Reja


Download 37.26 Kb.
bet2/3
Sana31.10.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1735498
1   2   3
Bog'liq
4-Mavzu.Uy sharoitida sabzavotlarni vaqtinchalik omborlar o‘ra va uyumlarda saqlash

2. Meva-sabzavotlarni kalibrlash. Кalibrlash ham meva-sabzavotlarni saralash jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Meva va sabzavotlarni kalibrlab saralashda ularning shakli va katta-kichikligi asosiy mezon hisoblanadi.
Zamonaviy meva-sabzavot omborlarida mahsulotlar mahsus avtomat tizimlarda kalibrlanadi.ya’ni bunda kalibrlanishga yo’naltiriluvchi mahsulot turi va uning o’lchamlariga mos holda uskuna dasturlanadi va kalibrlovchi mexanizmi aynan shu mahsulot o’lchamiga mos tarzda roslab qo’yiladi.
Кalibrlash jarayonida mevalar yoki sabzavotlar quyidagi uchta turkum navlarga ajratiladi:

      1. Yirik;

      2. O’rtacha;

      3. Mayda.

Кalibrlash ayniqsa kartoshka, ildizmevali sabzavotlar, sabzavot qovoqchalari, topinambur, batat kabi mahsulotlarda juda katta ahamiyatga egadir. Chunki ushbu mahsulotlarda pomologik navga xos shakl va o’lchamdan chetlashish boshqa mahsulotlar va ayniqsa mevalarga nisbatan yuqori darajada bo’ladi.
Maxsus uskunalarda katta-kichikligi bo’yicha saralangan meva va sabzavotlar qo’l kuchi yordamida kalibrlanadigan bo’limga maxsus transportyorlarda yo’naltiriladi. Bu bo’limda meva yoki sabzavotlar so’nggi bor kalibrlanadi. Qo’l kuchi bilan saralash bo’limida meva va sabzavotlar shakli jihatidan asosiy navdan juda ham chetlashgan shaklsiz mahsulotlardan ham tozalanadi. Meva va sabzavotlar shakli, kattaligi va ranggi bo’yicha bir turli bo’lib ko’rinishi ularning tovar sifatlarini yanada oshiradi.
3. Meva-uzum va sabzavotlarni joylash. Meva, sabzavotlar va uzumlarni saralash va uni joylashtirish ishlari maxsus binolarda olib boriladi. Bunday binolar yorug’, toza va asosiy yo’ldan chetroqda qurilgani ma‘qul.
Odatda urug’li mevalar terilgandan keyin 36 soatdan kechiktirilmay, danakli mevalar esa ikkinchi kuniyoq saralanib jo’natilishi lozim.
Meva va uzumlar saralangandan keyin jo’natish uchun yashiklarga joylanadi. Joylanadigan yashiklarni meva va uzumlarning biologik xususiyatlariga va saqlanuvchanligiga, shu bilan birga ularning turi, navi, tovar sorti, yetilish darajasi, ishlatilish maqsadi va tashiladigan joyning masofasiga qarab tanlanadi. Shu sababli meva va uzumlarni joylashda turli o’lchamli yashiklardan foydalaniladi.
Urug’li mevalarning yuqori tovar sortlari uzoq vaqt saqlashga qo’yilganda qog’ozga o’ralib, oralariga qirindi solinsa yaxshi saqlanadi. Mevalar orasiga solinadigan qirindida yoqimsiz hid bo’lmasligi, uning namligi esa 20% dan oshmasligi lozim. Mevalar qog’ozga o’ralganda ular ajratgan karbonat angidrid uning ichida saqlanadi va mikroorganizmlarning rivojlanishiga noqulay sharoit tug’diradi. Shu bilan mevaning rangi yaxshi saqlanadi va buzilgan mevalar yonidagisini kam zararlaydi.
Meva va uzumlar yashiklarga qatorlab va to’kma qilib joylashtiriladi. Ko’pincha, urug’li mevalar qatorlab, danakli mevalardan-olcha, gilos, olxo’ri, o’rik kabi mayda mevalar to’kma qilib joylanadi. Yaqin masofaga jo’natiladigan va tezda iste‘mol qilinadigan mevalar ham to’kma qilib joylanadi. Mevalar yashiklarga qator qilib, shaxmat va diagonal usulda joylashtiriladi.
Mevalar uchun mo’ljallangan yashiklar ayrim sabzavotlarni joylashtirishda ham keng qo’llaniladi. Masalan, 93-raqamli yashiklarda uzum va danakli mevalar bilan bir qatorda pomidor va ko’katlarni ham joylashtirish mumkin. Pomidor, karam va sarimsoq, shuningdek kartoshka olma uchun mo’ljallangan yashiklarda ham saqlanadi (1-jadval).
1-jadval

Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling